Hozirgi zamon axloq muammolari. Kishilik jamiyat-
ida axloqning o‘rni bahstalab, ayni paytda, muhim ilmiy va
amaliy mavzulardan biri bo‘lib hisoblanib kelgan. Zero, ax-
loq to‘g‘risida ko‘plab ilmiy qarashlar shakllangan bo‘lsada,
bugungi kunda ham axloqning tugal konsepsiyasi vujudga
kelgan emas. E’tiborli jihati shundaki, axloq eng qadimgi
ta’limotlardan sanalsada, u jamiyatda o‘z ta’sir ahamiyatini
yo‘qotgan emas. Ayni paytda, axloqning maqsadi va vosita-
70
lari ancha takomillashgan, murakkablashgan jihatlarini ku-
zatamiz. Bunday jihat va ularning muammosi axloq konsep-
siyasining shakllanishidagi nazariy asoslardan biri sifatida
o‘rganilib kelinmoqda.
Ushbu shakllangan axloq konsepsiyasida ikki jihat –rea-
lizm va axloq dilemmasi o‘zini namoyon qiladi.
Jamiyat xohish-istaklari asosida qaror topgan ijtimoiy ta-
lablarning ijtimoiy ongda aks etishi hozirgi zamon axloq fal-
safasidagi realizm konsepsiyasidir.
Hozirgi zamon axloq falsafasidagi realizm konsepsiyasi
rivojiga fenomenologiya yo‘nalishi vakillarining ta’limotlari
sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Fenomenologiya XX asr falsafasidagi yirik yo‘nalishlardan
biri bo‘lib, fenomenlar yoki hodisalar nazariyasi sifatida tal qin
qilinadi. Fenomenologiya obyektga subyektning ehtiyojlari,
talablari nuqtayi nazaridan yondashadi va “subyektsiz obyekt
yo‘q” degan subyektiv idealistik tamoyilga asoslanadi. Uning
tanqidiy tig‘i faqat tabiiy fanlar tomonidan ta’riflanilgan
hodisalarni haqiqiydir, deb qarashga qarshi yo‘naltirilgan. Bu
oqim ilmiy ontologiyaga asoslangan bir o‘lchamli standart-
lashtirishga, ya’ni tabiiy fanlargina narsalarni aslida qanday
bo‘lsa, shunday sharhlaydi, deb hisoblaydigan nazariyaga
qarshidir.
Bu qarashlarni G‘arbda shakllangan axloqga oid qarashlar
bilan qiyoslaganimizda hozirgi zamon realistik axloq konsep-
siyasining mohiyatini anglab yetishga imkon tug‘iladi.
Hozirgi rivojlangan G‘arb sivilizatsiyasining asosi inson
manfaatlari masalasi bilan bog‘liq erkinliklarni himoya qilish
zaminida qaror topdi. Shaxs erkini qonunlashtirish g‘arbning
madaniy jihatdan gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Savdo-
sotiq rivojlandi, insonning yaratuvchilik qobiliyati keng na-
moyon bo‘lib, ilm-fan taraqqiy topdi. Bu sivilizatsiya va uning
rivojlanish tezligi sifat va salohiyatda ilg‘orlikka intilayot-
gan barcha mamlakatlarga ta’sir qilmay qolmas edi. Bundan
tashqari, XX asr boshlarida paydo bo‘lib, keyinchalik birinchi
jahon urushiga sabab bo‘lgan dunyoni qayta taqsimlash, yer
71
osti boyliklariga egalik qilish istagi dunyoni g‘arblashtirish
g‘oyasini yangi asoslarda rivojlantirishni kun tartibiga qo‘ydi.
Bu yerda diqqat bilan qaraganda, shu narsa ko‘rinadiki, g‘arbiy
evropa xalqlari garchi inson erkinliklari uchun kurashlar olib
borgan, bu yo‘lda ko‘plab mamlakatlar hal etolmagan yutuqlar-
ga erishgan bo‘lsalar-da, bu yutuqlar aslida boylik va kuch-
qudratga asoslanadi. Erkinlikning boylik va kuch-qudratga
asoslanishi bizga ma’lumki, boshqa xalqlarning erkinliklarini
oyoq osti qilish, ularni iqtisodiy qaram qilish hisobiga bo‘ldi.
Insonga erk berish, uni “ochish”, “kashf etish” g‘oyalari zami-
rida ayollar emansipatsiyasi uchun kurashga ulanib ketdi va
bu XIX asr oxirlariga kelib yuqori darajaga ko‘tarildi.
Ammo hayot shuni ko‘rsatadiki, erkinlik, bir tomondan in-
son rivoji uchun sharoit yaratib, iste’dodlar ro‘yobga chiqib,
ilm-fan, texnik taraqqiyot gullagan, iqtisodiy o‘sishga sabab
bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ma’naviy qadriyatlarga
bepisand qarash, an’analardan voz kechish axloqiy inqirozlar
yuz berishiga olib keldi. Zero, inson hayotda yakka o‘zi umr-
guzaronlik qila olmaydi, u jamiyat ichida faoliyat ko‘rsatadi.
Jamiyat esa muayyan axloq-odob, qoida-udumlar, insoniy
tartibotlarga bo‘ysunish, burch va ma’suliyatni his etish, oila
sha’ni, Vatan, millat sharafi uchun kurashishni talab qiladi.
Inson butkul moddiy talablar quliga aylansa, uning hay-
vondan farqi yo‘q. Hamma narsani moddiy ta’minot, boylik
bilan o‘lchash falsafasi ayrim g‘arb xalqlari madaniyati va
ma’naviyatida bugungi kunda ko‘plab buzilishlarga olib keldi.
Ushbu salbiy jarayon uch yuz yil davomida ijtimoiy va ilmiy
texnik taraqqiyotni nazarda tutib qonunlashtirilgan erkinlik-
lar, kuch-qudrat va har qanday (hatto tana go‘zalligini ham)
moddiy boylikning odob-axloq va ma’naviy go‘zallik xislat-
laridan ustunligini namoyish qilish oqibatida kelib chiqdi.
Jismoniy va aqliy kuch, sifat insonlarda barcha muammo-
larni hal etish vositasiga aylanib bordi. Lekin odob-axloq,
ma’naviyat inson ruhiyatiga tegishli xususiyatlar bo‘lib,
erkinliklarni qonunlashtirishda ular borgan sari o‘z o‘rinlarini
yo‘qota bordilar. Oqibatda XX asrning ikkinchi yarmida
72
ma’naviy qadriyatlarga begona avlod vujudga keldi. O‘zlarining
asosiy maqsadlarini sivilizatsion yetakchilikka, ya’ni asosan
siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy yo‘lboshchilikka qarat-
gan evropa sivilizatsiyasi erkinliklarning ma’naviy sifatiga
yetarlicha e’tibor qarata olmadi (bu holat hozir ham davom
yetmoqda). Ma’naviyatdagi bu oqsoqlik uzoq yillar davom et-
gan texnokratik dunyoqarash soyasida yashirinib keldi.
Ko‘p asrlar davomida diniy an’analar va u belgilagan qoida-
lar bag‘rida yashagan yevropa sivilizatsiyasi taraqqiyot yo‘lini
boylik va kuch-qudratga bo‘lgan intilishni qanoatlantirishda
deb bildi va insonga barcha sharoitlar, imkoniyatlarni ana shu
asosda yaratib berishga urunishni uni «ma’naviy va’zlar»dan
xalos qiluvchi vositaga aylantirib bordi.
Ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan begonalasha borish, XX
asrning 60–70-yillariga qadar ayollar erkinliklari, ularning
huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirishga urunish g‘arbda
yuksak darajaga ko‘tarildi.
Ayollar huquqlarining kengaytirilishiga faqat ular tomo-
nidan olib borilgan kurashlargina sabab bo‘ldi, deyish xato
bo‘lar edi. Bunga ularda ham erkaklar kabi barcha sohalarda
yaratuvchanlik qobiliyati, turli yo‘nalishlardagi mehnat maj-
buriyatlarini eplay olish salohiyati mavjudligini isbotlovchi
uzoq davom etgan kuzatishlar, ijtimoiy tadqiqotlar natijalari
ham sabab bo‘lgan edi.
Shu ma’noda ayollarga moddiy ishlab chiqarishda erkak-
lar barobarida turish va shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini bel-
gilashga ruxsat etildi.
G‘arb buni hozirga qadar ayollar huquqlarini muhofaza
qilish sifatida talqin etib kelmoqda va bu talqinni boshqa
hududlarga eksport qilishga urinmoqda.
G‘arb jamiyati maqsadlarining tubida yotgan ma’naviyatga
befarqlik, loqaydlik xuddi ana shu - ayollar erkinliklarini
yaratish bilan yuzaga chiqib qoldi. Ayollar emansipatsiyasi,
birinchi navbatda, oila va nikoh tushunchalari ildizlariga
bolta urdi. Oila va nikoh qadriyatlari Yevropada ayollar ozod-
ligini bo‘g‘uvchi, cheklab turuvchi vosita sifatida tanazzulga
73
uchradi, ayni vaqtda, bo‘lg‘usi avlodlarni ma’naviy-axloqiy
tarbiya qiluvchi o‘choq sifatidagi mazmunini yo‘qotdi. Vahol-
anki, ayol va oila yangi avlod tarbiyasining asosi bo‘lib, bu
oddiy ish emas, balki butun jamiyat ma’naviyatini namoyish
etuvchi boshlang‘ich manba rolini bajarib kelayotgan edi.
Erkinliklarni qonunlashtirish jarayonida erkinliklar oqi-
batida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan axloqiy buzilish-
lar, ma’naviy tubanliklar, madaniy hayosizliklarga umuman
e’tibor qaratilmadi. Bu loqaydlik nikoh haqidagi tushuncha-
larni moddiy asos bilan bog‘lanishiga olib keldi. Bu esa be-
vosita evdemonizm va gedonizm masalalarida turli qarash-
larni yuzaga keltirdi.
Endi er va xotin o‘rtasida “muqaddas nikoh”, degan
ma’naviy tushuncha emas, moddiy mablag‘, kuch-qudrat va
bular ortida turgan erkin fuqarolik tushunchasi asosiy rol
o‘ynay boshladi. Shuningdek, nikox muqaddasligining bar-
ham topishi oilada ayol va erkak xatti-harakatlarining o‘zaro
nazoratiga ham nuqta qo‘ydi.
Ko‘rinib turibdiki, inson manfaatlari va ehtiyojlaridan
kelib chiqib, yaratilayotgan erkinliklarning mohiyati G‘arbiy
Yevropada axloq me’yorlarining saqlanishi va meros tarzida
davom etishiga o‘zi bilmagan holda katta to‘siq yaratib qo‘ydi.
Chegaralanib qolgan ma’naviy, axloqiy madaniyat so‘nggi davr
avlodlari xarakteriga yetakchi xususiyatlar sifatida to‘la yetib
bormadi. Cheksiz erkinliklardan kelib chiqqan tarbiya g‘arb
sivilizatsiyasida ibtidoiy erkin yashashga berilish istagini vu-
judga keltirdi. Moddiy jihatdan yuksak taraqqiy etgan dav-
latlarni ma’naviy jihatdan boshi berk – tanazzul ko‘chasiga
kiritib qo‘ydi.
Yevropa olimlarining guvohlik berishicha, ma’naviyatsizlik
axloq prinsipiga aylanib bormoqda. Masalan, gedonizm
g‘oyasiga asoslangan turmush tarzi. Ma’lumki, qadimgi yunon
olimlari Aristin va Elinur tomonidan asos solingan gedonizm
(yunoncha nedone-lazzatlanish) lazzatlanib umr kechirish
inson hayotining asl mazmunini tashkil etishi lozim, degan
qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilishni ifo-
74
dalaydi. Gedonizmni mutlaqlashtirish inson hayotida moddiy
boyliklar rolini oshirib, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni su-
saytirishga, oilani qadrsizlanishiga olib keldi.
An’anaviy ma’naviy qadriyatlarni qoloqlik, qabila-
urug‘chilik belgisi, ozod odam uchun ortiqcha dahmaza, ki-
shan deguvchilar nazarida hamma narsa nisbiy, jumladan, ax-
loq me’yorlari ham. Har bir davrning o‘z “axloqi” bor, doimiy
qadariyat yo‘q, deydilar. Ular nazarida axloq siyosiy maqsad-
larga xizmat qilish kerak. Maqsadga erishish uchun hamma
vositalarni qo‘llash joiz, bu yo‘lda kerak bo‘lsa, shayton bilan
ham hamkorlik qilish mumkin.
Agar biz yuqoridagidek G‘arbiy Yevropa axloqiy hayotiga
fenomenologik yondashsak hozirgi zamon axloq falsafasidagi
realizm konsepsiyasining qiyofasi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bu jarayonda hozirgi zamon G‘arb kishisi axloqiy hayotida
dilemma, ya’ni ikkilanish nuqtasi hosil bo‘ladi.
Shu o‘rinda biz uchun notanish “dilemma” tushuncha-
sining mazmunini aniqlab olish kerak. Dilemma (di... vayun.
lemma – asos, hukm) - 1) mantiqda – shartli ikki hukmdan va
ikki hadli bir hukmdan chiqarilgan xulosa, bunda ikkala hal
ham yo shartli hukmlarning sabablari, yoki ulardan chiqaril-
gan xulosalarning inkori demakdir; 2) Ko‘chma ma’noda no-
xush imkoniyatdan birini tanlab olishga majbur bo‘lish
1
sifa-
tida ta’riflanadi.
Hozirgi zamon axloq konsepsiyasi dilemmasidagi asosiy
muammo shundaki, jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi istaklari-
ga qarshi borib an’anaviy axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish
va unitilganlarini tiklash hamda shu asosda yashashiga cha-
qirishi kerakmi? Yoki jamiyat xohish- istaklaridan kelib chiqib
madaniy lebiralizm g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashi lozimmi?
Ushbu ikkilanish nuqtasidagi maqbul yechimni topish G‘arb
jamiyati kelajagining qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi ikki
yo‘ldir.
1
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T-3.-T.: O‘zbekiston milliy ensiklopedi-
yasi Davlat milliy nashriyoti, 2002. – B. 591
75
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning bu boradagi ta’kidi masalaga oydinlik kiri-
tadi: “biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odam-
lar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay
hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi”
1
.
Hozirgi zamon etikasidagi g‘oyaviy sayqallanish, prinsipal
takomillashish va ilmiy-nazariy hamda metodologik jihatdan
yangilanish hodisalari, chunonchi, “Global etika to‘g‘risida
Deklaratsiya”, “Bioetikaning umumiy normalari to‘g‘risida
Deklaratsiya”larining qabul qilinishi, shuningdek, “Atrof-
muhit etikasi”, “Kosmosni o‘rganish etikasi” kabi loyihalar
etika taraqqiyotida yangilik hisoblanmoqda. Bu hodisalar glo-
ballashuv sharoitida turli madaniy an’analarga ega xalqlar-
ning o‘zaro yaqinlashuvi har bir xalqning milliy axloqiy o‘ziga
xosligini muhofaza qilish va saqlab qolish yo‘nalishini izchil
davom ettirishni, ikkinchidan, dunyoviy madaniyat va umum-
insoniy axloqiy qadriyatlarning ilg‘or jihatlarini o‘zlashtirib
borishni kun tartibiga qo‘ymoqda.
BMT tomonidan 2012-yilning iyun oyida Braziliyaning
Rio-de-Janeyro shahrida “Rio+20” konferensiyasi o‘tkazildi.
Ushbu voqea, shuningdek, juda ko‘plab hukumatga qarashli
bo‘lmagan va davlat muassasalari, BMT agentliklarining ham
diqqatini tortdi. Konferensiyada “Barqaror taraqqiyot” kon-
sepsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. Bu konsepsiya kelgusi av-
lodlar hayot tarziga tahdid solmagan holda hozirgi avlodning
hayot tarzini yaxshilash va ehtiyojlarini qanoatlantirishga yor-
dam beradigan taraqqiyotni ifodalaydi. Boshqacha aytganda,
bu - bugungi avlodning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
ekologik talablariga javob beradigan va kelajak avlodlar uchun
ham ma’qul bo‘lgan taraqqiyot yo‘lidir. Konfrensiyada asosiy
e’tibor ikkita masalaga qaratildi. Ulardan biri butun dunyoda
“yashil iqtisodiyot”ni tashkil etish. Bunda foyda olish yo‘lida
1
Karimov I.A. O‘zbekston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqa-
rorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O‘zbekiston. 1997. -B.45
76
atrof-muhit musaffoligi xavf ostiga qo‘yilmasligi kerak. Shun-
day iqtisodiyotning rivojlanishi barqaror taraqqiyotning yorq-
in namunasi bo‘ladi va u qashshoqlikni bartaraf etishda ham
muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchi masala – shunday institutsional
asosni yaratish kerakki, u dunyo mamlakatlari ichki siyosatni
olib borishda ham undan foydalana olsin.
Yana bir konsepsiya bu – “Inson traqqiyoti” konsepsiyasi-
dir. BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tayyor-
langan 2010-yil “Inson taraqqiyoti haqidagi ma’ruza”da unga
quyidagicha ta’rif beriladi: “Inson taraqqiyoti o‘z mohiyatiga
ko‘ra inson erkinliklari qatoriga odamlarning uzoq, sog‘lom
va ijodkor hayotga bo‘lgan huquqlarini hamda boshqa, ular-
ning fikri bo‘yicha qadrlashga arzigulik maqsadlarga erishish;
bizning mushtarak sayyoramizda adolat va rivojlanishning
barqarorligini ta’minlashda faol ishtirok yetishni kiritishdan
iborat. Odamlar – alohidami yoki guruhlarmi– bir vaqtda inson
rivojlanishining ham sayi-maqsadi, ham harakatlanti ruvchi ku-
chidirlar”. Bu ta’rifni tushunib yetish quyidagi xulosani chiqa-
rishga imkon beradi: inson taraqqiyoti – kompleks xarakterga
ega bo‘lib, o‘z ichiga insonning ham moddiy, ham ma’naviy
ehtiyojlarini qondirishni, uning sog‘liqqa, ta’lim olishga, o‘zini
ifoda qilish erkinligiga, bugungi va kelgusi avlodlar xavfsizli-
giga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashni qamrab oladi.
Ma’naviy sohada sivilizatsiyaviy hayotning qaror topishi
eng radikal tarzda bo‘lib, inson ruhiyatida mantiqiy tafakkurni,
unda esa, sifat jihatdan yangi dunyoqarashni keltirib chiqara-
di. Bu jarayon dunyo mamlakatlari taraqqiyoti evolyutsiyasi,
unga ta’sir qiladigan texnologik jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy, axloqiy, mafkuraviy jarayonlarini global-
lashuvi bilan uzviy aloqadorlikda kechadi. “Global muammo-
larning dahshatli ko‘lami shu darajada realki, – deb yozadi
tadqiqotchi A.Pechchei, – insoniyat bunday tahlikali holat-
dan faqatgina o‘z tafakkuri va xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni
shakl lantiribgina qutulishi mumkin”
1
.
1
Печчеи А. Человеческие качества. – М.: Прогресс, 1980. – С. 5.
77
Shu nuqtayi nazardan global axloq, dunyo miqyosidagi
qashshoqlik va xalqaro yordam, atrof-muhit muammolari,
tinchlik va salomatlik kabi turli xil muammolarga duch kel-
adigan umumjahon qadriyatlar va me’yorlarning mazmuni va
oqlanishi uchun tanqidiy axloqiy tekshiruv maydoni hisobla-
nadi.
Global axloqiy qadriyatlar qat’iy ma’noda bilimni tashkil
etadi, ya’ni obyektiv ravishda joriy bilim, subyektiv imtiyozlar
yoki jamoaviy bitim. Bunda – buzilmaslik, hamkorlik (muvo-
fiqlashtirish) va ijobiy aralashuv tamoyillari axloqiyat mezoni
bo‘ladi.
Insoniyat tamaddunidagi har qanday o‘zgarish, yangila-
nishlar insoniy munosabatlar tizimida kechadi. Bu o‘zgarishlar
kishilar, millatlar va xalqlararo muloqot tizimida shakllanadi.
|