O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə18/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Rivojlaniw maruza

Preparatlar tayyorlash texnikasi: sito-gistologik tekshirishlar uchun, odatda, biologik obektlardan vaqtinchalik va doimiy preparatlar tayyorlanadi. Doimiy preparatlarni tayyorlash bir qancha bosqichlardan iborat:
1) materialni olish;
2) fiksatsiya qilish;
3) yuvish;
4) suvsizlantirish-zichlashtirish;
5) quyish;
6) kesmalar tayyorlash;
7) bo‘yash;
8) kesmalarni suvsizlantirish;
9) yoritish;
10) yakunlash (kesmalarni yopqich shisha bilan berkitish).
Materialni olish. Tekshirish uchun material kichik bo‘lakchalar holida, murdani yorish paytida, tirik hayvonlar va odamlardan biopsiya usuli bilan olinadi. O‘quv preparatlarni tayyorlash uchun sutemizuvchi hayvonlar (itlar, mushuklar, quyonlar, kalamushlar) dan olingan materiallardan foydalaniladi. Buning uchun qon tomiriga havo yuborish (emboliya) yoki so‘yish (dekapitatsiya) yo‘li bilan hayvonlar o‘ldiriladi va shu zahotiyoq organlaridan preparat tayyorlash uchun bo‘lakchalar ilinadi.
O‘quv preparatlar uchun material olganda, uning yangiligiga ahamiyat berish zarur, chunki murda organlarida tezda qator o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Materialni murdadan 4-12 soat vaqt ichida olish zarur. Biopsiya usuli ko‘pincha diagnostika maqsadlarida qo‘llanadi, shuning uchun bu usul ko‘proq klinikalarda va eksperimental laboratoriyalarda ishlatiladi.
Fiksatsiya qilish. Olingan materialni tezda fiksatsiya qilish zarur. Fiksatsiyadan maqsad – to‘qimalarining hayotiy tuzilmasini saqlab qolishdan iborat. Hujayra sitoplazmasi oqsilini ivitish fiksatsiya mohiyatini belgilaydi. Bunda oqsilning chirishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘ladi, natijada hujayra va to‘qimalarning tuzilmasi saqlanib qoladi.
Fiksatsiya qilish shartlari: a) bo‘laklarning kattaligi 1-2 sm3 dan oshmasligi kerak; b) bo‘lakcha qanchalik kichik bo‘lsa, fiksatsiya shunchalik sifatli bo‘ladi; v) fiksatsiya sifatli bo‘lishi uchun fiksatorning hajmi fiksatsiya qilinuvchi bo‘lakcha hajmidan 100 baravar ko‘p bo‘lishi kerak; g) fiksatsiya qilish muddati fiksatorlarning xiliga qarab turlicha bo‘ladi.
Preparatni qaysi usulda bo‘yash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shunga mos holda fiksator tanlanadi. Fiksatorlarning ba’zilari deyarli barcha laboratoriyalarda qo‘llaniladi. Bunday fiksatorlarga quyidagilar kiradi:

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin