Eukariotlar tanasida yaxshi shakllangan yadrosi bo‘lib yadroning tashqi membranasi 2 qavatli murakkab tuzilgan. Irsiy omil DNK murakkab giston oqsillari bilan ta’minlangan va xromasoma shakliga ega. Bo‘linish usuli mitoz bo‘lib hisoblanadi. Barcha umumiy va xususiy organoidlarga ega. Eukariotlar bir hujayralidan tortib ko‘p hujayrali organizmlarni tashkil qiladi.
Hujayralarning shakli va kattaligi turlicha bo‘lib 10 mkm dan 100 mkm o‘rtacha kattalikga ega.Eng kichiklari 4 mkm atrofida. Odamlarning asosiy hujayralarining xajmi 200 mkm dan 15000 mkm kubni tashkil qiladi. Hujayralarning shakli xilma xil bo‘lib kubsimon, ipsimon, ko‘p qirrali, silindrsimon, bakalsimon, avalsimon, disksimon, shakli o‘zgaruvchan va boshqalar. Hayvon va o‘simlik hujayralari umuman bir xil planda tuzilgan lekin tarkibiy jihatdan tubdan farq qiladi. Eukariot hujayralarning tanasi protoplazma deb nomlanib u o‘z navbatida sitoplazma va karioplazmadan tashkil topadi. Eukariot hujayra tanasi asosan 3 qismdan tashkil topgan:
1. Hujayraning tashqi qobig‘i.
2. Sitoplazma.
3. Yadro.
Hujayrani umumiy korinishi
1-Gadir-budir endoplazmatik reticulum, 2- Silliq endoplazmatik reticulum, 3-Mitohondriya, 4- Yadro, 5- Goldji apparat, 6- Sentrosoma, 7- Hujayra qobigi. Hozirgi vaqtda struktura va funksiya birligi haqidagi nazariy va g‘oyaviy tasavvurlar ikkita katta oqimga ega.
1. Materialistik dunyo qarash.
2. Idealistik dunyo qarash.
Materialistik dunyo qarash tarafdorlari moddiy strukturani birlamchi funksiyani esa ikkilamchi deb aytadilar.
Idealistik dunyo qarash tarafdorlari esa funksiya birlamchi moddiy struktura esa ikkilamchi deb talqin etadilar.
Hozirgi zamon sitologiya fanining sohasi bo‘lmish sitokimyo fani har qanday hujayralarni tashkil etuvchi organik moddalarni, oqsillarni, fermentlarni, uglevodlarni, yog‘larni va hujayraning strukturaviy tuzilmalarini alohida-alohida qilib faqat o‘zini maxsus rang beruvchi moddalar bilan bo‘yash imkoniyatiga ega.
Masalan, eozin hujayrani faqat sitoplazmasini bo‘yash xossasiga ega. Gemotoksilin esa hujayrani faqat yadrosini bo‘yash xossasiga ega. Demak, sitokimyo fanining yutuqlari faqat hujayra tarkibidagi strukturalarni differensial bo‘yash bilan hujayradagi hayotiy jarayonlarni qay darajada ekanligini aniqlash uchun foydalaniladi.