Viruslar. Odamda, hayvonlar va о‘simliklarda ma’lum bо‘lgan kо‘p kasalliklarning qо‘zg‘atuvchisi filtrlanuvchi viruslardir. Hozirgi vaqtda ularning 600 dan ortiq turi ma’lum. Viruslar juda ham mayda (17-360 nm) bо‘lib, oddiy mikroskopda kо‘rinmaydi, faqat elektron mikroskopda kо‘rinadi, chunki elektronlarni tо‘lqin uzunligidan kattaroq bо‘lganligi uchun, ular hujayraviy tuzilishga ega emas. Sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi, faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi moddalar almashinuvi protsessini о‘z foydasiga о‘zgartiradi.
Virus zarrachasi – virionni genetik asosi (DNK yoki RNK) va oqsilli qobiqdan iborat. Oqsilli qobiq – kapsida deb nomlanadi. Kapsida ichida joylashgan nuklein kislota – nuklokapsid ba’zi vakillarda (tamaki mozaikasi virusida, adenoviruslarda) oqsil qobiqqa tegib tursa, boshqalarida (gripp, gerpes viruslarida) qobiqdan alohida membrana bilan ajralgan bо‘ladi. Viruslar tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, ipsimon shakllarda bо‘ladi. Kо‘pgina о‘simliklar, hayvonlarda va odamda turli: masalan, gripp, qizamiq, chechak, suvchechak, quturish kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.4 1965 yilda Moskvada о‘tgan mikrobiologlarning Xalqaro IX kongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilindi. Viruslar tarkibidagi nuklein kislotalariga kо‘ra ikkita guruhga: RNK virus va DNK viruslarga bо‘linadi. 1970 yilda Mexiko shahrida bо‘lib о‘tgan mikrobiologlarning Xalqaro X kongressida RNK va DNK viruslari о‘z navbatida bir necha avlodlarga bо‘linganligi ma’lum qilinadi:
1. RNK viruslarning guruhiga:
a) pikornoviruslar (ikkita sо‘zdan iborat bо‘lib, piko – kichkina, rN – RNK borligini kо‘rsatadi);
b) reoviruslar (REO – uchta sо‘zning birinchi harflaridan olingan bо‘lib, resperitori yenterik organi degani);
v) arboviruslar (arxropoborne sо‘zidan AR va ikkinchi qismidan BO olinib tashkil topgan);
g) ortomiksoviruslar (mikso – lotincha mukoid);
d) paramiksoviruslar;
ye) rabdoviruslar (rabiyes – quturish sо‘zidan olingan);
2. DNK viruslarning guruhiga:
a) papovaviruslar («papilloma», «polloma» va «vakuolizlangan» sо‘zlarning birinchi ikkita harfidan olingan);
b) adenoviruslar (adenoid sо‘zidan olingan);
v) gerpesviruslar (xerpes kasalining nomidan olingan);
g) poksviruslar (chechakni qо‘zg‘atadigan viruslar);
d) pikodnaviruslar.
Avlodlar о‘z navbatida odam va hayvonlarda yuqumli kasalliklarni qо‘zg‘atadigan turlarga bо‘linadi. Viruslar nihoyatda mayda bо‘lib, nonometrlar (nm) bilan о‘lchaniladi va hajmi 2(3 dan to 350 nmtacha boradi.
Viruslar shar, tayoqcha, kub va ipsimon hamda membranaga о‘ralgan bо‘ladi. Ba’zi viruslar esa kristall shakldagi oqsil ekanligi aniqlandi. Viruslarning boshqa mikroorganizmlardan farqi shuki, ular faqat tirik organizmda yashab kо‘payadilar. Viruslar sun’iy oziq muhitlarida о‘smaydilar. Bakterial filtrlardan о‘tadigan viruslarni faqat elektron mikroskopda kо‘rish mumkin.
Bakteriyalarning viruslari (bakteriofaglar). 1917 yilda D. Errel dizenteriyaning etiologiya va patogenezini о‘rganib shuni aniqladiki, dezenteriya kasali bilan kasallangan odamlardan olingan najaslarning filtrati bu kasallik qо‘zg‘atuvchisini lizis hodisaga, ya’ni eritishga olib boradi. Dizenteriya kasalini qо‘zg‘atuvchi bakteriyani lizes hodisaga olib borgan agentga D. Errel bakteriofag deb nom bergan. Bakteriofag «bakteriyalarni yeydigan» (pojirayushiy) degan ma’noni bildiradi. «Bakterium» lotincha sо‘z bо‘lib – bakteriya, «fagos» esa grekcha sо‘z bо‘lib – yeyman deganidir. Bakteriofag – bakterial hujayraga о‘tib yashab, talay nasl hosil qiladigan va shu hujayrani eritib yuborib, bakteriyalar yashaydigan muhitga fag zarralar chiqarish qobiliyatiga ega bо‘lgan virus. Zich oziq muhitlariga bakterial va bakteriofaglarning aralashmasi ekilganda, bakteriofag bakteriyalarni lizis hodisasiga olib borgan joylarda «steril dog‘lar», ya’ni «negativ koloniyalar» hosil bо‘ladi.
Suyuq oziq muhitida esa bakteriyalar bilan muhitni yoritadi. Bakteriofaglar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Bakteriyalar va aktinomitsetlar rivojlanib turgan joylarda, bakteriofaglar ichida parazitlik qilayotgan faglarni topish mumkin.
Bakteriofaglarni parenteral (og‘iz bо‘shliq yо‘lidan tashqari) yо‘l bilan organizmga yuborilganda organizmda antitellalar hosil bо‘ladi. Shu antigen xususiyatlarga kо‘ra bakteriofaglar bir necha turlarga (polifaglar, mornofaglar va tipliaglar) bо‘linadi. Faglar bakteriyalarga kо‘ra fizikaviy va ximiyaviy faktorlarning ta’sirlariga chidamliroq bо‘ladi. Kо‘pincha faglar 65-70 daraja issiqlikka chidaydi. 185 daraja sovuqqa ham chidaydi, quritilgan holda yaxshi saqlanadi. 1% karbol kislotasining eritmasi faglarga yomon ta’sir etmaydi, 1% formalin eritmasi esa faqat bir necha minutda ta’sir etadi.
Faglar yuqumli kasalliklarni davolashda va kasalni qо‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar turini aniqlashda nihoyatda keng qо‘llanadi. Lizogen bakteriyalar gen ijeneriyasi sohalarida foydalanishi mumkin.