O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə24/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Rivojlaniw maruza

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (7-11 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (8-10 bet)


4-Mavzu: Hujayra shakliga ega bо‘lmagan tuzilmalar. Viruslar va virosporalar tuzilishi, tarkibi va funksiyalari, kо‘payishi tarqalishi.


REJA:

1. О‘lik va tirik tabiat oralig‘idagi tuzilmalar.


2. Viruslarni biologik ahamiyati, tuzilishi, xossalari va meditsinadagi roli


Tayanch iboralar: Kapsid, latent, virosporalar, chechak, ensifolit, adenoviruslar, pikodnaviruslar

Prokariot va eukariotlardan farqli viruslar (Vira) hayot xossasiga ega bо‘lmay faqat bakteriya yoki eukariot hujayralar tanasiga kirib tirilib о‘ziga о‘xshash virus tanasini hosil qila boshlaydi. Virus tanasi maxsus oqsil qobiq kapsid hosil qilib turadi. Virus hayotiy siklida quyidagi bosqichlar tafovut etiladi:


1. Hujayra tanasiga birikish.
2. Hujayraga irsiy omilini kirgizish.
3. Latent, yashirin davri.
4. Kо‘payish davri.
5. Yetilgan viraspora.
Barcha yuqumli kasalliklarni 75% viruslar tashkil etadi. Ularni о‘ta og‘ir va xavfli turlari bо‘lib insoniyat tarixida insonlarga katta xavf tug‘dirgan va tug‘dirmoqda. Bakteriya tanasida simbioz holda uzoq muddat birga yashashi mumkin ularni fag deb nomlanadi.
Viruslarni mavjudligini birinchi bо‘lib rus botanik tadqiqotchisi D.I. Ivanovskiy 1892-yil bashorat etgan. Viruslarni irsiy omili DNK yoki RNK asosida bо‘ladi.
Yetilgan virus zarrachalarini virionlar yoki virosporalar deb aytiladi. Ularning qobig‘i oqsildan va nuklio kapsidlardan tuzilgan bо‘lib uning ichida virusning irsiy omili joylashadi. Tashqi muhitda viruslar mutlaqo hayot xossasiga ega bо‘lmay kо‘paya olmaydi ya’ni о‘lik organik molekulalardan tashkil topgan zarracha hisoblanadi.
Ba’zi viruslar kristallanish xossasi bilan minerallarni eslatadi. Virus hujayra tanasiga kirishi bilan tiriklik xossasini namoyon eta boshlaydi. Viruslarning hayotiy siklida quyidagi bosqichlarga ega:
1. Virusni hujayraga birikishi
2. Hujayraning ichiga irsiy omilning kirishi
3. Yashirin latent davri
4. Irsiy omilga о‘xshash viruslarning kо‘payishi
5. Virosporalarni hujayradan tashqariga chiqishi.
Juda kо‘plab virus kasalliklari ma’lum bо‘lib о‘simlik va hayvon organizmi va odamlarni og‘ir bо‘lgan kasalliklarni chaqiradi. Ayniqsa, quturish, chechak, ensifolit, gripp, paratit, sariq kasal, qizamiq va sо‘gallar, xant virus, qush grippi, spid, atipik о‘pka shamollashi, ebola kasalligi, sitomegalovirus va boshqalar.
Hozirgi ma’lumotlarga kо‘ra barcha yuqumli kasalliklarining 75% ni viruslar chaqirishi aniqlangan.
Bakteriyalar tanasida parazitlik qiladigan viruslar ham bо‘lib ularni faglar deb aytiladi. Faglar viruslarga nisbatan tanasining shakli bilan farqlanib boshcha va dumchaga о‘xshash tana tuzalishiga ega. Tanasining irsiy omili DNK bо‘lib ba’zan ular bakteriyalarning tanasiga kirib kо‘payishi natijasida bakteriyalarni lizis qilishi ya’ni о‘ldirishi mumkin. Bunday lizisga uchraydigan bakteriyalarni lizogen bakteriyalar deyiladi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin