O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


-Mavzu: Hujayraning turli shakllari. Struktura va funksiya birligi. Sitoximiya va uni yutuqlari



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə22/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Rivojlaniw maruza

3-Mavzu: Hujayraning turli shakllari. Struktura va funksiya birligi. Sitoximiya va uni yutuqlari


REJA:

1. Materialistik va idealistik g‘oyalarni qaramalarshiligi.


2. Sitokimyo va uning yutuqlari, mikrotexnika


Tayanch iboralar: Bakteriyalar, sitoplazma, membrana, geterotrof, rangli vakillar, eukariotlar

O`simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan o`ralgan bo`lib, uning ichki qismida protoplast joylashgan. Uning tarkibi esa sitoplazma va mag`izdan iborat.


Sitoplazma murakkab tarkibli, elastik, qovushqoq, tiniq jism bo`lib u shaklsiz massa gialoplazma va shakllangan hosilalar, ya’ni hujayra organoidlari va kiritmalarga ajraladi.
Hujayra organoidlari hujayraning ihtisodlashgan qismidir. Ular mitohondriyalar, ribosomalar, diktiosomalar, endoplazmatik to`r, hujayra markazi va kabilar. O`simlik hujayrasi uchun plastida o`ziga hos organoid hisoblanib, ularda uglevodlar, oqsillar va yog`lar to`planish jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibidagi bo`yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko`ra 3 turga ajratiladi: yashil – xloroplastlar, qizil – xromoplastlar, rangsiz – leykoplastlardir.

Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshiriladi. Xromoplastlar sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning, mevalarnig ochiq rangda bo`lishida, changlanishida, hasharot va qushlarni jalb qilishda, urug`, mevalarning tarqalishida katta ahamiyatga egadir.
Leykoplastlarda kraxmal, oqsil va moylar to`planadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularning o`rtacha soni 50 – 5000 gacha boradi. Mitoxondriyaning hujayradagi asosiy vazifasi ADFdan energiyaga boy ATFni sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta’minlashdan iborat. Diktiosomalar o`simlik hujayralarida odatda bir necha sonda bo`lib, ularning vazifasi turli moddalarni to`plash, ayniqsa uglevodlarni to`plash va hujayra qobig`i, vakuolalarni hosil bo`lishida muhim rol o`ynaydi. Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to`plangan suvda eruvchan moddalar tsitoplazmadan ajralgan holda to`planadi. Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo`shliq vakuola deyiladi. Vakuolalar hujayraning osmotik hodisalarida muhim rol o`ynaydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar kraxmal donachalari, moy tomchilari, oqsillar va ba’zi bir kristallar ko`p miqdorda to`planishi mumkin. Yadro eukariot hujayralarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Mazkur tarkibiy qismlar mag`izning bajaradigan vazifalari bilan bog`liq holda hujayra taraqqiyotining turli bosqichlarida o`zgarib turadi. Yadro irsiy belgilarni nasldan-naslga o`tkazishda asosiy rolni bajaradi. Irsiy belgilar xromosomalar orqali nasldan-naslga o`tkaziladi. Har bir o`simlik hujayrasi uchun xromosomalar soni doimiy bo`ladi. Har qanday ko`p hujayrali organizmlarda ikki turdagi hujayralar ajratiladi: barcha to`qima va organlar tarkibiga kiruvchi tana (somatik) hujayralari va jinsiy hujayralar, ya’ni gametalar . O`simliklarning somatik hujayralari diploid, ya’ni ularda xromosomalar yig`indisi ikki marta ortiq bo`ladi, jinsiy hujayralarda xromosomalar yig`indisi ikki hissa kamdir.
Diktiosomalarning funksiyasi uglevodlarni to`plash va hujayra qobig`i, vakuolalarni hosil qilishdir. Irsiy belgilarni xromosomalar nasldan-naslga o`tkazadi.
O`simlik hujayrasida xromosomalar soni doimiy bo`ladi. Hujayralar bo`linib ko`payadi va ikkita yangi hujayra hosil bo`ladi. Ularning mag`izlari xromosomalar doimiyligini saqlaydi: mag`izda har bir xromosoma teng ikkiga bo`linadi, xromosomalar hujayra qutblariga tortiladi va butun hujayra ikkita yangi hujayraga ajraladi. Bu mitoz bo`linishdir. Jinsiy hujayra gaploid hisoblanib ulardagi xromosomalar soni ikki marta kam. Ikki jinsiy hujayra qo`shilishidan zigota hosil bo`lib u diploid xromosoma soniga ega bo`ladi. Zigotadan organizm rivojlanadi. Gametalar va sporalar hosil bo`lishidan avval mag`izning meyoz bo`linishi kuzatiladi. Meyozda xromosomalar ikki marta kamayadi va diploid hujayralar gaploid holatga o`tadi. O`simliklarning taraqqiyot davrida nasllar gallanishi kuzatiladi. Bunda hujayralarning mag`iz fazalari ham almashinadi.3
Shunday qilib, o`simlik hujayrasi, qobiq, mag`iz, sitoplazma va undagi organoidlar, kiritmalar va vakuoladan iborat.
Sitoplazma (yunon. sitos — hujayra; plazma — n a y)ni birinchi bо‘lib chex olimi Yan Purkinye 1839 yilda aniqlagan. U sitoplazmani hujayraning asosiy tarkibiy qismi deb, ta’riflagan. Sitoplazma protoplastning asosiy tarkibiy qismi bо‘lib, unda plazmalema, gialoplazma, ribasoma, goldji apparati, endoplazmatik tо‘r, yadro, mitoxondriy, plastidlar, vakuolalar, shuningdek birikmalar (suv va unda erigan tuzlar joylashadi. Hujayraning tuzilishi elektron mikroskopda kо‘rsatilgan.
Plazmalemma Plazmalemma — (lot. lemma — pо‘st) hujayra pо‘sti ostida joylashgan bо‘lib, sitoplazma membranasining ustki qavatini hosil qiladi. Elektron mikroskopda 5000 marta katta qilib kо‘rsatilgan poplast yoki vakuola membranasi deb ataladi. Plazmalemma hujayrada tashqi muhit bilan modsa almashinuvi, ya’ni tanlab о‘tkazuvchanlik yoki yarim о‘tkazuvchanlik vazifasini bajaradi. Plazmalemma orqali suv va suvda erigan tuzlar diffuz tariqasida о‘tadi, lekin yirik zarraga ega bо‘lgan kolloid eritmalarni о‘tkazmaydi. Mayda zarrachalar (molekulalar) va ionlar har xil tezlikda plazmalemma orqali gialoplazmaga о‘tadi. Plazmalemma ba’zi moddalarni sintez qilish vazifasini ham bajaradi. Masalan, u hujayra pо‘stining sellyulozali mikrofibrillarini hosil qilishda fermentlar bilan ishtirok etadi.Tirik sitoplazmaning eng muhim xususiyatlaridan biri uning harakat qilishidir. Ammo uning harakatini yirik vokuolali hujayralarda kо‘rish mumkin. Bunda sitoplazma vokuola atrofida bir tomonlama hujayra devori bо‘ylab aylanma harakat qiladi. Sitoplazma yadro, plastidalar va mitoxondriylarni ham harakatlantiradi. Sitoplazmaning harakati bir necha xil omil (harorat, yorug‘lik, kislorod va boshqalar)larga bog‘liq. Laboratoriyada sitoplazma harakatini suvо‘tlardan xara va suvda о‘suvchi gulli о‘simliklardan elodeya va vallisneriyaning barglarida kuzatish mumkin. Gialoplazma (yunon. gialos — oyna) hujayraning doimiy gidrofill va kalloid yelim qismi bо‘lib, u chо‘ziluvchanlik xususiyatiga ega. Bu kalloid modda sitoplazma ichidagi hamma organellalarni bir-biriga ta’sir etishini ta’minlaydi. Gialoplazmada oqsillar — fermentlar erigan moddalar shaklida bо‘lib, uglevodlarning (qand va glikoliz), lipidlarning (yog‘ kislotalarni) almashinuvida azotli va fosforli birikmalar (aminokislotalar)ni sintez qilishda ishtirok etadi. Hujayrada kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylanishida gialoplazma faol harakat qilib, hujayralararo moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Gialoplazma yosh hujayra sitoplazmasining asosiy qismini tashkil etib, yirik hujayralarda yadro, plastida, mitoxondriy atrofini yupqa parda bilan о‘raydi. Gialoplazmaning tarkibiy qismini oqsil molekulalari tashkil etadi. Ular ma’lum bir tartibda joylashgan mikronaychalar va mikrofilamentlarni hosil qiladi. Mikronaychalar juda ham mayda zarrachalar shaklida bо‘lib, ularning diametri 25 nm, uzunligi bir necha mikrongacha bо‘ladi. Bu naychalar plazmolemmaga yaqin joyda bir-biriga parallel joylashgan va kо‘proq bо‘linayotgan hujayralarda uchraydi. Mikronaychalarning bajaradigan vazifasi aniqemas. Ular о‘zgaruvchan, yangitdan hosil bо‘ladi va tezda yemiriladi. Mitoz bо‘linayotgan hujayra xromosomalarning joyini о‘zgartirishda va moddalarni sitoplazmaga о‘tkazishda ishtirok etadi, degan fikr mavjud.
Mikrofilamentlar (plazma iplar)ning diametri (4— 10 nm) bо‘lib, spiral shakldagi qisqaruvchan oqsillardan tashkil topgan. Bu plazma iplar plastidalar, ribosomalar va mikronaychalarga yopishgan holda uchraydi. Ular gialoplazma harakatini tartibga keltiradi, deb faraz qilinadi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin