Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (16-22 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (12-15 bet)
6-Mavzu: Mikoplazma va ularning tuzilishi tarkibi va xossalari.
REJA:
Mikoplazma va ularning tuzilishi, tarkibi va xossalari.
Hujayra tarkibi, strukturasi va funksiyasi.
Tayanch iboralar: genoformdan, tashqi membrana, sitos, kichik limfositlar, protoplazma
Mikoplazmalar spiral yoki ovalsimon shakldagi mikroorganizmlardir (0,1—0,2 nm), hujayra pо‘sti bо‘lmaydi, harakatsiz uzun ipchalar yoki yulduzlar shaklidagi saprofit va parazit formalari bor. Hayvonlarda turli tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Sistematiklardan Berdlj bularni alohida Musorlasmatales tartibiga ajratadi. Mikoplazmalarga bakteriyalarning L formalari yakin turadi, bu formalarni tajriba yо‘li bilan ham olish mumkin, buning uchun bakteriyalarga penitsillin bilan ta’sir etiladi.
Mikoplazmalar ichida yaxshi о‘rganilgani erkin holda hayot kechiradigan Musor1asmatales dir. G. Morovip va M. Turtelen (1964) ularni elektron mikroskopda kо‘rib, tо‘rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bо‘lgan yirik hujayralar borligini aniqlaydilar.
Aktinomitsetlar yoki nursimon zambururlar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va tuban zamburug‘larga о‘xshaydi. Ular mog‘or zamburug‘lar bilan bakteriyalar orasidagi gruppaga mansub, ma’lum shakldagi yadrosi bо‘lmaydi. Aktipomitsetlar 600 nm va undan uzun bо‘lgan shoxlangan mitseliy hosil qiladi. Oziq muhitidagi mitseliy ikki xil—biri oziqda, ikkinchisi ochiq, ya’ni oziq yuzasida bо‘ladi. Ochiq mitseliyda konidiospora deb ataladigan sporalar yetiladi.
Aktinomitsetlar tuproqda, organik о‘g‘itlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, boshoqdosh о‘simliklar tanasida uchraydi. Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olipadi. Ba’zi patogen formalari yumshoq tо‘qima va suyaklarni yemirib, ogir kasallik—aktinomikozni vujudga keltirishi mumkin.
Ular turli mikroorganizmlar va bakteriyalar kabi о‘simlik dunyosiga kiradi. Ammo zamburug‘larning tuzilishi bakteriyalarning tuzilishiga qaraganda murakkab. Ularda xlorofill bо‘lmagani uchun yuqori darajali о‘simliklardan farq qiladi.
Zambururlar gexerotroflar va oziq muhitlariga talabchan emas. Ular har xil substratlarda yashayveradi. Kislorodga ham muhtoj emas. Sovuqqa nihoyatda chidamli. Shuning uchun zamburug‘larni xolodilniklarda ham uchratish mumkin. Zamburug‘larning aksariyati kо‘p hujayrali bо‘lib, hujayralari kо‘pincha chо‘ziq shaklda va ipga о‘xshaydi. Ipsimon hujayralar giflar deb ataladi, ular о‘sib shoxlaydi va chigal — zamburug‘ tanasn yoki mitselliy hosil qiladi. Yaamburug‘ mitseliysi oziq muhitining ichiga о‘sib kiradi.
Zamburug‘lar ba’zan oddiy bо‘linish yо‘li bilan, ammo kо‘pincha spora hosil qilish — jinsiy yо‘l bilan ham kо‘payadi.
Hamma zamburug‘lar ikkita gruppaga bо‘linadi:
Yuqori darajali zamburug‘lar.
Tuban (eng oddiy) darajali zamburug‘lar.
Bular о‘z navbatida 6 ta sinfni tashkil qiladi.
Yuqori darajali zamburug‘larga:
a) xitrid zamburug‘lar. Ularning mitselliysi yо‘q yoki bor bо‘lsa-da, tashkil topish bosqichida. Xitridlar asosan suv, о‘simlik yoki ularning hujayrasida parazitlik qiladi va kasallik kelib chiqishiga sabab bо‘ladi;
b) oomitsetlar. Bir hujayrali mitselliydan iborat. Vakillari suv va tuprokda yashaydi;
v) zigomitsetlar. Tuproqdagi zamburug‘lar kiradi.
Tuban (zng oddiy) zamburug‘larga:
a) askomitsetlar xaltali zamburug‘lardir. Mitselliy kо‘p hujayrali bо‘lib jinsiy kо‘payishi maxsus xaltachalarda askasporalar orqali, jinssiz kо‘payishi esa konidiyalar orqali bо‘ladi;
b) bazidomitsetlar kо‘p hujayrali mitselliydan tashkil topgan bо‘lib, bazidiosporalar vositasida jinsiy yо‘l bilan kо‘payadi. Bularga kо‘pincha odam iste’mol qiladigan qо‘ziqorinlar ham kiradi.
v) deyteromitsetlar (mukammallashmagan zamburug‘lar) — mitselliysi kо‘p hujayrali bо‘lib, faqat konidiyalar hosil qilib jinssiz kо‘payadi. Ular odamlar, hayvonlar va о‘simliklar orasida har xil kasalliklarga sababchi bо‘ladilar.
Veterinariya mikrobiologiyasi fani uchun quyidagi uch tur zamburug‘larning ahamiyati katta:
Nursimonlar.
Mog‘orlar.
Achitqilar.
1. Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug‘lar (grekcha sо‘z bо‘lnb, «aktis» — nur va «mikos» — zamburug‘ ma’nosini bildiradi). Ular tabiatda keng tarqalgan. Giltner va Shtelmerlarning aytishicha, tuproqdagi mikroorganizmlarning qariyb 20 — 30% aktinomitsetlardan iborat. Ular tuprok strukturasini yaxshilab, unda maxsus hid hosil qiladilar. Oqsil, sellyuloza kabi murakkab organik moddalarni chiritishda va gumin birikmalarini hosil qilishda qatnashadilar. Aktinomitsetlarning ba’zi turlari о‘zidan antibiotik (streptomitsin, levomitsin, tetratsiklin va boshqalar) ishlab chiqaradi va shu antibiotiklar dori-darmon sifatida qо‘llanadi.
Aktinomitsetlar tuban zamburug‘lar va bakteriyalarning belgilarini olib, shu mikroorganizmlarning oralig‘ida joylashgan. Tayoqchasimon bо‘lishi, haqiqiy о‘zagining bо‘lmasligi, sitoplazma va hujayra pо‘stining ximiyaviy tarkibi, anilin bо‘yoqlar va grammusbat bilan bо‘yalishi, 35 — 37 daraja issiqlikda, gо‘sht-pepton, agar, sun’iy oziq muxitlarida о‘sishi xususiyatlari bilan bakteriyalarga yaqin turadi.
Bir hujayrali mitselliylarning havoli sporalar va mitselliyalar parchalanishi orqali kо‘payishi, zich oziq muhitlarida xavoli mitselliylar bilan koloniyalar hosil qilishi esa ularni tuban zamburug‘larga yaqinlashtiradi. Aktinomiiyetlar bir hujayrali shoxlanuvchi mitselliylardan tashkil topgan mikroorganizmlardir. Mitselliylarning bir guruhi muxitga botgan holda bо‘lsa, giflarning ikkinchi qismi havoga kо‘tarilgan bо‘ladi. Agar-agar kо‘shilgan sun’iy oziq muhitlarida aktinomitsetlar markazi zich doirasimon koloniyalarni hosil qiladi. Giflar ichida kо‘payish uchun xizmat qiladigan konidiya sporalar hosil bо‘ladi. Aktinomitsetlar pigmentlar ishlab chikaradi, shuning uchun ularning koloniyalari turli rangga (pushti, kizil, yashil, hо‘ng‘ir va qora) bо‘yalgan bо‘ladi. Aktinomitsetlar saprofit, ayrimlari esa inson va hayvonlarda aktinomikoz kasalligini tozaga chiqaradi.6
Tipik aktinomitsetlardan proaktinomitset avlodiga kirgan mikroorganizmlar ancha farq qiladi. Proaktinomitsetlar rivojlanishining dastlabki davrlarida mitselliysining hammasida yoki ayrimlarida kо‘ndalang pardalar hosil bо‘lib, ular tayoqchasimon qismlarga bо‘linadi. Sо‘ng bu tayoqchasimon bо‘laklardan о‘z navbatida koksimon sporalar hosil bо‘ladi. Sporalar jipsiy yо‘l bilan kо‘payadi. Hujayraning kurtaklanishi yuzasining bо‘rtishidan boshlanadi, bu joy asta-sekin kattalashib, natijada ona hujayradan ajralib chiqadi va mustaqil hayot kechiradi. Jinsiy kо‘payish esa kopulyatsiya deyiladi. Bunda ikkita tashqi kо‘rinishda bir xil yoki turli hujayralar yaqinlashib yopishib, ularning ichki narsalari aralashib xaltacha hosil qiladilar va shu xaltachalarning ichida askasporalar hosil bо‘ladi.
2. Mog‘orlar hujayralari xlorofilsiz ipsimon shakldagi zamburug‘lardir. Tanasi giflar tо‘plamidan iborat bо‘lib, mitselliy deb ataladi. Mitselliysining tuzilishiga kо‘ra mog‘or zamburug‘lar ikkiga bо‘linadi:
1. Fikomitsetlarning mitselliysi bо‘g‘inlarga bо‘linmagan: giflardan iborat (mukor mog‘ori).
2. Mikomitsetlarning midelliysi bо‘g‘inlarga bо‘lingan, tanasi kо‘p hujayrali (aspergill va penitsillium mog‘orlar)dnr.
Mog‘or zamburug‘lar asosan jinsiy yо‘l bilan endogen va ekzogen sporalar yordamida kо‘payadi. Ekzosporalar mevali giflarning (konidiyalar) uchlarida joylashadi. Endosporalar ham mevali giflarning uchlarida joylashadi, lekin ular umumiy xaltacha sporaning ichida bо‘ladi. Zamburug‘ sporalarining bakteriyalar sporalaridan farqi shuki, ular kо‘payish uchun xizmat qiladi, chidashi kamroq bо‘ladi va har bir zamburug‘dan kо‘plab hosil bо‘ladi.
3. Achitqnlar bir hujairali, mitselliy hosil qilmaydigan mikroorganizmlardir. Ular tuxumsimon va elipsimon shaklda bо‘lib, uzunligi 8 — 10 mkm, yо‘g‘onligi esa 2 — 7 mkm ga yaqindir. Achitqi hujanralari qobiq protoplazma va о‘zakdan iborat. Asosan oddiy bо‘linish, kurtaklanish yо‘li bilan kо‘payadi. Ba’zilari esa spora hosil qilish yо‘li bilan kо‘payadi.
Achitqilar tabiatda nihoyatda keng, asosan zaharli moddalar bor joylarda (meva, gullarning shirasida, sut mahsulotlari va boshqa) tarqalgan, Ular vino, pivo va non tayyorlashda keng qо‘llanadi. Bundan tashqari undan spirt, silos va sut mahsulotlarini tayyorlashda foydalaniladi. Achitqilarda organizm uchun foydali oqsil, uglevodlar va V vitamin gruppasi bor. Achitqilarning ayrim turlari odam va hayvonlarda kasallik qо‘zg‘atadi. Masalan, otlarda epizootik limfangoit, odam va hayvonlarda blastomikoz va kandidamikoz kasalliklarini paydo qiladi.
Sodda organizmlar — bir hujayrali bakteriyalar bо‘lib, hujayralari protoplazmadan va yaqqol ajralib turuvchi о‘zakdan iborat. Hujayralarning qobiqsiz protoplazmasi hartomondan soxta oyoqlar hosil qilib, ularning yordamida harakatlanadi. Kо‘pincha sodda jonivorlar maxsus organlari: xivchnnlari yoki kipriklari yordamida harakat qiladilar. Sodda organizmlarning qobig‘i yо‘q, buning о‘rniga protoplazmasining tashqi qismi joylashgan. Kо‘pgina sodda organizmlar ayrim: hollarda zich qobiq bilan о‘ralib, sporaga о‘xshagan sista hosil qiladi. Sistalar xam zich kobiq bilan о‘ralgan bо‘lib, bir nechta о‘zakdan iborat va hujayra hayotining chidamli shakli hisoblanadi, lekin kо‘payish uchun xizmat qilmaydi. Sodda organizmlar oddiy bо‘linish va jinsiy yо‘l bilan kо‘paya oladi. Ba’zi sodda organizmlarning kо‘payishi g‘oyat murakkab. Bunda jinssiz sikl jinsny sikl bilan almashinadi. Masalan, hayvonlarda va tovuqlarda koksidiylar, odamlarda esa bezgak plazmodiyasi.
Kо‘k yashil suvо‘tlar. Kо‘kyashil suvо‘tlar tuzilish jihatidan bakteriyalarga о‘xshaydi. Hujayralarida takomillashgan yadrosi yо‘q, lekin DNK bor. Pigmentlar lamellalar shaklida hujayraning chetlarida, xromatoforalarda joylashgan. Xromatoforasi pо‘stsiz bо‘lib, sitoplazmada joylashgan. Xromatoforasida yashil rangli xlorofill, kо‘k rangli fikodian, ba’zilarida karotin va fiko eritrin uchraydi. Ularning miqdori turlicha, shuning uchun kо‘k yashil suvо‘tlar yashil, kо‘k, qizg‘ish, sariq rangda bо‘ladi. Fotosintez protsessida kо‘pchiligida glikogen hosil bо‘ladi.
Kо‘k yashil suv о‘tlar oddiy bо‘linish yо‘li bilan kо‘payadi. Kо‘pchiligi suv havzalarida, nam tuproqda uchraydi. Dengiz suvlarida ayrim vakillarigina uchraydi. Kо‘pchilik kо‘k yashil suvо‘tlar molekulyar holdagi azotni о‘zlashtiradi va tuproqning unumdorliging oshiradi. Ayniqsa, sholipoyalarda kо‘k yashil suv о‘tlar kо‘p uchraydi
Dostları ilə paylaş: |