Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Elektron mikroskop va ultramikrotom kashf qilinguncha, mikroblarning tuzilishini о‘rganish qiyin bо‘ldi.
Bakteriya hujayrasi qobiq, protollazma va о‘zakli moddalardan iborat. Bulardan tashqari, ayrim bakteriyalarda doimiy bо‘lmagan harakatlanish organlari — xivchinlar, noqulay sharoitda muayyan turining saqlab qolish vazifasini bajaradigan rilof ham bо‘ladi.
Bakteriya hujayrasining qobig‘i uchta yoki beshta qavatdan iborat bо‘lib, zich va elastikdir. Bakteriyalar odatdagi shaklini saqlab turishi bilan doimo shaklini о‘zgartiruvchi amebalardan farq qiladi, besh qavatli qobiqning tarkibida asosan aromatik, oltingugurtli va boshqa moddali aminokislotalar, oddiyroq tuzilgan uch qavatli grammusbat mikroblar hujayrasining qobiq tarkibida, quruq modda, 80% gacha glikopeptid murin bо‘ladi. Glikopeptid murinning mayda teshikchalari etil spirtning ta’sirida torayadi. Natijada asosli bо‘yoqlar (genitsianviolet, metilviolet) va hujayradagi moddalar bilan yod ishtirokida hosil bо‘lgan kompleksning tashqariga chiqishiga tо‘sqinlik qiladi hamda yо‘l bermaydi. Murin qobiqning mikrofibril ustunchalar (karkas) tarkibiga kirib, hujayra qobig‘ining zichligi va mustahkamligiga sabab bо‘ladi. Umumiy mikrob hujayrasining tarkibidagi quruq moddalarning beshdan biri mikrob hujayrasining qobig‘ida joylashadi. Grammusbat mikroblar qobig‘ining qalinligi 50 nm, grammanfiy mikroblar qobig‘ining qalinligi esa 15 nm.
Bakterial qobig‘i elektron mikroskopda ravshan kо‘rinadi. Uch qavatli qobiq: sitoplazmaga bevosita tutashgan sitoplazmatik membrana, hujayra devori va tashqi shilimshiq qavatdan iborat. Ba’zi bakteriyalarning shilimshiq qavati juda ham rivojlangan bо‘lib, bakteriyalarning g‘ilofini tashkil qiladi.
Bakteriyalar sitoplazmasi — yarimsuyuq va tiniq rangsiz modda. Hujayrasining asosiy qismi sitoplazmatik membrana bilan о‘ralgan. Sitoplazma kalloidlarning dispers aralashmasidir. Uning tarkibida suv, oqsil, uglevodlar, lipidlar, mineral va boshqa moddalar bor. Bakterial hujayrasi qarishi bilan sitoplazmaning dispers holati о‘zgarib, uning uyachalari mayda, hujayralari shira bilan tо‘lgan vakuolalarnn tashkil qiladi.
Sitoplazmaning zichligi yuqori bо‘lib, tarkibida 10 — 20 nm hajmli mayda zarrachalar mavjud. Zarrachalar 60% RNK va 40% proteindan iborat ribonukleoproiteidlar va ribosoma nomini olgan.
Sitoplazmada moddalar almashinuvi yuz berib turadi, natijada uning ichki tuzilishi tо‘xtovsiz yangilanadi. Unda tо‘xtovsiz ximiyaviy reaksiyalar yordamida oqsil, shakar, moy va boshqalar kabi murakkab moddalar hosil bо‘ladi. Moddalar ba’zi vaqtlarda oddiy birikmalarga parchalanadi. Turli bakteriyalar sitoplazmasining ximiyaviy tarkibi har xil. Bu esa bakteriyalarning bо‘yoqlarga moyilligi turlichaligini kо‘rsatadi.