O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Bakteriyalar hujayrasining ichki tuzilishi va bakteriyalar klassifikatsiyasi



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə33/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Rivojlaniw maruza

Bakteriyalar hujayrasining ichki tuzilishi va bakteriyalar klassifikatsiyasi
Bakteriyalar hujayrasi juda mayda bо‘lganligidan ichki tuzilishini о‘rganishda bir qancha qiyinchiliklar tug‘iladi. Bakteriyalar hujayrasi qalin pо‘st bilan о‘ralgan bо‘ladi. Bu pо‘st hujayrani tashqi muhitdai saqlaydi va unga ma’lum shakl berib turadi. Bu ji.hatdan bakteriyalar о‘simliklarga о‘xshab ketadi, hayvonlar hujayrasining pо‘sti nozik va yumshoq bо‘ladi. Bakteriyalar hujayrasi pо‘stining qalinligi 0,01—0,04 nm ga teng, ya’ni hujayra kuruq vaznining 10 dan 50% gacha qismini tashkil etadi. Hujayra pо‘sti tarkibida murein (glikopeptid, mukopsptid) moddasi borligidan u qattiq bо‘ladi. Hujanra pо‘stining tarkibi va unga kiruvchi komponentlar mustahkam struktura hosil qiladi .
Gram musbat va gram manfiy bakteriyalarning hujayra pо‘sti turli moddalardan tuzilgan bо‘ladi. 1884 yilda Kristian Gram bо‘yalishiga qarab bakteriyalarni 2 gruppaga: gram musbat va gram manfiyga ajratadi. Gram musbat baktsriyalar ba’zi bir anilin bо‘yoqlarni о‘zida singdirib qoladi, keyin ularga yod ta’sir ettiriladi, sо‘ngra spirt (yoki atseton) ta’sir ettirilganda, yod kompleksini ushlab qoladi. Agar spirt ta’sir ettirilganda yod kompleksini ushlab qololmasa (rangsizlansa), gram manfiy bakteriya bо‘ladi. Gram musbatlarning hujayra pо‘stida mukopeptidlardan tashqari, polisaxaridlar, teyxoy kislotalar uchraydi. Teyxoy kislotalar murakkab tarkibli moddalardir. Ularda shakarlar, spirtlar, aminokislotalar va fosfor kislota uchraydi.
Polisaxaridlar va teyxoy kislotalar pо‘stining asosiy qismi — mureinlar bilan tutashgan. Gram manfiy bakteriyalarnipg hujayra pо‘sti ancha murakkab ximiyaviy tarkibga ega. Ularda kо‘p miqdorda uchraydigan lipidlar oqsillar va shakarlar bilan birgalikda murakkab komplekslar—lipoproteidlar va lipopolisaxaridlar hosil qiladi.
Hujayra pо‘sti kо‘p qavatli bо‘lib, zich ustki qavatida lipoproteidlar, uning ostidagi qavatda lipopolisaxaridlar, undan keyingi qavatda oksil molekulalari joylashgan bо‘ladi. Eng ostki qavat mursindan tashkil topgan.
Hujayra pо‘sti о‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega, ya’ni tashqi muhitdagi moddalar hujayra ichiga о‘tadi va moddalar almashinuvida hosil bо‘lgan keraksiz moddalar tashqariga chikadi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin