DNK konsentrotsiyasi grammlarda gaploid yadroga nisbatan
4,3 ∙ 1015
1,5 ∙ 1012
Bakteriyalarning о‘sishi. Agar bakteriyalar yangi tayyorlangan oziq muhitiga ekilsa, birnnchidavrda ular kо‘paymaydi, bu davr lagfaza davri deyiladi, lagfaza davrida bakteriyalar oziq muhitiga moslashadi. rN yoki uning tarkibi organizm uchun qulay bо‘lmasa, unda lagfaza uzoq davom etadi. Bulardan tashkari, bakteriyalar hujayrasn bо‘linishga tayyor bо‘lmasligi eski zapas oziq moddalar yetarli bо‘lmasligi, energiya yetishmasligi natnjasida ham lagfaza davrn chо‘zilib ketadi. Qulay sharoitda lagfaza juda tez о‘tadi:
1. Lagfaza davrida hujayralarda nuklein kislotalar miqdori kо‘payadi, bu esa kо‘plab oqsiya siptezlanishiga olib keladi. Hujayralar suvga tо‘yinadi, fermentlarning aktivligi ortadi, buni I. L. Rabotkova va boshkalar (1959) aniqlaganlar.
2. Lagfazadan sо‘ng ekspotensial faza boshlanadi, bu fazada xali moddalar almashinuvida zaharli moddalar hosil bо‘lmagan bо‘lib, bakteriyalar tezlik bilan kо‘payadi.
3. Usishni sekinlashtiruvchi faza. Bu fazada endi oziq moddalar kamayadi va moddalar almashinuvi natijasida zaharli moddalar tо‘planadi, bu esa hujayralarning kо‘payishiga tо‘skinlik kila boshlaydi va hatto hujayralar nobud bо‘ladi.
4. Statsionar faza. Bu fazada yangi hosil bо‘layotgan va nobud bо‘layotgan hujayralar soni teng bо‘ladi.
5. Hujayralarning nobud bо‘lish fazasi. Bu fazada fermentlar nobud bо‘lgan hujayralarni eritib yuboradi.
V. N. Shaposhnikov bijgish protsessi ikki fazadan iboratligini kursatadi. Birinchi fazada mikroorganizmlar soni kо‘payadi, ikkinchi fazada moddalar almashinuvi mahsulotlari kо‘payadi va substratda foydali maxsulotlar tо‘planadi.
Bakteriyalarning rivojlanishi. Bakteriyalaoning rivojlanish da bir necha boskich kuzatish mumkin. Masalan, pichan batsillasi — Vas. subtilis yosh vaqtida peretrixi tipda bо‘lsa, keyin xivchinlaripi tashlab, tez kо‘paya boshlaydi va uzun zanjirga aylanadi. Zanjkrdagi hujayralar koloniyasini shilimshiq «zoogleya» о‘rab turadi. Sо‘ngra xar bir hujanra ichida sporalar hospl bо‘la boshlaydi. Keyin hujayra pо‘sti eriydi va sporalar ochilib qoladi. Spora qulay sharoitga tushib qolsa, qaytadan harakatchan batsilla о‘sib chiqadi. Bundan tashqari, rivojlanish shaklini Vas. acetoethylius va ipsimon bakteriya — Sladotrix dichotoma da ham kuzatish mumkin.
Bakteriyalarda spora hosil bо‘lishi. Ba’zi bir mikroorganizmlar noqulay sharoitda vaqtincha tinim davriga о‘tadi, ya’ni spora hosil kiladi. Spora endogen usulda hosil bо‘lsa, u vegetativ hujayra ichida yetiladi. Masalan, oziq yetishmasa, turli tuman toksik moddalar hosil bо‘lsa yoki namlik yetishmasa va boshqa noqulay sharoitda ana shunday holat yuz beradi. Yetilgan sporalarda moddalar almashinuvi juda sekin boradi, lekin qulay sharoit mavjud bо‘lishi bilan sporadan vegetativ hujayra о‘sib chiqadi.
Spora bakteriya hujayrasining bir uchida hosil bо‘lsa, plektradial tip (bunda hujayra baraban tayoqchasiga о‘xshab qoladi), agar о‘rtasida hosil bо‘lsa, klostradial tip (hujayra duksimon shaklda bо‘ladi), tayoqcha shaklida bо‘lsa, batsillyar tip deb ataladi. Spora hosil bо‘lishida bir kancha о‘zgarishlar rо‘y beradi, avval nukleotidlar morfologiyasi о‘zgarib, yumaloq tanachalarga aylanadi, keynn bir nechta nukleotid tutashib ketadi. Protoplazmaning bunday xolati prospora deyiladi. Spora elektron mikroskopda kо‘rilganda, uiing hosil bо‘lishi quyidagicha bо‘ladi (II tablitsa).
1) eng avval xromatin ipchalari bir yerga yig‘ilishi;
2) sporani ajratuvchi tо‘siq (septa) hosil bulishi;
3) ona hujayraning protoplastins septa о‘rab olishi;
4) korteksning shakllanishi, ya’ni prosporaning ikki qavat membrana bilan о‘ralishn;
5) spora qavatlarnning shakllanishi;
6) ona hujayraning erib ketishi va ichidan yetilgan spora ajralib chiqishi aniqlangan.
Spora qulay sharoitga tushib qolsa, uning ichiga suv kiradi va u kattalashib tana ekzina qavati yoriladi va ichidan intina bilan о‘ralgan bakteriya hujayrasi chiqadi. Bakteriyalarning о‘sishi uchun fermentlarni aktivlashtiruvchi L — alanin, glyukoza va Mp++ ionlari zarur. 15—60 minut ichida temperatura 65°S ga kо‘tarilsa, muxitning pH optimum darajada bulsa, spora tez о‘sib chiqadi.
Sporalar qutbli yoki ekvatorial usulda о‘sib chiqadi.