O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRLARINI HISOBLASH
BO‘YICHA ISHGA KO‘RSATMA
Elektr zanjiralari uchun quyidagilarni bajaring:
Barcha tugun va kоnturlar uchun Kirxgofning qonunlari asosida tenglamalar tuzing.
Sxemadagi “a”, “b” va “с” tugunlar orasida uchburchak usulida ulangan qarshiliklarni yulduzcha usulida ulangan qarshilklarga almashtiring.
Berilgan elektr sxemasi uchun barcha tarmoqlaridagi toklarni quyidagi hisoblash usullari yordamida aniqlang:
a) kontur toklar usuli;
b) ustlash (almashtirish) usuli;
c) ikki tugun (tugun potensial) usuli.
Ekvivalent generator (yoki aktiv ikki qutblilik) usulini qo‘llab, biror qarshilikdagi tokni (o‘qituvchi ko‘rsatgan) aniqlang.
Aniqlangan toklarni va kuchalnishlar pasayishini Kirxgofning Ι va ΙΙ qonunlari asosida tekshirib ko‘ring.
Barcha qarshiliklardagi kuchlanishlar pasayishini va butun sxema uchun quvvat muvozanatini aniqlang.
Toklar va kuchlanishlarning vektor diagrammasini, shuningdek, ikkala E.Yu.K manbasini o‘z ichiga oluvchi kontur uchun vektor diagrammani quring. Bunda sxemadagi biror nuqtaning potensialini nolga teng deb oling.
VARIANT TANLASHGA KO‘RSATMA
O‘qituvchi har bir talabaga topshiriqni kasr shaklida beradi
(masalan, 1/15, 3/10, 12/7 va h.k.), buning surati variant nomerini,
mahraji esa rasm nomerini bildiradi, shuningdek energiya manbalarining qiymati va elektr zanjirning parametrlari variant nomeri bo‘yicha tanlanadi. 1-jadvalda qarshiliklarning qiymati, E.Yu.K., toklar manbai, variant nomeri va rasmlarning nomeri berilgan.
Familyalari A-E harflari bilan boshlanuvchi talabalar uchun nol potensial qilib “a” tugun olinadi, J-M harflar bilan boshlanuvchilar uchun “b”, N-T harflar bilan boshlanuvchilar uchun “c”, U-Ya harflar bilan boshlanuvchilar uchun “d” tugun olinadi.
Berilgan uy ishini tekshirishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
Barcha asosiy yechish hollari iloji boricha aniq va ravshan tushuntirish kerak.
Uyga berilgan topshiriq talabalarning katak daftariga siyoh bilan yozilib, daftar chetida taqriz uchun joy qoldirishi kerak.
Barcha grafiklar millimertli qog’ozga chizilib, kattaliklar masshtabda ko‘rsatilishi kerak.
Barcha katkalarni aniqlashdagi hisob avval umumiy holda, so‘ngra olingan formulalarga son qiymatlarini qo‘yib va nihoyat olingan natijaviy qiymatlarning o‘lchov birliklarini qo‘ygan holda bajariladi. Har bir hisoblash bosqichiga aniq izoh berib masalani yechish kerak.
Ishning bajarilishida iloji boricha barcha algebraik va arifmetik hisoblashlar berilsin.
Dostları ilə paylaş: |