2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minlash Maktabgacha ta’lim ishini metodik jihatdan to’g’ri rejalashtirish, maqsadida yillik reja tuziladi. Bolalar muassasasining yillik rejasi davlatimizning xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim sohasidagi qarorlariga hamda xalq ta’limining dasturiymetodik hujjatlariga muvofiq ravishda tuziladi.
Yillik reja maktabgacha ta’lim muassasasining istiqbol faoliyatini aks ettiruvchi asosiy hujjatidir. Unda pedagog va xizmat qiluvchi xodimlarning ishlarini tashkil etish masalalari aniqlanadi. Yillik reja tuzishda bog’chaning hamma jamoasi ishtirok etadi.
Yillik reja har biro’quv yiliga sentabrdan-sentabrgacha tu-ziladi. Rejani kasaba uyushmasi qo’mitasi va kamolot tashkiloti, ota-onalar qo’mitasi maktab bilan kelishilgan holda rejalashtiriladi. Yillik rejaning kirish qismidao’tgano’quv yilining qisqacha tahlili beriladi, muassasaning holati to’g’risida tushuncha beriladi. Har bir bo’lim alohida tahlil qilinadi, qanday ishlar bajarilganligi, yo’l qo’yilgan kamchiliklarning sababi, nimalarga erishilganligi batafsil muhokama qilinadi.
II-qismida yangio’quv yiliga vazifalar qabul qilinadi, vazifalar qabul qilishda maktabgacha ta'lim muassasasining ishini hamda pedagogik jamoaning ishlash qobiliyatlarini, har bir pedagogning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olib, aniq to’g’ri rejalashtiriladi.
III-qismda yil davomidao’tkaziladigan tashkiliy ishlar rejalashtirilib, bular «MTM ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishiga, belgilangan vazifalarning aniq bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Yillik rejadagi asosiy tashkiliy ishlar:
—pedagogik jamoaning g’oyaviy-siyosiy hamda pedagogik ongini oshirish; metodik ongnio’stirish; ilg’or tajribalarni, pedagogik tajribani almashinish; turli faoliyatlarni nazorat qilish va muhokama qilish, metodik kabinetni jihozlash, dastur talablarining bajarilishini nazorat qilish, ota-onalar bilan ishlash (umumiy va guruh bo’yicha ota-onalar majlislari, ma'ruza va maslahatlar, ko’rgazmali tashviqot ishlari);
—ma'muriy-xo’jalik faoliyat (bino remonti, mebellar va boshqa atributlarni remont qilish, ko’chatlar ekish, sport maydon-chasi, fizkultura jihozlarini sotib olish, bolalar hayotini saq-lash va muhofaza qilish ishlari);
—xizmat qiluvchi xodimlarning g’oyaviy-siyosiy ongini, islilash malakalarini oshirish.
Ishlarni, vazifalarni yil davomiga bir tckis taqsimlash, ish baja-ruvchi shaxslar, muddati, hajmi belgilanadi. Muassasaning har bir xodimi biror bir ma'ruza, tashkiliy ishlar bilan qatnashishi kerak. Bu jamoada ishchan iqlimni shakllantiradi, ishni sermazmun qiladi.
Yillik rejada kasaba uyushmasi qo’mitasi, ota-onalar qo’mitasi, tibbiy xodimlarning (bog’cha shifokori va hamshiraning) yillik rejalari aks etadi, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, maktab bilan bog’chaning aloqasi rejalashtiriladi. Pedagog xodimlarning malaka oshirish rejasi ham yillik rejada aks etadi.
Yillik reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi hamda jamoa tomonidan ko’rib chiqiladi va yuqori maorif organlari (tuman xalq ta'Iimi bo’limlari, shahar xalq ta'Iimi bo’limlari, viloyat xalq ta'limi bo’limlari va h.k.)ning maktabgacha ta'lim nazoratchi-me-todist tomonidan tasdiqlanadi. Yillik reja xodimlarning foydala-nishlari uchun qulay bo’lgan joyda saqlanadi. Yillik rcja barcha vazifalarini bajarishda muassasaning hamma xodimlari javobgardirlar.
Mudira quyidagi shaklda metodik ishlarga rahbarlik qiladi:
•pedagogik kengash;
•seminar, seminar mashg’uloti;
•tibbiy-metodik pedagogik kengash;
•ochiq tadbirlarni tashkil etish;
•yakkama-yakka ishlash;
•jamoa tariqasida maslahat.
•Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'hrn-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko’rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg’or tajriba minbaridir.
•Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
•Pedagogik kengashga bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo’llarini izlash, muassasa ish tajribasiga pedagogika fanining yutuqlari va ilg’or pedagoglar tajribasini joriy qilish, tarbiyachilarning pedagoglik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi.
•Pedagogik kengash Xalq ta'limi vazirligi, Xalq ta'Iimi bo’-limlarining maktabgacha ta'lim bo’yicha buyruq, instruksiya, ni-zom va boshqa me'yoriy hujjatlarini; maktabgacha muassasaning yillik ish rejasini; bolalar sog’lig’ini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhi bo’yicha «Maktabgacha ta'Iim muassasasida ta'Iim-tarbiya dasturi»ning sifatli bajarilishi jarayonini; ish tajribasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilaming ilg’or tajriba-larini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berish-ning aktual masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
•Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnash-chilarni qiziqtiruvchi mavzularning kengligini, aktualligini ta'-minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo’ladi.
•Pedagogik kengash tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar, mu-siqa rahbari, maktabgacha muassasaga xizmat ko’rsatuvchi shi-fokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi qo’mitasining raisi, ota-onalar qo’mitasining raisi kiradi. Kengash yig’ilishiga jamoat tash-kilotlarining vakillari, maktablar o’qituvchilari, maktabgacha muassasada tarbiyalanuvchilarning ota-onalari taklif etilishi mumkin.
•Pedagoglar pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan va maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan reja bo’-yicha ishlaydilar. Pedagogik kengash ishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi muhokamasiga qo’yilgan masala qan-chalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’Iiq bo’ladi.
•Pedagogik kengashning yig’ilishi ikki oyda bir marta chaqi-riladi, zaruriyat tug’ilganda navbatdan tashqari yig’ilish chaqiri-lishi mumkin. Muhokamaga ko’pi bilan 2—3 masala qo’yiladi, pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtdao’tkaziladi. Pedagogik kengash qarorining loyihasini ma'ruzachi (bolalar bog’chasining mudirasi yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi.
•Seminarlar pedagoglarning nazariy, metodik bilimlarini, mu-taxassislik, malakasini oshirishning keng tarqalgan shakli bo’lib,o’qituvchilar malakasini oshirish instituti va metodik kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi. •Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika bo’-yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb masalalarini hal etishdir. Seminaro’quv tema-tika rejasi 1 yilga mo’'ljallangan bo’lib, shahar, tumanda seminar oyda 1—2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat va respublikada esa 5—12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
•Seminarlar ish sifatini yaxshilash maqsadida ilmiy tekshirish instituti tomonidano’quv tematikasining rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan.
•Seminaro’quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va mudira tarbiyachilar bilan birgalikda tanlaydi, pedagogik kengash uni tas-diqlaydi, bu yillik rejada aks etadi, so’ngra metodist faol tarbiya-chilar bilan birgalikda seminar ishining aniq rejasini ishlab chiqadi.
•Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan-yilga takrorlanmasligi kerak. Bu seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi. Har bir seminarda quruq nazariyachilikka yo’l qo’ymay,o’rganilayotgan materialni hayot bilan bog’Iash kerak.
•Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi. Seminar mavzulari taxminan shunday bo’lishi mumkin:
•1. Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr vrach yoki psixolog olib boradi).
•2. Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish.
•3. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash.
•4. Tarbiyachining bolalar bilano’zaro munosabatlari va h.k.
•Seminar mashg’ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarinio’stiruvchi ish shakli bo’lib, bunda: bolalar loy, applikatsiya, qurish-yasash, badiiyo’qish, ashula aytish, raqsga tushish va boshqa ishlarni amalga oshiradilar. Ular mutaxassis yordamida amaliy ji-hatdan saviyalarinio’stirib boradilar. Seminar mashg’ulotlariga mudira, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi. Seminar mashg’uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi.
•Tarbiyachilarning bilimlarini boyitish maqsadida yangi metodik va pedagogik adabiyotlar, sohaga oid jurnaldagi maqolalaro’rga-nilib, muhokama qilinadi. Maktabgacha ta'lim xodimlarning dunyo-qarashlarini kengaytirish maqsadida esa shahar va tumanning diq-qatga sazovor yodkorliklarigao’quv ekskursiyalari tashkil etiladi. Bir yilda 3—4 martao’quv ekskursiyalar tashkil etiladi. Muzeylarga ekskursiya tashkil etilsa yanada yaxshi, chunki bundan olingan taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi.
•Vaziyat tug’ilganda metodist tomonidan yakkama-yakka maslahatlaro’tkaziladi. Uzoqjoylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi.
•Jamoa maslahati 1 oyda 1 martao’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi,o’tkazish muddatini belgilab tuman shartsharoitidan kelib chiqilgan holdao’tkaziladi.
•Tarbiyachilarning g’oyaviy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va ishlash malakalarinio’stirish uchun turli mavzular bo’yicha ma'ruzalaro’tkaziladi. Bular siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin.
•Maktabgacha ta'lim xodimlariningo’z ustida ishlashlari g’oya-viy-siyosiy saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan usuldir. Metodik ishlarni jamoa ish shakli bilan birgalikda olib borilsa, bilim manbayi boyib boradi.Yillik rejada maktabgacha ta'lim bo’yicha ayrim nazariy ma-salalarni, maktabgacha ta'lim dasturini, dasturiy-metodik mate riallarnio’rganish rejalaslitiriladi.o’z ustida ishlashda faqatginao’r-ganiladigan mavzular cmas, balki undagi asosiy savollar, masalalaro’rganiladi adabiyotlar ko’rsatiladi.
•Mudira kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar bilano’z ustilarida ishlashni qanday tashkil etishi yuzasidan suh-batlashishi, yordam ko’rsatishi shart.
•Bu tadbirlarning tizimli, aniq reja asosida olib borilishi goyat muhimdir. Tashkiliy-pcdagogik vazifalarni amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit. kerakli materiallar, bajaruvchi — javobgar shaxslar, ularni hisobga olib borisho’quv yilining boshida bel-gilanadi, buni mudira doimo nazorat qilib boradi.
•Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar qo’mitasining raisi belgilanadi.
•Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo’I qo’yilayotgan kamchiliklar joyida hal etiladi. Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar.
•Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka suhbatlar tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va bog’cha mu-dirasi masalalarni ilmiy asoslangan holga hal etmog’i lozim. Maslahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa guruhlarda «ko’chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
•Maktabgacha ta'Iim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda — kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tar-biyasiga oid kitoblar otaonalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi.
•Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu otaonalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yon-doshishga yordam beradi.
Xulosa Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlar boshqaruv o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradilar: “Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir”. Ta’lim menejmentida boshqaruvning quyidagi turlari mavjud.