davlat metrologiya tekshiruvi vanazoratini amalga oshirish; metrologiya masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatningboshqa boshqaruvorganlari bilanhamkorlikda qabul qilish; (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagixatboshi) metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash; O’zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratniamalgaoshirish; metrologiya masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashishkiradi; O’zbekiston Respublikasining o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o’lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o’lchovlar tizimlari bilanuyg’unlashuvini ta’minlash; (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi) iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog’lig’i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini noto’g’ri o’lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir choratadbirlarniamalga oshirish. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 4-1-modda. O’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlar O’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O’zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazishni"O’zstandart"agentligi amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini