O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
2
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Sotsiolingvistika
|
20 soat ma’ruza, 40 soat amaliy
|
60
|
120
|
|
|
Jami: 60 soat
|
Jami: 60
|
Jami: 120 soat
|
I. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
"Sotsiolingvistika" fanini o‘qitishdan maqsad hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligida antroposentrik qarashlarning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan til va jamiyat, jamiyatning rivojlanishida tilning o‘rni, tilning funksional tasniflari, shaxsning muloqot odobi kabi tushunchalarni talabalar ongiga singdirishdir.
Talabalardan sotsiolingvistikaning quyidagi tayanch tushunchalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish talab etiladi. Talaba:
sotsiolingvistikaning tilshunoslik yo‘nalishlaridan farqi, uning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi; O‘zbekistonda sotsiolingvistik tadqiqotlar olib borishning zaruriyati; til va jamiyat, til va mafkura, til va tafakkur, til va xalq, til va yosh, til va jins, shuningdek, tilning falsafiy xususiyatlari;tilning hayotiy ko‘rinishlari, uning adabiy va noadabiy shakllari, jonli so‘zlashuv, hududiy va ijtimoiy ko‘rinishlari; tilning ijtimoiy kommunikativ (aloqa-aralashuv) tizimi, uning qismlari, ikki tillilik va diglossiya (bir tilning ikki shaklidan foydalanish); ikki tillilikning sotsial asoslari; til taraqqiyotining ijtimoiy shakllanganligi: urug‘- qabila, xalq, millat tillari, millatlararo tillar, oraliq (vositachi) tillar, koyne (umumtil); so‘zlovchining ijtimoiy belgilariga (yoshiga, bilimiga, vazifasiga) ko‘ra nutqning ko‘p variantliligi; xalqaro vosita tillar muammosi. Esperanto va boshqa sun’iy tillar, ularning qo‘llanilish doirasi; badiiy tilning estetik vositalari; dialektizmlarning ijtimoiy mohiyati, jargon, kasb-hunar so‘zlarining sotsial chegaralangan qatlam sifatidagi mohiyati; dialogik diskursning muloqot birligi ekanligi; dialogik diskursdagi kommunikativ intensiya (kommunikativ maqsad, kommunikativ mo‘ljal) muammosi; muloqotda ichki va tashqi ta’sir birliklarining o‘rni; diskursda nolisoniy vositalarni qo‘llashning ahamiyati; diskurs komponentlari (adresat – adresant, referent – kod, pragmatik vaziyat); dialogik diskursning fazalari – boshlanishi, davom etishi va yakuni masalalari mohiyatini bilishi;
-ijtimoiy munosabatlarda tilning tutgan o‘rnini, til taraqqiyotini va tilning funksional jihatlarini hamda jamiyatning tilga, tilning jamiyatga ta’siri masalalarini tahlil qilish, nutq vaziyatlarini to‘g‘ri baholash ko‘nikmalariga;
-"Sotsiolingvistika va diskurs"ning tilshunoslikka oid nazariy va amaliy masalalarini hal qilishdagi ahamiyatini asoslash, til va muloqot madaniyati masalalarini hal qila olish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |