Jizzax
,
2016. – B. 29.
53
284-mashqni o‘quvchilarga tushuntirishda faqat qoida bo‘yicha emas,balki
o‘quvchining boshqa tomonlarini ham hisobga olgan holda amalga oshirishimiz
kera. Masalan: bu mashqimizda juftliklarni o‘qing va ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar
qanday ma’nolarda qo‘llanganini tushuntiring. Biz “MUNOSABAT” metodimiz
orqali o‘quvchilarning imloviy savodxonligini ham tekshiramiz. Bu metodda bitta
so‘z berilib, guruhlar shu so‘zga munosabat bildiradi,gapda qo‘llangan so‘zdan
oldin yoki keyin qo‘yilgan tinish belgilarni ham tushuntirib o‘tadi
1. Chamasi.......
1. Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim. (Mirmuhsin) Ehtimol, bu onasidan yagona
esdalik. 2. Chamasi, hammasining og‘zi tekkan ekan o‘sha go‘shtga.
Gulchehraning chamasi to‘g‘ri chiqdi. 3. Onajonim,balki, bir kun Men ham shoir
bo‘larman. (A. Oripov) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday
muomalada bo‘lar edi. 4. Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan.
Uning «ko‘cha bolasi» ekanini aftidan bilib olish qiyin emas edi.
285-mashq.Avval sof, keyin vazifadosh modal so‘zlar qatnashgan gaplarni
ko‘chiring. O‘quvchilarga bu mashqni bajartirishda “
Baliq ovi
” o‘yinidan
foydalanamiz. Doskaga ikkita tomoniga akvarium va o‘rtasiga dengiz rasmi
tushiriladi. Dengizda baliqlar bo‘ladi ya’ni savollar baliq shaklidagi doskaga
yopishtirishga qulay qog‘ozga yozib tayyor holida olib kelinadi va o‘quvchi
dengizdagi baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi.
Javob to‘g‘ri bo‘lsa baliqni akvariumlardan biriga soladi, noto‘g‘ri bo‘lsa
54
dengizga
qo‘yib
yuboradi.
1. Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir.
(«Gulxan»dan) 2. Xullas, shunday edi olam va ishlar Seni tanimagan paytlar.
(Asqad Muxtor) 3. Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi.
(Mirmuhsin) 4. Me’morning xayol surib giyohvandlardek qotib qolganini ko‘rgan
Xorunbek ... bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o‘ylardi. (Mirmuhsin) 5.
Uning oldida bakni qaynatishyapti, shekilli, bak karnayidan qizil alanga chiqib
qolardi. (Sh. Xolmirzayev) 6. Amakimning farzandi bo‘lmagani uchun otam meni
amakimga o‘g‘il qilib bergan. Bu, taxminan, 3–4 yoshlarimda bo‘lsa kerak. (S.
Dolimov)
Bugungi kunda og‘zaki va yozma nutqni shakillantirish bilan birga eshtib
yozish, tasavvur doirasini kengaytirish maqsadida audo,vidio materiallardan ham
foydalanishmiz, darsning tushunarli va qiziq bo‘lib o‘tishiga yordamlashadi.
Quyidagi 286-mashqda berilgan modal so‘zlar qatnashgan biron bir badiiy asardan
parcha o‘qib eshittiriladi. So‘zlar ichidan modal so‘zlarni ajratib,ularni sof yoki
vazifadoshligini tushuntirib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
• sof modal so'z
Akvarium
• vazifadosh modal
so'z
Akvarium
55
Ammo, hamisha, avvalo, so‘ng, afsus, shubhasiz, noiloj, albatta, taxminan, balki,
ehtimol, biroq, birdan, aftidan, masalan, darhaqiqat.
31
Dostları ilə paylaş: |