O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,57 Mb.
#206766
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi

 Darsni mustahkamlash
: Dars yanada qiziqarli, o‘quvchilar faolligi yuqori 
bo‘lishi uchun mavzu doirasidagi turli boshqotirma va diagrammalr, qiziqarli 
o‘yinlar orqali dars o‘tish,darsning sifatini oshirishga yordam beradi yechishni 
tavsiya etish mumkin. O‘quvchilar uchun mashqlarni diagrammalarga joylashtirish 
qiziqarli vazifa bo‘lib xizmat qiladi. 
3.Yakuniy bosqich: 10 daqiqa 
Dars yakunida guruhdagi barcha o‘quvchilar baholanadi va darsdagi 
ishtirokiga qarab rag‘batlantiriladi. Uyga vazifa sifatida darslikdagi 
372-mashqni 
bajarib kelish topshiriladi. Unga qo‘shimcha sifatida “Bugungi kunda zamon
talabi” mavzusida insho yozish kelish beriladi. 
Baholash metodlari
: guruhni rag‘batlantiruvchi va jarima kartochkalari 
bilan, faol ishtirok etgan guruh a’zosini esa individual tarzda reyting ko‘rsatkichi 
bilan baholash.
32
Baholash mezoni 
Baholar 




Darsda 
faol 
qatnashsa, savollarga 
to`liq javob bersa, 
mantiqiy fikrlay olsa, 
mashqlarni 
bexato 
bajarsa. 
Darsda 
faol 
qatnashsa, 
lekin 
savollarga 
javob 
to`liq 
bo`lmasa, 
mashqlarda 
juz`iy 
xatolari bo`lsa. 
Darsda 
sust 
qatnashsa, 
qisman 
ma`lumot 
bersa, 
mashqlarda 
qo`pol 
xatolarga 
yo`l 
qo`ysa. 
Darsda 
sust 
qatnashsa, umuman 
javob 
bermasa, 
mashqlarni 
bajarmasa. 
Uyga vazifa: 
372-mashq.
O`quv mashg`ulotida ta’lim texnologiyasining loyihasi 
Vaqt: 80 daqiqa 
Talabalar soni: 30 nafar 
32
www.entt.uz 


59 
O‘quv mashg‘ulotining 
shakli va turi
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo`yicha mashg`ulot 
Amaliy-bilimlarni mashqlar orqali mustahkamlash 
O‘quv mashg‘ulot rejasi: 
1. Undov so‘z haqida ma’lumot. 
2. Undovlarning ma’no turlari. 
3. Uvdovlarning uslubiy xususiyatlari.
4. Тaqlid so‘zlar haqida ma’lumot.
5. Тaqlid so‘zlarning ma’no turlari.
6. Тaqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlari. 
7. Modal so‘zlar haqida ma’lumot.
8. Modal so‘zlar tasnifi.
9. Modal so‘zlarning uslubiy xususiyatlari. 
O‘quv mashg‘ulotining 
maqsadi:
O`quvchilarning undov, taqlid, modal so‘zlar yuzasidan olgan 
bilimlarini kengaytirish. Undov, taqlid, modal so‘zlardan 
nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
Pedagogik vazifalar: 
Undov so‘z haqida ma’lumot beradi. 
Undovlarning ma’no turlarini tushuntiradi. 
Uvdovlarning 
uslubiy 
xususiyatlarini 
uqtiradi. 
Тaqlid so‘zlar haqida ma’lumot beradi. 
Тaqlid so‘zlarning ma’no turlari farqlaydi. 
Тaqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlari 
izohlab beradi. 
O‘quv faoliyati natijalari

Undov so‘z haqida ma’lumot oladilar. 
Undovlarning ma’no turlari tushunadilar. 
Uvdovlarning uslubiy xususiyatlari uqadilar. 
Тaqlid so‘zlar haqida ma’lumot qabul 
qiladilar. 
Тaqlid so‘zlarning ma’no turlari farqlaydilar. 
Тaqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlari 
to`laqonli anglaydilar. 
O`qitish metodlari 
Ma’ruza, Aqliy hujum, Klaster,”Baliq skleti”, “Ustunchalar”
 
O`qitish vositalari 
Ma'ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar 
O`quv faoliyatini tashkil 
etish shakllari
Jamoaviy tarzda
O`qitish shart-sharoiti 
Texnik vositalardan foydalanishga mo`ljallangan auditoriya 
Qaytar aloqaning usul va 
Og‘zaki nazorat: tezkor-so‘rov. Yozma mashqlar. 


60 
vositalari 
His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirish ma’nolarini ifodalaydigan 
so‘zlarga undov so‘zlar deyiladi. 
Undov so‘zlar ham xuddi modal so‘zlar kabi qo‘shimchalar olib o‘zgarmaydi. 
Masalan, 
hoy
so‘zi kelishik, egalik qo‘shimchalari olmaydi. Unga yasovchi 
qo‘shimchalar qo‘shilib yangi so‘z yasalmaydi. 
Ayrim undov so‘zlar otlashganda, ya’ni ot vazifasida qo‘llanganda, egalik 
qo‘shimchasini olishi mumkin. Masalan, 
Ohi olamni tutdi
. Bu o‘rinda 
ohi
nimasi 
so‘rog‘iga javob bo‘lib, 
oh
deyishning, 
nola 
qilishning nomini bildirib kelyapti. 
Undovlar ma’no jihatdan ikki turli bo‘ladi: 
1. His-hayajon undovlari. 2. Buyruq-xitob undovlari. 
Undovlar boshqa so‘zlar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ba’zan kishilarning 
undov so‘zlar orqali ifodalagan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirlash uchun undov 
so‘zlarga 
demoq, solmoq, urmoq, tortmoq
singari fe’llar qo‘shilib keladi va qo‘shma 
fe’llar hosil bo‘ladi: 
voy demoq, dod solmoq, oh urmoq, oh tortmoq, pisht demoq
kabi. 
Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir 
undov so‘z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma’nolarni ifodalashi mumkin. 
Masalan, 
Hay-hay, qanday mazali(rohatlanish, zavqlanish); Hay-hay, tegma 
(buyurish); Hay-hay, yigitlar bu yoqqa! (undash, ta’kidlash); Hay-hay, shakkoklik 
qilmang (fikrdan qaytarish)
va boshq. 
Nutq jarayonida so‘zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan undovlardan 
foydalanish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, o‘zidan katta yoshdagilarga 
murojaat qilinganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo‘l ostida 
ishlayotgan shaxslar hoy deb murojaat etmaydi yoki 
balli 
undovi kattalar tomonidan 
kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini 
baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan 
bunday undov orqali baho berilmaydi. 
Shuningdek, undovlar og‘zaki so‘zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng 
qo‘llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo‘llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xat janrida, 
ma’lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o‘zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda, 


61 
undovlar qo‘llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo‘llanilmaydi. 
Sababi rasmiy doiralarning xatlari har qanday ehtiroslardan xoli bo‘ladi. 
Тabiatda insondan tashqari juda ko‘plab tirik jonzotlar yashaydi. Ularda ham 
o‘ziga xos nutq apparati mavjud. Mana shu nutq apparati yordamida ular turli-tuman 
ovoz chiqaradilar. Itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, tovuqning qaqolashi 
hech birimizga yot emas. Bundan tashqari, tevarak-atrofimizda beadad voqea va 
hodisalar sodir bo‘lib turadi: narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil 
ovozlar hosil bo‘ladi. Inson o‘z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqlid qilishga 
urinadi. Тilshunoslikda bunday ovozlar taqlid so‘zlar atamasi bilan yuritiladi. 
Тaqlid so‘zlar ikkiga bo‘linadi. 
a) tovushga taqlid so‘zlar: 
taraq, gumbur-gumbur, shov- shuv, duv-duv, qars-qars, 
tap, sharaq, shalop, shitir-shitir
va hokazo... 
b) obrazga yoki holatga taqlid so‘zlar: 
liр-liр, jimir- jimir, yalt-yult, lapang-lapang, 
dik-dik
kabi 
Тaqlid so‘zlar egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan 
vazifalarda keladi. Masalan, 
Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning 
shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi

Тaqlid so‘zlarning barchasidan fe’l yasaladi: 
shovullamoq, gumburlamoq, 
dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq
kabi.
33
33
Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. Akadеmik litsеylarning 2-bosqich talabalari uchun darslik. – Toshkent: Хalq mеrosi, 
2013. – B. 259. 


62 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin