toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi
Axborot manbalari va texnik vositalari : Darslik, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari,
plakatlar, tarqatma material, kompyuter va proektor vositasida slaydlar namoyishi.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar
quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. Undov so‘zlar va ularning ma’no turlarini ajrata olishadi.
2. Taqlid so‘zlar va uning turlari haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladi.
3. Taqlid so‘zlar va ularning ma’nolari, turlari haqida ma’lumotga ega
bo‘ladi.
4. Undov taqlid modal so‘zlarni yozma nutqda foydalanishda imloviy va
tinish belgilarini joy-joyida qo‘llay olishni o‘rganishadi.
Ta’lim metodlari: Kichik guruhlar bilan ishlash metodi, “Venn diagrammasi” ,
“Kim nimani biladi”metodi.
Yangi mavzuning bayoni (2-ilova): Yangi mavzuni o‘rganish
“Qani kim nimani biladi” o‘yini bilan boshlanadi. Guruh o‘quvchilari uch guruhga bilinib, har bir
guruhdan doskaga uchta o‘quvchi chiqib, undov, taqlid, modal so‘zlar haqidagi
ma’lumotlar yozilgan tarqatma materialni olib nuqtalar o‘rniga kerakli jumlani
qo‘yib o‘qishi kerak. Keyingi ishtirokchilar raqib jamoa o‘quvchisiga ma’lumotni
o‘qib beradi,raqib jamoa o‘quvchisi nuqtalar o‘rniga so‘zlarni qo‘yadi. Musobaqa
so‘ngida g‘olib jamo aniqlanadi.
Tarqatma materiallar quyidagicha:
Undovlarning ma’no turlari……………….
Тaqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlari…………….
Modal so‘zlar…………...
G‘olib bo‘lgan ikkala guruh shartni qolgan qismini bajaradi. Keyingi
shartimizdagi qo‘llagan metodimiz
“Qani o‘ylang”
metodi bo‘lib ,bu shartda guruh
a’zolari berilgan so‘zlarni imo-ishoralar orqali ko‘rsatib beradi.
voy demoq dod solmoq oh tortmoq pisht demoq qanday mazali (rohatlanish, zavqlanish); yaltillamoq , hormang,