O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,57 Mb.
#206766
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi

“Kim g‘olib?”
o‘yini. Ushbu o‘yin o‘quvchilarni o‘tilgan mavzu yuzasidan 
olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga undaydi. Asosiysi, o‘quvchilar ham 
g‘oliblik uchun ko‘proq bilim olish uchun kurashadilar,dars davomida bu metodni
qo‘llash uchun guruhni, guruh ichida kichik guruhlarga bo‘lib nomlaydi. Ularga 
o‘tilgan mavzu yuzasidan ketma-ket ma’lumot beriladi va o‘quvchilar quyidagi 
berilgan metodlardan biriga qo‘yib tushuntirib beradi. Qaysi guruh a’zolari mavzu 
yuzasidan ko‘proq va mazmunli ma’lumotlarni tushuntirib bersa, o‘sha guruh 
g‘olib guruh hisoblanadi. 
Baholar 




6 ta o‘uvchi 
12 ta o‘quvchi 
10 ta o‘quvchi 
2 ta o‘quvchi 


67 
Undov
Taqlid
Modal
“Aqliy 
hujum” 
“Klaster” 
“Bayon 
yozdirish” 
“Muammoli 
vaziyat” 
“Bahs-
munozara” 
“Rolli 
o‘yinlar” 
“Blits-
so‘rov” 
“Yo‘naltiruv
chi matn” 
“Tushunch
alar
tahlili” 
“Kichik 
guruhlar 
bilan 
ishlash” 


68 
Rasmlar ketma-ketligi asosida undov, taqlid, modal so‘zlarni qatnashtirib 
“Mening hayot yo‘lim” mavzusida kichik hikoya tuzing.
Baholar 




14 ta o‘uvchi 
10 ta o‘quvchi 
6 ta o‘quvchi 



69 


70 
XULOSA 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Ta’lim –tarbiya va 
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni yetkazish 
to‘g‘risida“gi Farmoni(08.10.1997), “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish - davlat siyisatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Tilshunos olim filologiya fanlari doktori, professor 
Nizomiddin Mahmudov ta’kidlaganiandek, “Ma’naviyatning, xususan, milliy 
ma’naviyatning shakllanishi va kamol topishida ona tili fovqulodda o‘rin tutganligi 
bois, istiqlol davrida ona tili, ona tili ta’limi, til masalalariga alohida e’tibor 
qaratilmoqda.
Ta’lim bosqichlarida morfologiya bo‘limining alohida olingan so‘z 
turkumning o‘qitishda ilmiy-metodik va nazariy asoslarini o‘rganishda metod 
foydalanishga oid amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining, shuningdek, fan 
dasturi va darsliklarining tahlili natijalaridan quyidagi xulosalarni chiqarish 
imkonini berdi:
1. Undov va taqlid, modal so‘zlarni o‘rganish o‘zbek tilini o‘qitishning 
muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Bizga ma’limki, avvaldan tilshunoslar va 
metodist olimlar ta’lim jarayonida morfologiya va uning mavzularini o‘rganishga 
doir qator ilmiy ishlar qilib metodik adabiyotlar yaratishgan. Morfologiya bo‘limi 
ta’limda qator murakkabliklar keltirib chiqayotgan ham bejiz emas. 
Morfologiyaning asosiy muammolaridan biri alohida olingan so‘zlarning, mustaqil 
so‘z turkumlari bilan bir qatorga qo‘yilmasligi masalasidir. Morfologiyada 
mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari, alohida olingan so‘z masalari 
ham o‘rganiladi. 
2. O‘zbek tilining morfologiya bo‘limida mustaqil so‘z turkumiga ham, 
yordamchi so‘z turkumiga ham mansub bo‘lmagan yana bir guruh so‘zlar borki, 


71 
biz ularni alohida olingan so‘zlar deb ataymiz. Bular: undov, taqlid va modal 
so‘zlardir. 
O‘zbek adabiy tili morfologiyani alohida olingan so‘z turkumlarini o‘rganish 
keyingi davrlarda to‘xtab qolmadi, bu yillar davomidan H.Sulaymonov, 
Q.Sapayev, R.Sayfullayeva, Sh.Raxmatullayev kabi olimlar undov va taqlid, 
modal so‘zlarni o‘rganishga doir ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Ona tilini o‘qitish 
sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan Asqarova M, G‘ulomov A, Abdullaev Y
Omilxonova M, Qosimova K, Zahirov , A.Po‘latov, Pardayev A O.Roziqov, 
A.Sayfullaev, O.Yoqubjonova, N.Shukrullayev, Quliyeva Sh, R.Inog‘omova, 
B.Mirzaahmedov, R.Qayumova, A.Ya. Bobomurodova T.G‘aniyev, M.Sobirova, 
Sh.Yusupova, N.Sattorova, T. Yusupova, T.Ziyodova, B. Yo‘ldoshev, 
O.Oxunjonova kabi metodist olimlarning yaratgan tadqiqot ishlari, metodik 
qo‘llanmalari, ilmiy maqolalarida uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida ona tilini 
o‘qitish yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar bayon qilingan. Yuqorida nomlari keltirilgan 
olimlarning ishlaridagi tavsiyalardan bugungi kunda ham maktab, akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari ona tili darslarini tashkil etishda zaruriy qo‘llanma 
sifatidakeng foydalanilmoqda. Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va 
metodikasi fanida undov va taqlid, modal so‘zlarni o‘rganish masalalari metodist-
olimlar 
tomonidan 
chuqur 
o‘rganilgan. 
Ular 
tomonidan 
yaratilgan 
dissertatsiyalarda, monografiyalarda, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarda, 
davriy nashrlarda chop etilgan maqolalarda bu masalaga juda ko‘p marotaba qo‘l 
urilgan. Ularni o‘rganish va tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu bo‘lim 
mavzularini o‘qitish masalasiga nafaqat bugungi kunda, balki, uzoq davrlardan 
buyon dolzarb mavzu sifatida e’tibor qaratilib kelinayotganligini guvohi 
bo‘lamiz, chunki bu bo‘limni o‘rganishda faqat so‘z turkumlari haqida bilim
berishgina emas, balki tilimizning so‘z boyliklari orqali o‘quvchilarning og‘zaki va 
yozma nutqini o‘stirish, ularda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin va ravon bayon 
qila olish malakalarini shakllantirish muammolari ham asosiy masala 
hisoblanadi. Yana shuni takidlash zarurki o‘quvchilarga undov, taqlid, modalni 


72 
o‘rgatishda imloviy va punktuatsion beldilariga e’tibor berilishi nutqning 
go‘zallashishiga olib keladi.. 
3. Tahlilga tortilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan va o‘quv va metodik 
qo‘llanmalarning mazmunidan ham shu narsani bilish mumkinki, zamonaviy 
pedagogik texnologiya asosida aynan “Alohida olingan so‘z turkumi”ni o‘qitishga 
bag‘ishlangan metodik izlanishlar, mustaqil so‘z turkumlarini o‘rganishga
qaraganda kam. 
4. Umumta’lim maktablarining 7-sinf Ona tili darsligidan o‘rin olgan” Undov, 
taqlid, modal so‘zlar” mavzulari va ular uchun ajratilgan o‘quv soatlari
o‘quvchilarga bu bo‘lim yuzasidan yetarlicha bilim berishga, ularda shu mavzlar 
bo‘yich ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkon beradi. Mavzuga oid o‘qitilishi 
lozim bo‘lgan grammatik qoidalar, o‘quvchida bu bo‘lim yuzasidan yetarlicha bilim 
olishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan, o‘quvchining og‘zaki va 
yozma nutqini o‘stirishga, bog‘lanishli nutqini shakllantirishga, ularning so‘z boyligini 
oshirishga, so‘z va uning ma’nolari ustida ishlash ko‘nikmalarini va ularning ma’noviy 
qirralarini anglashga yordam beradi. 
5. Akademik litseylarning II kurs Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv dasturini 
umumta’lim maktablarining Ona tili darsligining uzviy davomi deb aytish 
mumkin, chunki maktab dasturida sof nazariy bilimlar berilishi nazarda tutilgan 
bo‘lsa, akademik litseylarning bu o‘quv dasturida undov, taqlid, modal so‘zlar 
haqida juda sodda ma’lumot va mashqlar ham kam berilgan. 
6. Xulosa shuki, umumta’lim maktablarining Ona tili va akademik 
litseylarning Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv darsliklari “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” aks ettirilgan ta’limning uzviyligi va 
uzluksizligi, nazariya va amaliyotning o‘zaro aloqadorligi tamoyili talablariga mos 
tarzda yaratilgan. Faqat e’tiroz sifatida shuni aytish mumkinki, akademik litsey 
uchun yaratilgan Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsligida asosiy e’tibor undov, taqlid, 
modalning uslubiy xususiyatlariga va ularni mustahkamlash uchun berilgan mashq 
va topshiriqlar uchun tanlangan matnlar hajm jihatidan tnisbatan kichchikroq, 
hamda unda mavzuga aloqador termin-tushunchalarning nisbatan kamligiga 


73 
e’tiborni qaratish zarur. Bu darslikning, ona tili darsligidan farqi shundaki, har bir 
mavzusi reja asosida berilgani va matnlar badiiy asarlardan tanlab olinganligi bu 
darslikning yutug‘i hisoblanadi. 
7. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
yaratilishi sohada ulkan o‘zgarishlar, mazmun jihatidan yangilanishlar amalga 
oshirilishiga turtki berdi. Mazkur me’yoriy hujjatlarda ta’lim-tarbiya tizimida 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tub islohotlar – ta’lim mazmuni, ta’lim-tarbiya 
jarayonini yangilash, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi 
dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Bu esa ta’lim tizimining sifat darajasini 
yangilash, ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish tizimini ham 
takomillashtirishni ham taqozo qiladi. 
8. Bugungi kunda ta’lim jarayonida, har bir fanni o‘quvchilarda o‘rgatish 
davomida darsning jonli va qiziqarli, shu bilan bir qatorda sifatini oshirishda o‘yin-
topshiriqlardan, metod va usullardan foydalanish samarali vosita bo‘lib kelmoqda. 
Dars davomida qollangan har qanday metod o‘quvchilarning yoshi,psixologiyasi, 
ruhiyatini hisobga olgan holda qo‘llanilishi lozim. Bugungi kunda eng ommaviy 
interfaol ta’lim metodlar quyidagilar sanaladi: 
bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlar: “Keys-stadi” (yoki 
“O‘quv 
keyslari”), 
“Blist-so‘rov”, 
“Tezkor 
savol-javob”, 
“Ijodiyish”, 
“Aqliyhujum”, 
“Bumerang”, 
“Yulduzcha”, 
“Galereya”, 
“Zinama-zina”, 
“Muzyorar”, “Yumaloqlangan qor”, “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual 
jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”,
“Klaster yoki tarmoqlanish”, “Kichik guruhlarda ishlash yoki hamkorlik”, 
“Musobaqa”, “Idrok xaritasi”, “FSMU”, “Seminar-trening”, “Mantiq qani?”, 
“Baliq skeleti”, “Qaysi biri ortiqcha?” Ta’lim jarayonida metodlardan foydalanish 
o‘quvchilarni guruhlarda ishlashga o‘rgatadi, ishtirokchilarining faolliklarini 
oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga darsda 
ko‘zlanadigan uch maqsad: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish. Mana shu uch 
maqsadni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar yaqindan yordam beradi. 


74 
Ta’limiy o‘yinlarning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u 
o‘quvchidan tezkorlik, sezgirlik va topqirlikni talab qiladi.
Ayniqsa, bugungi, axborot-texnologiyalar rivojlangan davrda ya’ni internet, 
ijtimoiy saytlardan bolalarni darsga diqqatini qaratish uchun har bir mashq uchun
alohida-alohida metodlar qo‘llash va ular ustida ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. 


75 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin