3
KIRISH
Mavzuni o‘rganilganlik darajasi.
Inson
shaxsining kamol topishida,
tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash
salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi
o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat
tafakkurini shakllantiradi,
rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi.
Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengil-mas kuch” asarida ona
tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash,
milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik
til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi,
ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”
1
. Shu
bois ona tili ta’limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni
isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek
tili va
Adabiyoti Universitetini tashkil qilindi. Umum ta’lim maktablarining ona tili va
akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya”
bo‘limini, shu bilan birga undov, taqlid,modal so‘larini izchil kurs sifatida o‘qitish
juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati
shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z turkumlari haqidagi ta’limot
bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu
uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq
qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga
qaratilgan mashqlar
tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
. Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya
bolimini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan.
T.Ziyodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini
1
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 176.
4
oshirish” mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasini,
2
A.Bobomurodovaning “Ona
tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiyasini
3
asos sifatida keltirish mumkin.
Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak
ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ona
tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy tadqiqotlardan biri bu –
Sh.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni joriy etish (noan’anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)”
4
nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “Aqliy hujum” metodidan,
shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tilgan
darslardan namunalar
va ularni tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “Bu
bizniki” usulidan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Sh.Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakku-
rini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari”
5
nomli doktorlik dissertatsiyasida ham
dars samaradorligini oshirish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy
pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarga falsafiy fikrlashga o‘rgatish, ularda
bilishga qiziqish uyg‘otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z
yodlashga emas, uni ta’limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydi.
Metodist o‘z ishida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, o‘quvchi
tafakkurini o‘stirishda “Aqliy hujum”, “Bu bizniki” metodlarini qo‘llash
yaxshi
samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.
Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘yin
darslaridir. Ona tili darslarida o‘yin turlaridan foydalanish masalasi metodist A.Bobo-
2
Зиёдова Т.У. Она тили таълими жараёнида ўқувчиларнинг сўз бойлигини ошириш. Пед. фан.номз. ...
ёзилган дисс. – Тошкент, 1995. – Б. 141.
3
Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш: Пед. фан.
номз. ... ёзилган дисс. – Тошкент, 1996. – Б. 146.
4
. Юсупова Ш.Ж. Она тили таълими самарадорлигини оширишда илғор педагогик технологияларни
жорий этиш (ноанъанавий усуллар ва компьютердан фойдаланиш): Пед. фан.номзоди ... дисс. – Тошкент,
1998. – Б. 26.
5
. Юсупова Ш.Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили дарсларида ўқувчилар тафаккурини ўстиришнинг
илмий-методик асослари: Пед. фан.доктори ... дисс. автореферати. – Тошкент, 2005. – Б. 44.
5
murodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan.
6
U o‘z ishida ona tilining har bir bo‘li-
mini o‘rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’limiy (didaktik) o‘yin-topshiriqlardan foyda-
lanish maqsadga muvofiq ekanligi va buning yo‘llarini ko‘rsatgan. O‘yin usulida darsni
yoki darsning ma’lum bir bosqichini tashkil etish, albatta, o‘z-o‘zidan o‘quvchilarni
guruhlarga bo‘lib, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga undaydigan ta’lim usuli
hisoblanadi. A.Bobomurodova ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni
murakkablik darajasiga ko‘ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta xotiralashga
asoslangan o‘yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘yinlarning
kamchilik
tomoni borligini eslatadi: «Qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlar
o‘quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi sharoitda qo‘l-
lashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish o‘quv-
chiga katta murakkablik tug‘dirmaydi, oldin o‘rganilgan mavzular va muayyan
bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin»
7
.
Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, ko‘nikma va malakalar yaxshi
egallangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchi o‘zi unutgan narsalarini
xotiraga tushirish haqida o‘ylashi, biror yo‘l bilan o‘qib olishi, sinfdoshlaridan
eshitib bo‘lsa ham, bila borishi darkor.
Dostları ilə paylaş: