Tadqiqot obyekti
. Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim bosqichlari 7-sinf
Ona tili darsligi va Akademik litsey Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsligi.
Tadqiqot predmeti
. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining undov va
taqlid, modal so‘zlarini o‘qitish jarayoni, shu jarayonga xos ta’lim shakli,
vositalari, mazmuni va metodlarining talqini.
Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari.
Ishda O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, o‘zbek
maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi, “Ona tili” DTSi, taniqli psixolog,
filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’limining mazmunini yangilash,
uni o‘qitishning samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi ilmiy-metodik asarlari
metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.
BMIning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy
ahamiyati ta’lim bosqichlari ona tili ta’lmida undov va taqlid, modal so‘zlarni
o‘rganish holatini aniqlash hamda uni o‘qitishning qulayroq shakl va usullarini
tavsiya etishda namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, tadqiqotning xulosalari va tahlil
materiallari undov va taqlid, modal so‘zlarni o‘qitish masalalariga oydinlik kiritadi,
uni o‘rganishda va ta’lim bosqichlarida qo‘llashda manba bo‘la oladi. Ta’lim
bosqichlari ona tili ta’lmida undov va taqlid, modal so‘zlarni o‘qitishda ishlab
chiqilgan mashqlar tizimi amaliy material bo‘lib xizmat qiladi.
BMIning amaliyotga tadbiqi
.Ushbu BMI mavzusi yuzasidan Chilonzor
tumanidagi O‘zMU S.X.Sirojiddinov nomli akademik litseyda pedagogik amaliyot
jarayonida ochiq dars o‘tkazildi.
BMIning tuzilishi va hajmi.
Ish kirish,uch asosiy bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 77 sahifani
tashkil etdi.
|