O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI
5112100-MEHNAT TA’LIMI YO‘NALISHI
BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN
MUTAXASSISLIK FANLARIDAN
YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA
D A S T U R I
Andijon-2022
Andijon davlat universiteti Kengashining 2022 yil 17-fevraldagi 8-sonli yig‘ilish
qaroriga muvofiq tasdiqlangan
Dastur Andijon davlat universitetida ishlab chiqilgan.
KIRISH
Mazkur dastur 5112300-Mehnat ta`limi yo‘nalishi bitiruvchilarining taxsil olish
mobaynida mutaxassislik va ixtisoslik fanlarini o‘qib o‘zlashtirganlik darajasini
aniqlash uchun o‘tkaziladigan Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha ishlab
chiqilgan.
2021-2022 o‘quv yili yakunida bitiruvlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustda №744-son bilan tasdiqlangan
namunaviy o‘quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan o‘tkaziladi.
Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarida o‘tkaziladigan fanlar
tarkibi:
1. Texnologiya ta’limi praktikumi ;
2. Texnologiya o’qitish metodikasi
3. Texnologiya va dizayn ;
4. Serviz xizmati;
1.
Texnologiya ta’limi praktikumi
.
1-modul. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish
1-mavzu. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish
texnologiyasi
Texnika xavfsizlik qoidalari. Sanitariya-gigiyena qoidalari.
Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘mini tashkil qilish. Qolda bajariladigan ishlar. Qo‘1
ishlari uchun ish o‘mini tashkil qilish. Qo‘1 choklarini tikishda asbob va moslamalar.
Mashina choklarini tikishda asbob va moslamalar. Tikuv mashinalari haqida umumiy
ma’lumotlar. Kiyimlarni tikishga qoyiladigan talablar. Qaychi bilan ishlash. Dazmol
bilan ishlash. Qo‘lda tikish. Mashinada ishlashda o’tirish qoidasi. Nina turlari.
Gazlamaning o’ngini tanlash. Ip tanlash. Dekatirovka. Nina, ip, gazlamani bir-biriga
moslash. Qo’l ishlari atamalari. Bichishda ishlatiladigan atamalar. Dazmolda
ishlatiladigan atamalar. Mashinada bajariladigan ishlar atamalari.
2 - modul. Choklar namunalari
2-mavzu. Qo‘l choklaridan namunalar tayyorlash.
Gazlamada ip yo’nalishlari. Qol’ choklari: yashirin chok, ko’klah, qiya chok, petlya
chok, shim choki, janda choki, salqi choki.
3-mavzu: Mashina choklaridan namuna tayyorlash
Mashina choklari: ag’darma chok, bostirma chok, jinsi chok, moskovcha chok,
tahlama, zaship, izmalar, to’r ulash.
3 –modul. Bolalar kiyimini bichish va tikish
4-mavzu: Bolalar kiyimi xususiyatlari va ularga qo‘yilgan talablar
Bolalar gavdasi rivojlanishi va turlari. Bolalar kiyimi xaqida umumiy ma’lumot.
Yosh bolalarning kiyimi va matolariga quyiladigan talablar
5-mavzu. Chaqaloqlar kiyimini bichish va tikish
Chaqaloq bolalar kiyimlari chizmasini chizish va andozasini tayyorlash.
Chaqaloqlar ko‘ylakchasi – raspashonkasi va qalpoqchasini loyihalash Chaqaloq
bolalar kiyimlari chizmasini chizish va andozasini tayyorlash. Bolalar qalpoqchasini
andozasini tayyorlash.
6 – mavzu. Bolalar so‘lakchasini bichish va tikish
Bolalar so‘lakchasini loyihasini tayyorlash . Bolalar so‘lakchasini bichish.
Bolalar so‘lakchasini tikish.
4-modul. Qiz bolalar yengil kiyimlarini bichish va tikish
7-mavzu. Qiz bolalar fartugi va ro‘molini andozasini loyihalash.
Qiz bolalar fartugini asos chizma yordamida modellashtirish. Qiz bolalar fartugi
chizmasini qurish. Qiz bolalar ro‘molini loyihalash va chizish
8-mavzu. Qiz bollar fartuk va ro’molni bichish va tikish.
Qiz bollar fartuk va ro‘moli uchun gazlama tanlash. Qiz bolalar fartugini bichish va
tikish. Qiz bolalalar fartugini bezash turlari.
5-modul . Gavdadan o‘lchov olish q’oidasi
9-mavzu. Kiyim tikish uchun inson gavdasidan o’lchov olish texnologiyasi.
Odam gavdasi haqida ma’lumot. O’lchov olish qoidasi. Kiyimni balansini tuzishda
ishlatiladigan o‘lchov turlari va ularni gavdadan olish yo‘llari. Kiyim tikish uchun
inson gavdasidan o’lchov olish. O’lchov turlari va yozish qoidalari. Kiyim tikish
tartibi.
6-modul . Ayollar kiyimi bo’limi
10-mavzu. Qiz bolalar tungi ko‘ylagini loyihalash.
Qiz bolalar tungi ko‘ylagini loyihalash. Qiz bolalar tungi ko‘ylagini bichish va tikish.
11 –mavzu. Ayollar milliy ko‘ylagini bichish va tikish
Ayollar milliy ko‘ylagini andozalarini tayyorlash. Ayollar milliy ko’ylaklarini
tayyorlash uchun gazlama tanlash. Ayollar milliy ko‘ylagini bichish va tikish. Ayollar
milliy ko‘ylagining old va orqa etak qismini tayyorlash.
7-modul. Ko‘ylak yoqalari va yenglarini tayyorlash texnologiyasi
12- mavzu. Ko‘ylak yoqalari va ularga ishlov berish
Ko‘ylaklarning yoqalariga ishlov berish texnologiyasi.Yoqa tikish va o‘tkazish.
Qaytarma yoqalar va ularga ishlov berish texnologiyasi.
13- mavzu. Oddiy va ikki qavatli yoqalarni tikish va ularni bo‘yin o‘miziga
o‘tqazish
Oddiy yoqalarni tikish. Yoqalarga ishlov berish va ularni bo‘yin o‘miziga
o‘tqazish texnologiyasi.
14-mavzu. Yenglarga ishlov berish texnologiyasi
Yenglarning turlari. Manjetli yeng turlari. Yenglarga ishlov berish usullari.
Yenglarga ishlov berish usullarini amalda bajarish
8-modul. Ayollar yupkasini tikish va bichish
15-mavzu. Ayollar yupkasini loyihalash
Yupkani andozasini loyihalash. Ayollar yubkasi uchun ip gazlamalar tanlash.
To‘g‘ri yupkalar andozasini tayyorlash texnologiyasi.
9-modul. Ko‘ylak detallarini tayyorlash va ularga ishlov berish texnologiyasi
16-mavzu. Ko‘ylakning bel va etak qismlariga ishlov berish
Ko‘ylakning bel qismiga ishlov berish turlari. Ko‘ylakning etak qisimiga ishlov berish
usullari. Ko‘ylakning bel va etak qisimini bezab tikish.
17- mavzu. Tikuvchilik buyumlariga ishlov berish va namlab-isitib ishlash.
Tikuvchilik buyumlarini namlab-isitib ishlov berish texnologiyasi. Namlab-
isitib ishlov berish jarayoni.
10- modul. Pazandachilik asoslari
18 –mavzu. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish
Pazandachilikda ishlatiladigan idishlar, anjomlar va asbob uskunalardan
foydalanish texnikasini o‘rganish. Sabzavotlarni saralash, tozalash va to‘g‘rash
usullari. Sabzavotlardan turli salatlar tayyorlash texnologiyasi. Sabzavotlarga va
dissiqlik ishlov berish va turli xil bo‘tqalar tayyorlash. Dukkakli mahsulotlarda
bo‘tqalar tayyorlash.
19-mavzu. Go‘sht va baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasi
Go‘sht maxsulotlari turlari va xususiyatlari. Go‘sht maxsulotlariga ishlov berish
texnologiyasi. Go‘sht maxsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasi (kotlet,
shpinatlangan go‘sht, teftelь, frikadelьka va h.k.) Baliq maxsulotlari turlari. Baliq
maxsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasi.
11- modul. Xamir turlari va ulardan taom tayyorlash texnologiyasi
20-mavzu. Xamirlarni turlari va ularni tayyorlash texnologiya
Oddiy, oshirma, qatlama, qum-qum, biskvit xamirlarni tayyorlash. Xamirlarni
tayyorlash tartibi va texnologiyasi. Xamirlardan taomlar tayyorlash texnologiyasi.
Turli xil pishiriqlar tayyorlash texnologiyasi.
TEXNOLOGIYA TA’LIMI PRAKTIKUMI (Texnologiyada dizayn)
12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq
turmushidagi roli va vazifasi
21-mavzu. Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi
Duradgorlik ustaxonasida ish o‘rni va jihozlari. Yog‘och va uning tuzilishi.
Duradgorlik o‘quv ustaxonasida ish o‘rni va jihozlari. Yog‘och va uning tuzilishi.
22-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari.
Duradgorlik ustaxonasining ichki tartib qoidalari. Texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish
tozaligi va gigiena qoidalari.
13-modul. Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash
texnologiyasi
23-mavzu. Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash
texnologiyasi.
Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi o’rganib
chiqish va amaliy ish bajarish. Yog‘och materiallarini kesish to‘g‘risida umumiy
tushunchalarni aytib berish.Yog'och kubik tayyorlash texnologiyasi.
24-mavzu Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari.
Yog‘och materiallarini rejalash, yo‘nish, arralash, randalash. Ish usullarini o‘rganish
va malaka hosil qilish. Yasash uchun buyumlar: Plakat taxtachasi; chizma uchun
chorcho‘p; yo‘nalish ko‘rsatkich taxtachasi; supurgi dastasi, kurak dastasi, bolta
dastasi. Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
14-modul. Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash
texnologiyasi
25-mavzu Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash
texnologiyasi. Yog‘och materiallarni oyish va parmalash, pardozlash (silliqlash).
Kesuvchi asboblarni ishga sozlash. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini
o‘rganish va malaka hosil qilish. Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda
xavfsizlik texnikasi qoidalari.
26-mavzu Kesuvchi asboblarni ishga sozlash texnologiyasi.
Ish turiga qarab qirquvchi, yo‘nuvchi, uyuvchi uskunalar tanlash. Uskunalarni
charxlash va o‘tkirlik burchaklarini tekshirish. Ish turiga qarab qirquvchi, yo‘nuvchi,
oyuvchi uskunalar tanlash. Amaliy ishlar: Uskanalar bilan yog‘ochni boyiga, eniga,
ko‘ndalangiga yo‘nish. Parma va drel bilan tik va yotiq holatlarda parmalash.
Yasaladigan buyumlar: oshxona taxtachalari, bolalar kursichasi. Mix va burama mixlar
yordamida oddiy birikma tayyorlash texnologiyasi.
15-modul. Mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash
texnologiyasi.
27-mavzu Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish.
Birikmani bajarishda qo‘llaniladigan moslamalar, asboblar va materiallar. Mix va
burama mix,yog‘och mixlarni tanlash. Detallarni biriktirishda sifat talabi. Sifatsizlik
turlari va ularni bartaraf qilish. Mix va burama mix,yog‘och mixlarni biriktirishda
mehnat havfsizligi qoidalari.
28-mavzu. Mix, burama mix, yog‘och mixlarni tanlash
Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Detallarni qalinligiga qarab
mixlarni tanlash. Yog‘ochlarni qattiq va yumshoqligiga qarab mixlarni qoqish.
Biriktiriladigan detalning qalinligiga qarab burama mixlarni tanlash va mahkamlab
biriktirish. Amaliy ish: biriktiriladigan qattiq yog‘ochlarga mix va burma mix
qoqishdan oldin uni parmalab olish.
Yasaladigan buyumlar: Burchak chizg‘ich, mixlar uchun quti, gul tuvagi, shaxmat
qutisi.
16-modul. Yelimlar yordamida murakkab birikma tayyorlash texnologiyasi
29-mavzu. Yelimlar, biriktiriladigan detal yuzasini Yelimlashga tayyorlash.
Yelim tanlash. Yelimlarni eritish. Qisuvchi moslamalarni tayyorlash. Detallarni Yelim
yordamida yig‘ish. Yelimning turiga qarab yig‘ilgan buyumni Yelim ketguncha saqlab
turish.
30-mavzu. Yelimlangan choklarni tozalash.
Yelimlangan choklarning sifatini tekshirib ko‘rish. Fanerlash va shpon
yopishtirish uchun yog‘och yuzani tayyorlash. Shponlarni rangiga qarab tanlash.
Fanerlashda, shpon yopishtirishda Yelimlash usulini tanlash.
31-mavzu. Smola va kazein yelimlarini tayyorlash va ulardan foydalanish
Smola va kazein Yelimlarini tayyorlash va sifatini tekshirish. Biriktiriladigan yuzalar
sifatini tekshirish. Yelimlanadigan yuzaga silliq qilib Yelim eritmasini popuk bilan
surtish. Shpon va fanerlarni mayda tishli arra, qo‘l arra yoki o‘tkir pichoq bilan kesish.
Shiplarni fanerlashda kesuvchi vintlarni va moslamalarni tayyorlash.
17-modul. Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash
texnologiyasi
32-mavzu. Tirnoqli birikmalar tasnifi va texnologiyasi.
Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash texnologiyasi
Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ish usullarini tushuntirish va
ko‘rsatish. Tirnokli birikmalar sifatini tekshirish va birikmalar yaroqsizligining oldini
olish. Mehnat xavfsizligi qoidalari.
33-mavzu. Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan material
Ishlatiladigan o‘rniga qarab oyuvchi asboblarni tanlash. Ochiq teshiklar hosil qilish.
Biriktiriladigan detallarni qalinligiga qarab quloqlar o‘lchamlarini aniqlash. Turum
ishlash uchun detal tayyorlash. Bir tirnoqli ochiq va ikki tirnoqli turumlar tayyorlash
va bajarish. Quloqcha va turumli birikmalar sifatini tekshirish. Oyuvchi va
qirkuvchi uskunalarni charxlash va qirovini to‘qish. O‘rganish uchun amaliy mashqlar:
oyuvchi uskuna bilan oyishda moslama tanlash.
34-mavzu. Tayyor buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
O`tirib va tik turib teshiklar o`yish. Quloqcha va turumlar uchun yasalgan
detallarni randalash va rejalash ishlari sifatini tekshirish, quloqcha va turumlarni
arralash, o`yish. Quloq va turum shaklidagi burmalarni yig‘ish, bir-biriga moslash.
To‘rtburchak va yumaloq mixlar tayyorlash. Mix cho‘plarni Yelim yordamida
o‘rnatish. Buyumlar tayyorlash: ramka, kiyim ilgich, eshik va deraza kesakilari.
18-modul. Burchakli o‘rtalik birikmalar tayyorlash texnologiyasi
35-mavzu. Quloqcha va turumli o‘rtalik birikmalarni tayyorlash
texnologiyasi. Ish uslubini ko‘rsatish, tushuntirish. Yaroqsizlik turlari va ularning
oldini olish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish.
Bajariladigan ishning turiga qarab oyuvchi asboblarni tanlash. Berk tishlarni oyish.
Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloq va turumlar o‘lchamini olish, o‘rtalik
birikmalarni bir tirnoqli berk va qaldirg‘och quyruq shaklidagi berk birikmalar ishlash.
36-mavzu. O‘rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar
O‘rganish uchun amaliy mashqlar: berk teshiklar oyish, quloqcha va turumlarni
rejalash, o‘rtalik birikmalarni bir-biriga moslash. Yasaladigan buyumlar: shvabra,
taburetka, rom va tumbochka
19-modul. Murakkab ko‘p tirnoqli birikmalar tayyorlash texnologiyasi
37-mavzu. Burchakli murakkab ko‘p tirnoqli birikmalar tayyorlash
texnologiyasi
Burchakli ko‘p tirnoqli birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar va
asboblar. Moslamalar tavsifi. Ish uslubini ko‘rsatish va tushuntirish. Mehnat
havfsizligi qoidalari.
38-mavzu. Ochiq qaldirg‘och dumli va ochiq to‘g‘ri burchakli ko‘p tirnoqli
birikmalarni tayyorlash texnologiyasi Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloqcha
va turumlar o‘lchamini belgilash. Ochiq qaldirg‘och va ochiq to‘g‘ri burchakli ko‘p
tirnoqli birikmalarni bajarish. O‘rganish uchun amaliy mashqlar: burchakli ko‘p
tirnoqli birikmalarni rejalash va bir-biriga moslash. Yasaladigan buyumlar: kitob
javoni, quticha, mix yashigi, oshxona yoki yotoqxona stoli.
20-modul. Yog‘ochlarga kuydirib ishlov berish texnologiyasi
39-mavzu. Yog‘ochlarni kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan materiallar va
asboblar. Moslamalarning tavsifi. Ish uslubini ko‘rsatish va tushuntirish. Mehnat
havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil qilish. Ishning turiga qarab
kuydiruvchi asbob va moslamalar. xavfsizlik texnikasi qoidalari
40-mavzu. Detallar o‘lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar va materiallarni tanlash.
Kuydiruvchi asbob bilan detallarni bir-biriga ishqalash natijasida kuydirish. O‘rganish
uchun amaliy mashqlar: Tesha dastasi, yog‘och to‘qmoqlari, qattiq yog‘ochlarni
kuydirib ishlash. Bolalar stol-stulchalariga kuydirish asbobi bilan rasm chizish,
kuydirib ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari
21-modul. Yog ‘och materiallariga pardoz berish va pardozlovchi asboblar
41-mavzu. Duradgorlik polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi.
Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish, mehnat havfsizligi qoidalari.
Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun tampon tayyorlash.. Duradgorlik
polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi. Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish,
mehnat havfsizligi qoidalari. Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun tampon
tayyorlash
42-mavzu. Yog‘ochlarga lak bilan pardoz berish texnologiyasi
Lakli materiallar tavsifi va uni yuzaga surtish uslubi O‘rganish uchun amaliy
mashqlar: buyum yuzasini gruntlash, zamazka qilish. Lak surtish. Tampon tayyorlash.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi polirovka qilishda tamponning yo‘nalishini o‘rganish.
Yasaladigan buyumlar: bolg‘a, dasta, bog‘bonlik anjomlari.
22-modul. Yog‘och materiallariga mexanik ishlov berish texnologiyasi
43-mavzu. Dastgohni tuzilishi, konstruktiv elementlari, asosiy va yordamchi qismlari
Stanina, support, shpindel, stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar,
gidravlik va pnevmatik yuritmalar.Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning
konstruktiv va texnologik alomatlariga ko‘ra tasnifi, qirqish, uzatish va yordamchi
mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash
sharoiti.
44-mavzu. Yog‘och materiallariga yumaloq arrali dastgohlarda ishlov
berish texnologiyasi. Yog‘ochlarga ishlov beruvchi yumaloq arrali dastgohlar turlari.
Ularning kinematik sxemasi, vazifasi va tuzilishi. Yog‘och materiallariga ishlov
beruvchi o‘quv ustaxonasi jihozlari. Asbob-uskunalar bilan tanishish va ish joyini
tashkil qilish.
45-mavzu. Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarda bajariladigan ishlar turlari va
dastgohdan foydalanish qoidalari
Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarga texnik qarov qoidalari.Ustaxonada, ichki
havfsizlik texnologiyasi, yong‘in havfsizligi va shaxsiy gigiena qoidalari.
Dostları ilə paylaş: |