Korxonalarda kadrlar sonini optimallashtirish va sifatini oshirishning zamonaviy usullar tizimini ishlab chiqish.
Korxonada kadrlarga sog’lom va mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan jamoani shakllantirish, kadrlarning jinsi va yoshiga koʻra tarkibi va malakasi hamda ularning ishlab chiqarishda toʻg’ri joylashtirilishini hisobga olishdan tashqari, ishlab chiqarish va mehnat sharoitlarining oʻzgarib borishiga oʻz vaqtida e’tibor qaratishi, fan va texnikaning yangi, ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishni rag’batlantirish ularni sifat va miqdorini optimallashtirishga yordam beradi.
Yuqorida aytib oʻtilganidek, ishchi kuchi va umuman, kadrlar, ishlab chiqarishning muhim elementi hisoblanadi. SHu sababli korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar sifati va miqdori bilan bilan chambarchas bog’liq boʻlib, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ishchi kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;
xodimlarni oʻqitish, tayyorlash va malakasini oshirish;
kadrlarni xizmat lavozimlari boʻyicha yuqori pog’onaga koʻtarish;
yollash shartlari, mehnat va unga haq toʻlash sharoitlari;
mehnat jamoasida qulay ruhiy (psixologik) muhitni yaratish.
Korxonalarning kadrlari garchi ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, kadrlarni tanlash va joylashtirishda asosiy javobgarlikni korxona bosh direktori oʻz boʻyniga olsada, faqatgina uning oʻzi amalga oshirmaydi. Bunda bosh direktordan tashqari boʻlim va xizmat boshliqlari, kadrlar boʻlimi, iqtisodiy va ishlab chiqarish boʻlimi, mehnat va haq toʻlash boʻlimi, texnik boʻlim va boshqalar ham ishtirok etadi.
Korxonaning kadrlari amaliyotda faqat ichki vazifa va muammolarni hal qilishdan tashqari, Oʻzbekiston Renspublikasi Mehnat Kodeksiga tayanadi va quyidagilarni koʻzda tutadi:
fuqarolarning mehnat huquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda bir xil imkoniyatlarga ega boʻlishini ta’minlash;
fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga bandlik sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning boshqa yoʻnalishlari bilan uyg’unlashtirish orqali koʻmaklashish ;
mehnat faoliyati davrida va nafaqaga chiqqandan soʻng ham xodimlarning ijtimoiy qoʻllab quvvatlab turish.
Iqtisodiyotni boshqarishning turli darajasida, jumladan, korxonalarda kadrlarni boshqarish koʻp qirrali, murakkab va uzoq muddatli jarayon boʻlib, bir qancha resurs va vaqt sarflanishini talab qiladi. Ishchilar yoki oliy ma’lumotli mutaxassislar, ya’ni turli kadrlar bilan turli darajadagi xarajatlar koʻzda tutiladi. Agar ishchilar zamonaviy korxonalar personali tuzilmasida 70-80 % va undan ortiqni tashkil qilsa, oliy ma’lumotli mutaxassislar 15-20 % ni tashkil etadi. SHunga mos ravishda ularni tayyorlash ham turlicha boʻladi: ishchilar korxona, ixtisoslashtirilgan maktab va kasb-hunar bilim yurtlarida tayyorlansa, oliy ma’lumotli mutaxassislar bir necha yil davomida oliy oʻquv yurtlarida tahsil oladilar.
Afsuski, ba’zi korxonalarning rahbarlari, bugungi kunda tahlillarning koʻrsatishicha, koʻproq buyurtmalar “portfeli”ni shakllantirish, resurs va investitsiyalar izlash, mahsulotlarni sotish kanallarini aniqlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish, turli xoʻjalik muammolarini hal qilish bilan band boʻlib, bularning barchasi bozor munosabatlari sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etada, ularning ahamiyati kadrlar siyosatini toʻg’ri olib borishning ahamiyatidan kamdir. Bu masalada yirik korxonalar unchalik yutuqlarga ega boʻlmasada, mazkur holatlar asosan shaxsiy tarkibi 100 kishigacha boʻlgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun xosdir.
SHunday boʻlsada zarur boʻlgan kadrlar salohiyatini shakllantirish va uning tarkibiga ijobiy oʻzgarishlar kiritish, xodimlar malakasini oshirishga e’tiborni qaratmasdan, ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish, korxonalar hayotiga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish, eng asosiysi, korxonaning barqaror va daromad keltiruvchi faoliyat yuritishini ta’minlash qiyin.
Bizga ma’lumki, mehnat unumdorligi darajasiga koʻplab omillar ta’sir koʻrsatadi, biroq ishlab chiqarish sharoitda faqat ikki yoki uch yetakchi omillar bilan cheklanish mumkin. Bularni hal qiluvchi ahamiyatga molik boʻlgan xodimlarning malaka darajasini, texnik taraqqiyotini ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasi bilan aniqlash kifoyadir. Bu usul u yoki bu xodisalarning sababini aniqlashdan tashqari texnika va texnologiyani hamda ishlab chiqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish vazifalarini muvaffakiyatli hal etish imkonini beradi.
Ushbu modelga koʻra, har qanday rejalashtirishning birinchi bosqichi korxonaning imkoniyati va salohiyatini baholashdan boshlanadi – bu birinchi bosqich. Ushbu jarayonda SWOT tahlilidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Ushbu tahlil korxonaning kuchsiz va kuchli tomonlarini ochib beradi. SHu jumladan, kadrlar masalasidagi muammolarni ham koʻrsatib beradi. Ikkinchi bosqich- muammolarni keltirib chiqargan manbalarni aniqlab beradi. Uchinchi bosqich – kadrlarni rivojlantirish ehtiyojini aniqlash- bu jarayon ikki yoʻnalishda olib borilishi mumkin:
Oʻqitish va malakasini oshirish;
Motivatsiya va tashkiliy rivojlanish.
Keyingi bosqichlarda :
Oʻqitish;
Oʻquv dasturi
Oʻquv resurslari:
a) jihozlar,
b) binolar,
v) materiallar.
Dasturni amalga oshirish;
Oʻqitish natijalarini baholash ishlab chiqarish;
Yangi malakaning samaradorligiga ta’sirni baholash.
Oxirgi bosqich albattda rahbariyat tomonidan kadrlar sifatini oshirish boʻyicha qaror qabul qilish bilan yakunlanadi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, kadrlar barcha mamlakatlarda korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, mamlakatimizdagi korxonalar ham bundan mustasno emas. Ular chet elning ilg’or korxonalari yutuqlarini oʻzlashtirishdan tashqari, oʻz kadrlar siyosatini yaxshilashi, xodimlar malakasining oʻsishi va hayotning mehnat bilan bog’liq davri sifatini oshirishga e’tibor berishlari zarur.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish fan – texnika taraqqiyoti yutuqlarini, ilg’or korxonalarlarning tajribalaridan foydalanish, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani kiritish, mavjud texnikani modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishin diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish resurslarini tejash, xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilash va vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat oʻzgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va soʻnggi avlod texnikasiga oʻtish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. SHu bilan bir qatorda muxandis va xodimlarning ijodiy ruxda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |