SAYLOV O‘TKAZISH KUNI – saylov jarayonida fuqarolarning o‘z siyosiy
xohish-irodalari amalga oshiriladigan, ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz beradigan
kun hisoblanadi.
SAYLOV UCHASTKASI – saylovchilarni tegishli ma’lumotlar bilan,
shuningdek barcha saylov huquqiga ega fuqarolarning ovoz berishda ishtirokini
hamda berilgan ovozlarni hisoblab chiqishni ta’minlaydigan, saylovchilar ro‘yxati
tuziladigan va hammaga ma’lum qilish maqsadida tashkil qilinadigan hududiy
birlik.
SAYLOV HUQUQI – saylov bilan uzviy bog‘liq tushuncha bo‘lib, uning
mazmunini: a) saylovni tashkil qilish va o‘tkazishni tartibga soluvchi huquqiy
me’yorlar yig‘indisi; b) saylanadigan davlat organlari shakllanishini tartibga
soluvchi huquqiy normalar tizimi; v) siyosiy partiyalarning kelgusi faoliyat
dasturlari bilan tanishish va muhokama qilish, saylanish, saylov komissiyalari
tarkibida ishtirok etish va ovoz berish kabi huquqlar tashkil etadi.