SAYLOVOLDI TASHVIQOTI – Saylovoldi tashviqoti nomzodlarning shaxsi,
bilimi va salohiyatini saylovchilar oldida to‘la namoyon qilishga, saylovchilarni
nomzodlar dasturlarining asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati va kelgusidagi
rejalari bilan yaqindan tanishtirishga, saylovchilarni nomzod uchun ovoz berishga
ishontirishga qaratilgan muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham
barcha demokratik davlatlarda, shu jumladan mamlakatimizda ham saylovlar
jarayonida saylovoldi tashviqoti bosqichiga alohida e’tibor beriladi. Shu o‘rinda
ta’kidlash joizki, saylovoldi tashviqotining nomzodlar ro‘yxatga olingan kundan
e’tiboran boshlanishiga oid tajribani Litva, Moldova, Armaniston davlatlarida,
saylov kuni hech qanday tashviqot yuritishga yo‘l qo‘yilmasligi tartibini esa
AQSh, Italiya, Fransiya, Rossiya davlatlari tajribasida kuzatish mumkin.
SAYLOVCHI – aktiv saylov huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi (qarang: aktiv saylov huquqi). Ovoz berishni o‘tkazish va saylov
natijalarini aniqlash uchun aktiv saylov huquqiga ega fuqarolar saylovchilar
ro‘yxatiga kiritiladi.