UMUMIY SAYLOV HUQUQI – saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplaridan biri
bo‘lib, ushbu prinsip ma’lum yoshga yetgan, to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolarining saylovda (saylash va saylanishda)
ishtirok etish huquqiga ega ekanligini anglatadi.
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI – tuman, shahar hokimliklarining
taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladigan saylov
uchastkasida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan,
davlat hokimiyati vakolatiga ega maxsus kollegial organ.