TAFTISH KOMISSIYASI - jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat
qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
tomonidan saylanadigan organ. Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari qonun
hujjatlari va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT - O‘zbekiston Respublikasi yuridik va
jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari,
shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish
va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.