TAKRORIY SAYLOV – “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi quyidagi hollarda
o‘tkaziladi: a) agar saylov okrugida saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb
topilgan bo‘lsa; b) agar takroriy ovoz berish Qonunchilik palatasiga deputat
saylanganligini aniqlash imkonini bermagan bo‘lsa; v) agar saylov okrugi bo‘yicha
deputatlikka ko‘pi bilan ikki nomzod ovozga qo‘yilgan va ulardan birontasi ham
saylanmagan bo‘lsa.