FERMER XO‘JALIGI - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik
yurituvchi sub’ektdir.
FUQAROLAR YIG‘INI – shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek
shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining
yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari
tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda
amalga oshiradi.