OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI - qatnashchilari o‘zlariga tegishli
aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati.
OSHKORALIK – demokratiyaning zarur sharti bo‘lib, jamoatchilikning
muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma’lumot
va xabarlarni bilish huquqi hamda tegishli axborotlarni muhokama va nazorat
etish uchun ro‘y-rost e’lon qilishdir.
PALATALARNING QO‘SHMA MAJLISI – ikki palatali tuzilmaga ega bo‘lgan
parlamentlar ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda parlamentning qo‘shma
majlisi parlament vakolatiga kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki
safarbarlikni e’lon qilish, davlat byudjetini tasdiqlash, respublika Prezidentini
saylash va shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa faqat davlat
boshlig‘i maktubini tinglash va boshqa tantanali holatlar o‘tkaziladi.
PARLAMENT (deputatlar) FRAKSIYASI – parlament yoki uning palatasida
bir partiyaga mansub deputatlar birlashmasi. Odatda Parlament fraksiyasi tarkibiga