PARLAMENT KOMISSIYALARI – parlament tashkil qiladigan (palatalarning
har birida yoki ikkala palata birgalikda – birlashgan Parlament komissiyalari)
yordamchi organlar. Qonunchilik Parlament komissiyalari muhim rolni o‘ynaydi,
chunki parlament qabul qiladigan qonunlar loyihalari qaror va boshqa hujjatlar
loyihalarining katta qismi ko‘rib chiqish uchun shu komissiyalarga beriladi.
PARLAMENT MUZOKARALARI – parlament faoliyati shakllaridan biri
bo‘lib, deputatlarning qonun loyihasi yoki qarorlar loyihalarini parlament yoki uni
alohida palatasi umumiy majlisda muhokama qilinishidan iboratdir. Parlament
reglamenti belgilagan tartibda o‘tkaziladi.