PARLAMENT MUXOLIFATI – hukumatni tashkil qilishda ishtirok etmaydigan,
qator prinsipial masalalarda hukumat siyosatiga qarshi chiqadigan birorta
partiyaning parlamentdagi deputatlari guruhi yoki parlament fraksiyasi. Qator
mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniyada) parlament reglamentlari yoki odatiy
huquq normalari Parlament muholifati maqomi va huquqlarini mustahkamlaydi,
jumladan, parlament muxolifati a’zolarining parlament (yoki uning palatasi)
organlaridagi vakillik kvotasini belgilaydi, uning yetakchisiga maxsus maosh
tayinlaydi.