PARLAMENT TA’TILLARI – parlament sessiyalari o‘rtasidagi davr, bundan
deputatlar dam olish va o‘z okruglarida saylovchilar bilan ishlash maqsadida
foydalanishadi.
PARLAMENTNI TARQATIB YUBORISh – parlamentar davlatlarda,
shuningdek, aralash turdagi respublikalarda davlat hokimiyatini amalga oshirish
konstitutsiyaviy mexanizmining asosiy elementlaridan biri. Parlamentni tarqatib
yuborish (muddatidan oldin parlamentga saylovlarni e’lon qilish) huquqi davlat
boshlig‘iga tegishli (garchi bundan u, qoidaga ko‘ra faqat hukumat “iltimosiga”
binoan foydalansada) hamda u hukumatning parlament oldidagi javobgarligi
tartibotiga (institutiga) qarshi qo‘yiladigan tartib hisoblanadi.
SAYLOV – demokratiyaning asosiy belgisi bo‘lib, ovoz berish yordamida davlat
hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsini, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita
xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ
tomonidan shakllantirish bilan bog‘liq jarayondir. Saylov tushunchasi ko‘proq
davlat hokimiyatining vakillik organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarini saylashga nisbatan qo‘llaniladi.