O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
fayl 773 20210505

 
 
3.4. Oila tarbiyasi vositalari. 
REJA: 
1. 
Tarbiya vositalari  va oila. 
2. 
Oilada bolalarni tarbiyalash vositalari. 
 
Tayanch tushunchalar: oila, tarbiya vositasi, vatanparvarlik, xalq og‘zaki 
ijodi, milliy meros, an’analar. 
  
Har  bir  xalqning  ijtimoiy-madaniy  hayotida  azaliy  an’ana,  urf-odat, 
marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos 
hodisasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  “An’ana”,  “odat”,  “marosim”  bevosita 
“bayram” tushunchasi bilan bog‘liq. 
“An’ana”  –  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  va  ijtimoiy  ehtiyojlar  orasida 
vujudga  keladigan,  avloddan-avlodga  meros  bo‘lib  o‘tadigan,  kishilar  ma’naviy 
hayotiga  ta’sir  ko‘rsatadigan  madaniy  hodisadir.  An’ana  o‘ziga  xos  ijtimoiy 
majmua  hisoblanadi.  Xalq  an’analari  –  uzoq  taraqqiyot  jarayonida  etnoslarning 
ijtimoiy-ma’naviy  ehtiyojlari  asosida  vujudga  kelib,  ularning  aqliy  –  ijodiy 
faoliyati asosida, atrof – muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddan-
avlodga  o‘tib,  taraqqiy  etgan  va  asrlararo  ajdodlar  fikri,  orzu-o‘ylari,  tajribalari, 
yutuqlari  va  boshqa  qadriyatlarini  mujassamlashtirgan  bebaho  ijtimoiy–madaniy 
merosga aylangan. 
Urf  –  odat  kishilarning  turmushiga  singib  ketgan,  ma’lum  muddatda 
takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor 
qoidalari  ko‘nikmasidir.  Masalan:  kichiklarning  kattalarga  salom  berishi,  uy-
hovlini  tartibga  keltirish,  mehmonlarga  alohida  hurmat  ko‘rsatish,  bayram 
arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish,  qo‘ni-


108 
 
qo‘shnilarning  biror  ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga 
xos yaxshi odatlar hisoblanadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin