O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
fayl 773 20210505

 
KIRISH 
 
             O’zbеkiston    erishayotgan,    dunyo    tan    olayotgan    ulkan  yutuqlarning 
nеgizida turgan asosiy omil insondir. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 
64-moddasida  “Ota-onalar  farzand  tarbiyasi  uchun  javobgardir”  dеb  bеlgilab 
qo’yilgan.  Qolaversa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash  va  oila  institutini  mustahkamlash  sohasidagi  faoliyatni  tubdan 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-5325  Farmoni  (02.02.2018), 
PQ-3808    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Respublikasida 
oila  institutini  mustahkamlash  konsepsiyasini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  qarori
 
(
27.06.2018)da  ko`zda  tutilgan  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirish 
jamiyatimizning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi.
 
Oilada  ota-onalar  ma'naviy  boy  e'tiborli va  yuqori  ma'lumotga ega bo’lsalar,  
shu  darajada  takomillashgan  usul  orqali  o’z  farzandlarini  tarbiyalaydi.  Buyuk 
ma'rifatparvar  Abdulla  Avloniyning  “Tarbiya  biz  uchun  yo  hayot,  yo  mamot,  yo 
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, dеgan so’zlari bir asr avval 
millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo’lsa hozir  ham o’z  
ahamiyatini yo’qotgani yo’q.   
Oilada  yosh  avlodni  ota-ona  namunasi,  oila  an’analari,  shajarasi,  kasb-kori, 
axloqiy-ma’naviy  qadriyatlari  asosida  tarbiyalash,  ular  ongida  oilaga  sadoqat, 
o’zaro  mehr-muhabbat,  hurmat  hissini  shakllantirish  vositasida  ularni  oilaviy 
hayotga  tayyorlash  kutilgan  natija  beradi.  Ota-onalarga  oila  tarbiyasida  metodik 
yordam beruvchi  «Oila kutubxonasi»  seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» 
jurnalini  nashr  qilishni  yo’lga    qo’yish,  barcha  yo’nalishlardagi  oliy  va  o’rta 
maxsus ta’lim muassasalariga  «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy 
etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
 
Buning uchun ota-
onalarni  tarbiya  jarayoniga  tayyorlash  maqsadida  ota-onalar  universitetlari  ishini 
tiklash  va  takomillashtirish,  umumta’lim  maktablari,  oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 



 
mazmuniga  «Yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash»  kursini  kiritish  maqsadga 
muvofiqdir.
 
Oila  pedagogikasi  quyidagi  fanlar  bilan  aloqada  o‘sib-ulg‘aymoqda:  oila 
pedagogikasi  fani:  falsafa,  sotsiologiya,  iqtisodiyot,  anatomiya  –  fiziologiya, 
psixologiya–pedagogika,  ijtimoiy  pedagogika,  maxsus  pedagogika,  pedagogika 
tarixi, pedagogik mahorat kabilar. 
       Insonning  ma’naviy  va  aqliy  xislatlarini,  asosan,  uning  olgan  tarbiyasi, 
yashagan  muhiti  belgilaydi,  deb  hisoblagan.  Agar,  yaxshi  tarbiya  insonning  eng 
qimmatli boyligi  bo‘lsa, noto‘g‘ri  tarbiya uning uchun  chinakamiga  baxtsizlikka, 
hatto, halokatga  aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi  bilan  bir 
qatorda  oila  tarbiyasiga  ham  katta  ahamiyat  berilgan.  Oilada  to‘g‘ri    yo‘lga  
qo‘yilgan    tarbiya    maktab  uchun  katta  madaddir  va,  aksincha,  oilada  tegishli 
tarbiya  ishlari  olib  borilmasa,  bu  holda  maktabning  ta’lim-tarbiya  ishini    juda 
qiyinlashtirib  qo‘yadi.    Demak,  oila  va  maktab  hamkorligi    o’ziga  xos  dolzarblik  
kasb etadi. Oila pedagogikasi talabalarni, o‘sib kelayotgan yosh avlodni  barkamol 
inson qilib tarbiyalashga hamda oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy 
qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimlarni egallashiga xizmat qiladi.   
 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin