O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
fayl 773 20210505

 
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari: 
Xalq  donishmandlarining  oila  muammosi  va  tarbiyasi  haqidagi  qarashlari 
juda  uzoq  tarixiy  ildizga  egadir.    Xalq  og‘zaki  va  yozma  yodgorliklarida:  maqol, 
hikmat, ertak, aytishuvlarda  oila, ota –ona, oilaviy barqarorlik, o‘zaro munosabat 
masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 
 
Ota – ona behad bo‘ladi xursand,  
 
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!  
                                                             Javhar Zamindar. 
 
Namozi bomdoddin keyin volidangni 
 
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.   
                                                             Rushtiy. 
Oila  va  undagi  tarbiyaning  usul,  vosita  va  omillari  ko‘proq    yozma 
pandnomalarda, 
Kaykovusning 
«Qobusnoma»,  «Saodatnoma»,  Zahiriddin  
Muhammad  Boburning  «Boburnoma»si,  «To‘ti  shohnoma»,  «Odobnoma» 
kabilarda  oila  muammosiga  doir  masalalar  ilmiy-nazariy  va  amaliy  jihatdan 
asoslab berilgan.  
Mutafakkir    va    ma’rifatparvarlarning    ijodiy  faoliyatida  oila  muammosi 
asosiy  o‘rinni  egallagan.  Buning  sababi  bo‘lajak  Oila  pedagogikasi  fanining 
mazmundorligini  ta’minlovchi  badiiy  adabiyot,  san’at  asarlari,  milliy  meros  va 
umumiy insoniy qadriyatlardir.     
 Oila tarbiyasida   bolalar   hayotini    to‘g‘ri    uyushtirish   ularning    vaqtdan  
to‘g‘ri  va  unumli  foydalanishning  asosiy  garovi  ekanligini  ota-onalar  o‘z 
farzandlariga  uqtirishlari  lozim.  Oila  tarbiyasi  masalalari  bo‘yicha  Abu  Ali  Ibn 
Sino  maxsus  «Tadbir  al-manozil»  nomli  asarini  yozgan.  Unda  olim  ota-onaning 
bola tarbiyasidagi vazifalarini yoritgan.  Asarda ota-onaning vazifasi va  burchiga, 
oila 
munosabatlariga 
to‘xtalar    ekan,  ayniqsa,  ota-onalarning  oilada 



 
mehnatsevarligi    bilan  farzandlarini  ham  kasb  va  hunarga  o‘rgatish  borasida 
muhim fikrlar bayon etadi. 
Ibn  Sino  tarbiyaviy  qarashlarida  oila  va  oilaviy  masalalarga    keng  o‘rin 
berilgan.  Ota  oilada  o‘z  farzandlariga    har  tomonlama:  yurish-turishda,  nutq 
odobida, so‘z  madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida, eng muhimi amaliy ish 
faoliyatida  to‘g‘rilik  va  haqqoniylik,  samimiylikka  namuna  bo‘lmog‘i  kerak. 
Oilada  farzand  tarbiyasini  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yishning  asosiy  vositasi  -  uning  
ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish deb hisoblagan edi olim. 
Yusuf  Xos  Xojib  «Qudatg‘u  bilig»  asarida  oilaviy  maishiy  turmush 
muammolariga  ham  katta  e’tibor  beradi.  U  kishilarni  uylanib,  oila  qurishidan 
boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning  moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan 
eng  zaruriy  vazifalarini  birma-bir  bayon  etadi.  Ota-onalar  nazoratida  bo‘lgan 
bolaning    mas`uliyat  hissi  rivoj  topadi.    Shu  sababli    ham  bola  tarbiyasida  ota-
onaning  mavqei    alohida    ahamiyatga  egadir.  Ular  tanlagan  to‘g‘ri  yo‘l  
farzandlarining  kelajagi,  kamoloti  uchun  nihoyatda  muhimdir.  Jamiyatda 
farzandlari  hulq-atvoriga  qarab  ota-onalariga  baho  berilishini  aytib  ularni 
ogohlantiradi. 
 Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi,  
havasini  oshirishda    u  tarbiyalanayotgan  muhit  muhim  o‘rin  egallashi  uqtiriladi.  
Shunday  ekan,  avvalambor,    bola  tarbiyasida    oila  muhitini    to‘g‘ri  tashkil  qilish 
darkor.   
Unsurulmaoniy  Kaykovus    «Qobusnoma»  pandnomasida  o‘z  farzanding 
sening  haqingda  qanday  bo‘lishini  tilasang,  sen  ham  ota-onang  haqida  shunday 
bo‘lgil,  nedinkim,  sen  ota-onang  haqida  ne  ish  qilsang,  farzanding  ham  sening 
haqingda  shundoq  ish  qilur,  chunki  farzand  mevaga,  ota-ona  mevali  daraxtga 
o‘xshaydir»  deb yoshlarni  ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr-oqibatli 
bo‘lishga    da’vat    etadi.    Ota-ona    o‘z  farzandi  uchun  hatto  o‘limga  ham 
tayyorligini  ta’kidlaydi.    Har  bir  farzand    oqil  va  dono  bo‘lsa,  ota-ona  mehr-
muhabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi. 


10 
 
Muhammad  Sodiq  Qoshg‘ariy    «Odob  as-solihan»  asarida  uylanadigan 
yigit  nikohdan oldin uylanmoqchi  bo‘lgan  qizini  ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining 
bokira  bo‘lmog‘i    hamda    to‘rt    narsa  umrda,  qomatda,  molda  va  nasabda  erdan 
past    va    to‘rt    narsada,  husn-jamolda,  hulqda,  adabda  va  iffatda  erdan  yuqori 
bo‘lishi    zarurligini    ta’kidlaydi.  Bu    fikr    turmushda    tinch    va  totuv  yashash, 
oilada  er-xotin  munosabatlarida katta ahamiyatga ega.  
Davoniyning  fikricha:  «Ota-ona  bolaga  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan hulq-
odob  qoidalarini    singdirishga,  yurish-turishga,  eyish-ichish,  o‘z  qilmishi  uchun  
mas`uliyatni sezish, shirinsuxan  bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini 
egallashiga  yordam  berishi  lozim».  Ro`dakiy  oilada  bola  tarbiyasi,  yosh  avlod 
kamolotida  ota-onaning  burchi  haqida  ham  muhim  fikrlarni  ilgari  suradi.   
Aksariyat  odamlar,  hatto  ma’rifatli  zotlar  ham  farzardlari  tarbiyasiga  e’tiborsizlik 
bilan qarab, donishmandning bolasi johil bo‘lib qolayotganligidan afsuslanadi. 
Buning  uchun  oila  muhitida    ota-onalar  bilan  bolalar  o‘rtasida    o‘zaro 
hurmat  bo‘lgandagina    tarbiyada  yaxshi  natijalarga    erishish    mumkin    bo‘ladi.  
Inson  tug‘ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning  ilk tarbiyachilari, albatta, 
ota-onasidir. 
Ma’rifatparvar  Munavvarqorining  «Oila  a’zolari»  nomli  darsligi  
bo‘limlarida  ota-onani  hurmatlash,  aka-uka,  qarindosh-urug‘ini  e’zozlash  kabi 
g‘oyalar alohida o‘rin egallaydi. 
Kishining bor ersa ota-onasi 
G‘animatdir unga olarning rizosi. 
Xudoni qoshida qabul ekandir 
Ota va onaning bolaga duosi. 
Oilada    farzand    dunyoga  kelgandan  boshlab  oilaning  jamiyat  oldidagi  
javobgarligi    kundan-kunga  ortib  boradi.  Chunki  o‘sib  kelayotgan    avlodning 
taqdiri  ana  shu    muammoning  hal  qilinishi  bilan  uzviy  ravishda  chambarchas 
bog‘langandir. 


11 
 
Abdurauf    Fitrat    1916  yilda  «Oila»  nomli  falsafiy  asarini  yozgan  bo‘lib, 
unda  oilaviy  hayot  islohotidan  baxs  yuritilgan  va  adib  najot  yo‘llarini  axtarib, 
xalqlarning umuminsoniy qardoshlik g‘oyasini targ‘ib etgan. 
Fitrat  oilaning  ijtimoiy  vazifalarini  «Avlod  tarbiyasi»,  «Fikriy  tarbiya», 
«Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo‘ladi. 
Oilada bola bilan  tarbiyachi o‘rtasida  juda  yaqin  va  samimiy munosabat 
o‘zining  tabiiyligi  va  oddiyligi,  mazmundorligi,  iliqligi,  hech  qanday 
rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turishi lozim. 
Oila  odamzod  o‘zining  dastlabki  ijtimoiy  yo‘lini  bosib  o‘tadigan  eng 
muhim sohadir. Bunday oilada  ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ma’lum  ma’noda 
izzat-hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo‘ladi. 
Oilada  bolalarning    o‘zga    bir  oilada    yotib  qolishiga  hech  bir  holda  sira 
yo‘l qo‘ymasligi kerak, bola yotib qoladigan joy anik tanish va ishonchli bo‘lgan 
taqdirdagina  istisno  bo‘lishi  mumkin.  Oilada  farzand  yaxshi  tarbiyalansa,  ota-
onaning  baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi. 
Oila 
va 
jamoatchilik 
hamkorligi 
yosh 
avlodni 
muvaffaqiyatli 
tarbiyalashning  asosiy  shartlaridan  biridir.  Ota-ona    e’tiborga  oladigan,  alohida 
ahamiyat  berishi kerak bo‘lgan narsa bolani yoshligidan boshlab  biror-bir  ishga 
o‘rgatish,  unga  o‘ziga  xos  yumush  berib,  ishga odatlantirishdir.  Vaholangki,  
bola  ham  ish  o‘rganadi,  ham  jamiyatda,  oilada    o‘z    o‘rnini    topishga    harakat 
qiladi.    Bolada  mehnatga  munosabat,  ota-onasiga  munosabat,  oila  a’zolariga  
nisbatan fikri, dunyoqarashi o‘zgaradi. 
Oila    boshlig‘i    ota  –  ona  bola  tarbiyasi  haqida    yetarlicha    amaliy  va 
nazariy  bilimlarga  ega  bo`lishi  kerak.  Agar  ularda  yetarlicha  bilim,  ko‘nikma  va 
malaka  bo‘lmasa,    u  oila    a’zolari,  ya’ni    farzandlariga    yaxshi  tarbiya  bera 
olmaydi.  Oiladagi  yomon  tarbiya    faqat  oilanining  o‘ziga  hos  bo‘lmasdan,  balki 
qo‘ni-qo`shni va mahalladagi tarbiyaga ham salbiy ta’sir qiladi.  

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin