O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


  Chet elda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixidan



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
fayl 773 20210505

1.2.  Chet elda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixidan 
Reja: 
1.  Qadimgi  Yunon  va  Rim  mutafakkirlarining  oila  tarbiyasi  haqidagi 
qarashlari.  
2. Yevropa  Uyg‘onish davri  mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasining aks   
 etishi.  
3. Yan Amos Komenskiy oilada tarbiyaning o‘rni haqida.  
4. Ma’rifatparvar mutafakkirlarning oila tarbiyasiga oid fikrlari.  
5. Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari. 
   
 Tayanch  tushunchalar:  oila, oila pedagogikasi, chet el, Qadimgi Yunon 
va  Rim  mutafakkirlari,  Yevropa  uyg‘onish  davri,  Yan  Amos  Komenskiy  va    rus 
pedagoglari. 
 
Tarixiy  taraqqiyotning  keyingi  davrlariga  kelib,  ibtidoiy  jamoa  tuzumi 
o‘rnini  yangi  ijtimoiy  formatsiya  -  quldorlik  tuzumi  egalladi.  Qadimiy  Sharqda 
birinchi  sinfiy  jamiyatlar  paydo  bo‘ldi  hamda  moddiy  va  ma’naviy  madaniyatga 
asos  solindi.  Ayniqsa,  qadimgi  Yunoniston  va  Rim  xalqlari  bu  madaniyatni 
rivojlantirishda o‘zlarining katta hissasini qo‘shdilar. 
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon 
madaniyatiga  turlicha  yondashdilar  va  rivojlantirdilar.  Masalan,  Xitoyda  qog`oz 


17 
 
ixtiro  qilindi,  Hindistonda  hisoblashning  o‘nlik  tizimi  kashf  etildi, 
Mesopotamiyada  esa  yer  kurrasini  graduslarga,  sutkani  soatlar,  minutlar  va 
daqiqalarga bo‘lish o‘ylab topildi. 
Eramiz  boshlanishidan  oldin  O‘rta  Osiyoning  janubiy  chekkasiga  yaqin 
bo‘lgan  joyda  O‘rta  dengiz    bilan    Hindistonni    birlashtiruvchi    karvon  yo‘li 
qurildi.    So‘ngra    O‘rta    Osiyo    orqali    Xitoydan    O‘rta  dengizga  tomon  «Buyuk 
ipak yo‘li» ochildi.  Natijada  O‘rta  Osiyo xalqaro  savdo-sotiq markaziga aylandi.  
Bu  esa  o‘z  navbatida  O‘rta  Osiyo  vohalarida  madaniyatning  rivojlanishiga  ta’sir 
etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.  
Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik 
fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta 
bo‘lmagan  bir  qancha  quldorlik  davlatlaridan  tashkil    topgan.  Uning  mo‘tabar 
shaharlari    Lakoniya  (bosh  shahri  Sparta)  va  Attika  (bosh  shahri  Afina)dir. 
Bularning  har  qaysisida  tarbiyaning  alohida  tizimlari  vujudga  kelib,  Sparta 
usulidagi  tarbiya  va  Afina  usulidagi  tarbiya  deb  ataladigan  bo‘ldi.  Ammo  ikkala 
davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi. 
Yunonistonda  qullarni  «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar 
oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar. 
Lakoniya  (Sparta)da  kemalar  to‘xtaydigan  qulay  gavanlar  bo‘lmaganligi 
tufayli  qullar  mehnatiga  asoslangan  dehqonchilik  hukmron  edi.  9  ming  oiladan 
iborat  bo‘lgan  quldorlar  250  mingdan  ko‘proq  aholiga  hukmronlik  qilardi. 
Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. 
Tarbiya  ishlari  esa  davlat  ixtiyorida  bo‘lib,  uning  asosiy  maqsadi 
spartaliklarning  bolalarini  baquvvat,  jismoniy  sog`lom,  bardoshli,  chiniqqan 
jangchilar qilib tarbiyalash va bo‘lajak quldorlarni etkazishdan iborat edi.  
Spartaliklarning  bolalari  7  yoshgacha  uyda  yashar,  keyin  «agella»  deb 
ataluvchi  davlat  muassasasida  18  yoshga  etguncha  tarbiyalanar  edi.  Ular 
«pedonom»  rahbarligida  jismoniy  sog`lom  bo‘lish  uchun  turli  mashqlar  bilan 
chiniqtirilar,  sovuqqa,  ochlikka  va  chanqoqlikka  chidashga,  og`riqqa  bardosh 


18 
 
berishga  o‘rgatilar  edi.  Ta’limning  asosiy  qismini  harbiy  gimnastika  mashqlari 
egallar edi. 
 Qadimgi  yunon  tarixchisi,  faylasuf  olim  Plutarx  Sparta  maktablaridagi 
ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi: 
«O‘qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o‘rgatilar 
edi,  tarbiyaning  qolgan  qismi  esa  bitta  maqsad:  hech  so‘zsiz  itoat  qildirishni, 
chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi». 
Spartada  ta’lim-tarbiyaning  yana  bir  muhim  vazifasi  yoshlarni  qullarga 
nisbatan  shafqatsiz,  ularni  mensimaydigan  qilib  tarbiyalashdan  iborat  edi.  Shu 
maqsadda  yoshlar  «Kreptiyalar»da,  ya’ni  kechalari  qullarni  tutish  mashqlarida 
qatnashar, shubhali bo‘lib ko‘ringan har qanday illatni (qulni) o‘ldirar edilar. 
Yoshlarga  axloqiy  tarbiya  berishda  davlat  rahbarlari  maxsus  suhbatlar 
o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy  va siyosiy tarbiya berar edilar. Shuningdek, 
bolalarni  savol-javob  jarayonida  aniq,  qisqa    va    lo‘nda  qilib  javob  berishga 
o‘rgatib borilgan. 
Spartada  18—20  yoshga  yetganda  yigitlar  «Efeblar»  o‘spirinlar  guruhida 
harbiy xizmatni o‘taganlar. 
Spartada  qizlar tarbiyasiga ham alohida  e’tibor  berilgan. Ularni harbiy va 
jismoniy tarbiya  malakalari  bilan  qurollantirib  borilgan. Chunki erkaklar  jangga  
ketganlarida  ular  shaharni  qo‘riqlab,  qullarning    itoat  saqlashini  ta’minlar,  ular 
hatto jangda ham qatnashar edilar. 
Afinada  esa  hayot,  tartib,  intizom,  maktab  tizimi  va  undagi  ta’lim-tarbiya 
Spartanikidan  butunlay farq qilar edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada 
eramizdan ilgarigi V-IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Fan, me’morchilik va 
haykaltaroshlik taraqqiy qildi. 
Afinada  eng    ko‘rkam    va    barkamol  inson  deb  ham  jismoniy,  ham 
ma’naviy    jihatdan    yetuk    kishini  o‘zlarirning  «ideali»  deb  hisoblar  edilar.  Bu 
ideal  faqatgina  yuqori  tabaqali  quldorlarga  xos  edi.  Jismoniy  mehnat  esa  faqat 
qullarning qismati deb hisoblanar edi. 


19 
 
Afinada  bolalar  7  yoshga  yetguncha  uyda  tarbiyalanar,  o‘g`il  bolalar           
7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko‘magida uy-ro‘zg`or 
ishlariga  o‘rgatilar  edi.  Afinada  xotin-qizlarning  hayoti  uy  doirasidan  chiqmas, 
asosan. ichkarida o‘tar edi. 
Afinada  bolalar  dastlab  7  yoshdan  13-14  yoshgacha  «grammatist»  (savod 
o‘rgatish  ma’nosida),  «kifarist»  (grekcha  musiqa  o‘qituvchisi  ma’nosida) 
maktablarida  tahsil  olganlar.  Bu  maktablar  xususiy  bo‘lib,  o‘qish  pullik  edi. 
Shuning  uchun  fuqarolarning  bolalari  bu  maktablarda  ta’lim  ololmas  edilar.  Bu 
maktablarda  «didaskol»  deb  atalgan  o‘qituvchilar  mashg`ulot  olib  borar  edilar. 
(men  o‘qitaman,  degan  ma’nodagi  «didasko»  so‘zidan  keyinroq  «didaktika»  — 
ta’lim nazariyasi kelib chiqqan). 
O‘g‘il  bolalarni  maktabga  qullardan  biri  boshlab  borar  edi,  bunday  qul 
pedagog  deb  atalar    edi  («pays»  -  bola,  «agogeyn»  -  etaklab  borish  degan 
so‘zlardan olingan). Grammatist  maktabida  o‘qish,  yozish va hisoblash o‘rgatilar 
edi.  O‘qishda  harflarni  hijjalab  o‘qitish  usuli,  so‘ng  qo‘shib  o‘qish  usulidan 
foydalanganlar.  Yozuvni  o‘rgatishda  mum  surilgan  yaltiroq  taxtachalardan  
foydalanganlar.  Ular  ingichka  cho‘p  yordamida yozganlar. Sonlarni  barmoqlar, 
sopol  toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblaganlar. Kifarist maktabida  o‘g‘il  
bolalarga  adabiy  bilim  va  estetik  tarbiya  berilar,  musiqa,  ashula,  deklomatsiyalar 
o‘rgatilar edi. 
O‘g‘il  bolalar  13-14  yoshga  yetganlaridan  keyin  “palestra”  (“kurash 
maktabi”) deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki-uch yil 
davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan, sakrash, yugurish, 
kurash  tushish,  disk  va  nayza  irg‘itish,  suvda  suzish  kabilar  o‘rgatilardi. 
“Palestra”da o‘qish tekin edi, shuning uchun ham yoshlarning ko‘pchilik qismi shu 
yerda o‘qish bilan cheklanib qolar edi. 
Yoshlarning  badavlatroq  oiladan  bo‘lgan  qismi  “palestra”ni  tugatgach, 
gimnaziyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi.  Ularga  falsafa, siyosat, adabiyot 
fanlari  o‘rgatilgan.  Bu  maktabni  tugatgan  yoshlar  davlatni  boshqarishda 
qatnashishlari mumkin edi. 


20 
 
Nihoyat,  Spartada  bo‘lgani  kabi,  Afinada  ham  18  dan  20  yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarining 
siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. 
Aholining  ko‘pchilik  qismi  bolalarni  maktablarda  o‘qita  olmaganligi 
sababli  ularga  kasb-hunar  o‘rgatish  odat  tusiga  kirgan  edi.  Ayrim  xat-savodi  bor 
otalar  bolalariga  o‘qishni  o‘zlari  o‘rgatar  edilar.  Bu  kabi  tartib  davlat  tomonidan 
qonunlashtirilib  qo‘yilib,  bechorahol  tabaqaga  mansub  ota-onalar  o‘z  bolalariga 
biror  kasbni  o‘rgatishga  majbur  edilar.  Aks  holda  ularning  bolalari  kelgusida 
keksayib  qolgan  ota-onalari  to‘g‘risida  moddiy  g‘amxo‘rlik  qilishdan  ozod  etilar 
edi.  Quldor  zodagonlar  mehnat  bilan  shug‘ullanuvchi  erkin  aholiga  nafrat  bilan 
qarardi. Qullarni esa «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin