II BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA OILA PEDAGOGIKASI FANINING
RIVOJLANISHI.
2.1. Oila pedagogikasi fanining ijtimoiy- iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy
asoslari.
REJA:
1. Oila - mustaqillik yillarida davlat siyosatidagi ustuvor masala sifatida.
2. Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.
3. Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda oila va
jamoatchilik hamkorligi.
Tayanch tushunchalar: oila, davlat siyosati, mustaqil oilaviy hayot,
jamoatchilik hamkorligi.
1998-yili O‘zbekistonda 3,8 million oila bo‘lib, shundan 58,7 foizini 5 va
undan ko‘p bolali oilalar tashkil etgan. Keyingi 35 yil ichida oilalar soni
1,8 milliontaga ko‘paygan, uning 1 mln.ga yaqini shahar, 950 mingtasi
qishloq oilalariga to‘g‘ri kelgan. Yoki so‘nggi 10-15 yil davomida yiliga 250 ming
atrofida yosh oilalar vujudga kelgan. Bugungi kunda Respublikamizda har bir
oilaga taxminan 4-5 farzand to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston oilalarining 35 foizdan
ortig‘ini yosh oilalar tashkil qiladi. Yosh oilalar deganda, er va xotinning yoshi
mos ravishda 26—30 yoshdan oshmagan, 5 yilgacha nikohda bo‘lgan, bolali yoki
bolasiz oilalar tushuniladi. Mamlakat aholisining 43 foizini 15 yoshgacha
bo‘lganlar tashkil etadi. Oilalar soni o‘sib borishida, ayniqsa, Qashqadaryo,
Jizzax, Xorazm va Namangan viloyatlari alohida o‘rin tutadi.
50
Umuman, oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushuncha bo‘lib,
jamiyatning o‘zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o‘z o‘rnida jamiyat
bag‘rida vujudga keladi, rivojlanadi.
Ayni paytda oilaning jamiyatda o‘z vazifalari mavjud. Oilaning mohiyati va
vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi,
taraqqiy etishi va oiladagi vazifalarni bajarish jarayonlari har bir xalqda alohida,
o‘ziga xos xususiyatga ega.
Mustaqillik munosabati bilan o‘zbeklarning oilaviy hayotida istibdod
yillarida ta’qiq ostida bo‘lgan ba’zi xususiyatlarni tiklash masalasi hal
qilinmoqda. Masalan, tarixan tashkil topgan hovlining tashqi va ichki hovliga
bo‘linishi — xalqning milliy ruhini, iymon-u e’tiqodini, toat-u ibodatini aks
ettirgan.
Hovlilarning ichki va tashqiga bo‘linishi ayollarda farosat va malohat
tuyg‘ularini shakllantirishga, farzandlarning har xil odamlar nigohidan yiroqroq
bo‘lishiga,
ortiqcha
gap-so‘zlarni
eshitmaslikka,
kattalarning
ishiga
aralashmaslikka imkon bergan. Ayniqsa, bu milliy odat to‘y va ma’rakalarni
o‘tkazishga katta qulayliklar tug‘dirgan. Yevropa madaniyatining ko‘r-ko‘rona
targ‘ib qilinishi oilada ham o‘z aksini topdi, tarbiyaviy ta’sirning
kamayishiga,
ojizlanishiga olib keldi, ma’naviy qashshoqlanish kuchaydi. Mamlakatimiz milliy
istiqlolga erishgach, xalqning oilaviy qadriyatlari asta-sekin tiklanmoqda, sun’iy
ravishda turmushga kiritilgan ayrim oilaviy marosimlar xalq nazaridan qolib
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy
bo‘ginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyiladi
.
Yangi «Oila Kodeksi» ga va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan
«Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
BMTning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari
Umumjahon Deklaratsiyasi» ning 16-moddasida shunday bandlar mavjud:
1. Balog‘at yoshiga etgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari
bo‘yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o‘tishga va oila qurishga haqli.
51
Ular nikohdan o‘tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir
xil huquqdan foydalanadilar.
2.Nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi
asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda
davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.
Shu bilan birga oila huquqi — nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi
va shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o‘rtasida vasiylik va homiylik, bola
asrab
olish
tufayli
kelib
chiqadigan
munosabatlar;
fuqarolik
holati
dalolatnomalarini
qayd
qilish
tarzini
belgilaydigan
huquqiy
me’yorlar yig‘indisidan iborat.
O‘zbekiston
Respublikasi
1-Prezidenti
Islom
Karimov o‘zining
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida qayd qilganidek,
«Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda
o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini
ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va
munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga
quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi,
oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va
qadriyatlari shakllanadi. O’zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining,
qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa
qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining
gavharidir».
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo (1802—1885)ning bu haqdagi quyidagi
fikri juda o‘rinli bayon etilgan: «Kimki ayol huquqini himoya qilsa, bola huquqini
himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq aytganda, u kelajakni himoya qilgan
bo‘ladi».
Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayollar mavqeini o‘z
o‘rniga qo‘yishga yo‘naltirilgan nodavlat tashkilotlari ham yuzaga kela boshladi.
52
Shu jihatdan 1997-yili Toshkentda «Ayol va jamiyat» instituti tashkil topishi
bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bayon etmoq lozim. Adliya boshqarmasi
ro‘yxatidan o‘tkazilgan bu institutning tadqiqodchilik va siyosiy ta’lim bo‘limlari
mavjud.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy jabhalarda amalga
oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. Albatta, bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng ta`mal
toshlari oilada qo‘yiladi. 1-Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Xaldimiz
qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa,
jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va
barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir».
Demak, mamlakatimizda oila farovonligini ta’minlash davlatimizning asl
maqsadidir. Mamlakatimizda 1998-yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi
va shu
munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar Davlat Dasturi»ning qabul qilinishi va amaliyotga
tatbiq etilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng umumxalq muhokamasidan
so`ng «Oila Kodeksi»ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 26-martdagi 230-sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy
Markazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-
totuvligi va barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir.
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish
davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekan, u quyidagi asosiy
yo`nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
—oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila
manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini
muhofaza qilish;
—oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar
yaratish, oila a’zolarining sog‘ligini muhofaza qilish va ta’lim darajasini oshirish
uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
53
—oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar
yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash
darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash,
kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
—oilaning ma’naviy-axloqiy asoslari va madaniy manfaatlarini
takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yaratish; oilaning sog‘lom, aql-zakovatli
yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni
tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
— oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va
bolalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash
va takomillashtirish.
Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikning
huquqiy manfaatlarini qonuniy muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy
madaniyatini oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy
mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-
axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p bolali, kam ta’minlangan, nochor
oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolg‘izlarni, yetim-yesirlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish
borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.
Darhaqiqat, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va ma’naviy
madaniyatini shakllantirish; har tomonlama sog‘lom turmush tarzini qaror
toptirish; oilaning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish; oilada
tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yish; nogironlikning turli ko‘rinishlari oldini olish
chora-tadbirlarini belgilash; oilada komil insonni tarbiyalash; yoshlarni
umuinsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mustaqil hayotga tayyorlash
tizimini yaratish va amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shug‘ullanuvchi
mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab va jamoatchilik
hamkorligini mustahkamlash; oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish,
axloqsizlikning turli ko‘rinishlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar bugungi kunda
oilalarning jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir.
54
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni
shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustuvorligini ta’minlash
zamirida oila a’zolarining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanib
qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan
qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oila-nikoh
munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha Xalqaro Konvensiya,
deklaratsiya va boshqa huquqiy xujjatlarning mohiyatini chuqur anglash hamda
o‘z faoliyati jarayonida amal qilishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini
oshirish garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari huquqiy ongi va
dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng tatbiq
etish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va
bola huquq va burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila
ajrimlariga, oilada uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan
ba’zi xatti-harakatlarga yo‘l qo`yilmaydi.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo
tinchliksevar
xalqlarning
diqqat-e’tiborini
jalb
qilmoqda.
Jumladan,
mustaqilligimizning qisqa davri ichida Respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha
Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi
instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi, Oliy
Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili - Ombudsmanning tashkil etilganligi
oila, ota-ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim
qadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish institutlarining asosiy maqsadi oila
deb atalmish kichik jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning huquqiy
manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda
muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh
munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va
deklaratsiyalarning ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol namunasidir. Jumladan,
55
Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil
10-dekabrdagi 217-rezolyutsiyasi), Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952-yil 20-dekabrdagi 640-son
rezolyutsiyasi), Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq
to‘lash to‘g‘risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-
sessiyasida 1951-yil 29-iyunda qabul qilingan), Onalikni himoya etishga qaratilgan
(103) konvensiya (Jeneva, XMT tomonidan 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib
chiqilgan), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT 43-Bosh
Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda), Fuqarolik huquqlari va siyosiy
huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil
16-yanvardagi 2200-rezolyutsiyasi), Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha
shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979-
yil 18-dekabrdagi 34-, 180-son rezolyutsiyalari), Bolalarning yashashi,
himoyalanishi va rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklaratsiyasi,
boshqa mamlakatlarga bolalarni o`g‘irlab ketishning fuqarolik jihatlari
to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi (Gaaga 1980-yil 25-oktyabr), 1995-yilda
Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-
qizlarning ahvoli bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik
va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi
dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining
huquqlari himoya etilishi xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga
erishishdir.
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi, uning huquqiy himoya qilinishi
huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir.
Buning zamirida:
- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh
tabaqalariga mos
huquqiy bilim berish dasturlarini yaratish, ularning huquqiy ong va tafakkurini
shakllantirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy
ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish;
56
-
o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi
burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio
o‘quvlari uyushtirish;
-
huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal
maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-
barangligiga erishish;
-
oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish;
-
joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo‘lajak kelin-kuyovlar uchun
maxsus o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil
etish va targ‘ibot-tashviqot guruhlarinini tayyorlash;
- oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi
sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik
tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni
muhofaza qilish tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor
berish yotadi.
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy
muhit, uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga ta’sir qiladi.
Har bir davrning o`z dardi, talabi va ehtiyojlari bo`ladi. Mustaqillik odamlar
va jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko`p jumboqlarni yechish bilan barobar
ma’naviyatimizning qator muammolarini ko`ndalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa, axloq-
odob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning sabablari ko‘p: bir
tomondan, inson deb atalmish hayot gultojiga bo‘lgan munosabat o‘zgardi, uni
azaliy va abadiy pok ma’naviyat yo`liga qaytarish rejalari tuzila boshlandi; katta
yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat bo‘lmasligi,
yomonlikning millati-yu yaxshilikning chegarasi yo`qligiga qanoat hosil qildik.
Inson o‘z millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga
erishishi qog‘ozda emas, amalda tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik,
57
qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalari odamlar orasida uzoq zamonlardan buyon
shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna solib qo`ygani,
odamlarning millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli-oqibatli bo‘lishi uchun
urush yoki qahatchilik, zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari shart
emasliti, ijtimoiy adolat o‘rnatilgan joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy
fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik. Ayrim odamlarni aldash
mumkin bo`lsa ham, millatlarni uzoq vaqt laqillatib bo‘lmasligiga endi hamma
tushunib etdi.
Totalitar tuzum davrida Respublikamizda sharqona qadriyatlar asosida
oilani barpo etish, shakllantirish va barqarorligini ta’minlashga yetarli e’tibor
berilmadi. Oilani jamiyatning asosiy yacheykasi sifatida har tomonlama muhofaza
etish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarilmadi.
Xalqimizning axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, inson
qadr-qimmati to‘g‘risidagi tasavvurlariga zid bo‘lgan o‘zga madaniyat an’analari
yoshlar ongi, dunyoqarashi va shuuriga salbiy ta’sir etishi natijasida salbiy
hollarning paydo bo‘lishi yuz berdi.
Dostları ilə paylaş: |