O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
fayl 1491 20210818

Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1.Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Shoirning o‗qish, odob haqidagi qaysi asarlarini bilasiz? 
3.Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
4. Uning Vatan, tabiat va bolalar o‗yinlari haqidagi asarlarining o‗quvchilarga 
ta‘siri qanday? 
5. A. Ko‗chimovning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 
6. Shoir she‘rlarida bolalar hayoti qanday aks ettirilgan? 
7. A. Ko‗chimovning adib sifatida bolalar adabiyotida tutgan o‗rni qanday? 
Adabiyotlar: 
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
4..www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 


168 
HAMZA IMONBERDIYEVNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI. 
HAMZA IMONBERDIYEV ASARLARINING MAVZU DOIRASI. HAMZA 
IMONBERDIYEVNING “ADOLAT KALITI” ERTAGIDA ILGARI 
SURILGAN G'OYALAR. ABDURAHMON AKBAR IJODIDAGI RANG-
BARANGLIK. ABDURAHMON AKBARNING QOFIYALI NASR(SAJ‟) 
SHAKLIDAGI TURKUMIDAGI SHE‟RLARNING O„ZIGA XOSLIGI. 
ABDURAHMON AKBARNING VATAN, TABIAT VA BOLALAR 
O„YINLARI HAQIDAGI SHE‟RLARI HAQIDA. ABDURAHMON 
AKBARNING ALIFBO SHEHRLARI HAQIDA 
Reja: 
 
1.Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodiy faoliyati. 
2. Abdurahmon Akbar ijodining rang-barangligi. 
1.
 
Hamza Imonberdiev 1954- yilda Qozog‗iston 
Respublikasi 
Chimkent 
viloyatining 
Suzoq 
qishlog‗ida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi 
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika 
universitetining filologiya fakultetida Abusaid 
Ko‗chimov, Abdug‗affor Hotamov kabi yozuvchilar, 
SHuhrat Jabborov, Hamid Habibullaev kabi taniqli 
jurnalistlar bilan birin-ketin o‗qidi.  
Talabalik yillarida yuqoridagi ijodkor do‗stlari bilan O‗tkir Rashid rahbarlik qilgan 
fakultetning «CHashma» to‗garagida, universitetning «Ma‘rifat yo‗lida» gazetasida 
she‘riy mashqlarini tobladi.Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bo‗lajak 
bolalar shoiri H. Imonberdiev o‗z mehnat faoliyatini «Tong yulduzi» gazetasida boshladi. 
Umrining so‗nggi o‗n yilini esa «Cho‗lpon» nashriyotida, kichkintoylar uchun katta 
adabiyot chop etadigan maskanda muharrirlik bilan o‗tkazdi. 


169 
Talabalik yillaridayoq ijodda kitobxon ko‗ziga tashlanib qolgan bolalar shoiri 
Hamza Imonberdiev «Quvnoqlar quvonchi», «Shokoladxo‗rlar», «Kulgi shaharchasi», 
«G‗aroyib pufak», «Oydagi tomosha», «Qutichada mitticha», «Lofchilar — 
aldoqchilar», «G‗aroyib Kent hangomalari», «Bir kunlik mo‗‘jiza» kabi kitoblar muallifi 
sifatida bolalar dilidan mustahkam joy oldi. 
Shoir asarlari rang-barang, mavzu doirasi keng. U har bir katta-kichik asarida kenja 
kitobxon do‗stlarini nimagadir o‗rgatadi, o‗rganishga, ibrat olishga, turmushda xulosa 
chiqarib yashashga chorlaydi. 
Xalqda: «Birovga chuqur qazisang, unga o‗zing qulaysan», degan naql bor. Bu 
borada «Kalila va Dimna»da juda ibratomuz bir hikoya bor. U har qanday odamga ta‘sir 
qiladi: 
«Bir kuni Qoraquloq o‗rmon chetiga chiqib o‗tirgan edi, bir sichqonning jahd-u 
jadal bilan daraxt tomirini kemirayotganini ko‗rib qoladi. 
Daraxt tilga kirib unga dedi: 
— Ey, dilozor va sitamkor! Nima uchun jonim rishtalarini qirqyapsan? 
Sichqon uning nola-yu zoriga e‘tibor bermay, o‗z ishini davom ettiraverdi. Nogah 
bir burchakdan ilon chiqib, sichqonga hamla qildi va bir zumda yutib yubordi. Qoraquloq 
bu voqeadan «Dilozorning jazosi ozor ekan», degan xulosa chiqarib oldi. 
Shu vaqt bir tarafdan tipratikan kelib, ilonning dumidan tishladi-yu, boshini ichiga 
tortib g‗ujanak bo‗lib oldi. Ilon jahl bilan unga o‗zini ura boshlagan edi, a‘zoyi badanini 
tikanlar pora-pora qilib yubordi. Ilon o‗sha zahoti o‗ldi. Qoraquloq bundan ibrat darsi 
oldi. Ilon o‗lgach, tipratikan boshini chiqarib, uning yaxshi-yaxshi joyidan tanlab yedi. 
Qorni to‗ygach, daraxt soyasida koptokdek bo‗lib yumalab, huzur qilib yotgan edi, nogah 
bir och tulki kelib qoldi. Tipratikanning nayzalaridan qo‗rqib, uni hiyla bilan 
o‗ldirmoqchi bo‗ldi. U tipratikanni ag‗anatib qorniga yozildi.Tipratikan yomg‗ir 
yog‗yapti shekilli deb o‗ylab, boshini chiqargan ham ediki, tulki bir hamla bilan uni 
cho‗rt uzdi, bo‗shashib qorni ochilib qolgan tipratikanni ishtaha bilan yeb oldi. SHu vaqt 
bo‗riga o‗xshagan vahshiy bir it kelib, tulkini turgan yerida bo‗g‗ib, uning go‗shti bilan 
ochligini qondirdi. 
Qoraquloq bu ajoyibotlarni ko‗rib, hayron qolib yotar edi. 


170 
It endi dam olishga hozirlik ko‗rayotganda bir qoplon kelib, uning siynasidan oldi. 
Qoplon hali itni tugatmagan ham edi, ovchi kelib, bir o‗q bilan uni tinchitdi. Qoplonning 
joni hali uzilmagan edi, u yerdan bir otliq o‗tib qoldi. Unga qoplonning terisi yoqib, ovchi 
bilan urisha boshladi. Qilich solib, ovchining boshini tanidan judo qildi va qoplonning 
terisini olib yo‗lga tushdi. U yuz qadam ham yurmagan ediki, oti qoqilib, yerga yiqildi. 
Gardani sinib, shu onda halok bo‗ldi». 
Bolalar shoiri Hamza Imonberdiev «O‗q» she‘rida xuddi shunga yaqin bir voqeani 
yosh kitobxonga havola qildi. Kamondan bemavrid otilgan o‗q hayotda bosar-tusarini 
bilmaydi, u o‗ta dahshatli, qasd qilish ishtiyoqida hammaga dag‗dag‗a qiladi. O‗q hech 
kimni nazar-pisand qilmaydi, chor tomonni nobud qilaman, otaman, bag‗rini tilaman, 
o‗ldiraman, deb oldinga intilaveradi: 
Kelib qoldi ro‗baro‗
O‗tib ketdi bir yondan. 
Ona Jayron yo‗lida.
Hamon uchib borar u 
Quyosh ko‗kda qotdi tosh,
Qora ajal qo‗lida. 
Nafasini yutgancha.
Kelib qoldi ro‗baro‗ 
Gullar ma‘yus egdi bosh 
Keksa CHinor yo‗lida. 
O‗zligin unutgancha.
— Hoy, ko‗zingga qara-da,
Qochar Jayron quyunday 
Titrab dodladi CHinor,
Tuyog‗idan chaqnar o‗t. 
Bag‗rimdagi inlarda 
— Jon o‗q, tegma, uyimda
Axir palaponlar bor! 
Kutar bolam, ko‗zi to‗rt! 
O‗q voz kechib nishondan, 
O‗q voz kechib nishondan,
O‗tar-ketar bir yondan... 
Odatda, kim haddidan oshsa, yon-atrofdagilar bilan hisob-kitob qilib yashamasa
o‗ziga ortiqcha bino qo‗ysa, albatta, hayotda qoqiladi. CHor tomonga dahshat solib, 
hammaningjonini olmoqchi bo‗lgan o‗q o‗ziga nisbatan zo‗rroq mergan otgan o‗qqa 
duch kelib vayron bo‗lishi kitobxon bolalarni quvontiradi. 


171 
Inson hayotda sog‗lom, tetik, qo‗rqmas, jasoratli bo‗lib kamol topishi zarur. 
Mabodo u soyasidan ham cho‗chib, hadiksirab, qo‗rqib yashaydigan bo‗lsa, bunday bola 
kelajakda omadsiz, tolesiz bo‗lib qoladi. 
Bolalar adabiyotida o‗y o‗ylash, xayol surish, xayoliy orzular bilan yashash ijobiy 
natija berishi to‗g‗risida ko‗p gapiriladi. Bunga misol qilib G‗afur G‗ulom, Quddus 
Muhammadiy, Po‗lat Mo‗min, Miraziz A‘zam asarlaridan ko‗plab misollar keltirishimiz 
mumkin. Bolalardagi bunday shirin tuyg‗ularni Hamza Imonberdiev ham to‗g‗ri payqay 
olgan. «Lofchilar — aldoqchilar» asarida u kichkintoylardagi mana shunday orzu-
havasni o‗ziga xos usul bilan ochib berishga erishgan. 
Ali xayolan qushcha shaklini yaratdi. Uni tomosha qilishga Valini chaqirdi. Vali 
ko‗rsaki, qushcha yo‗q. Lekin Alining bo‗sh kelmasligi kitobxonda yaxshi taassurot 
qoldiradi. 
Hamza Imonberdiev o‗zi bilimdon, o‗ta madaniyatli, to‗g‗riso‗z, halol, pok, ozod va 
obod O‗zbekistonimizni juda qattiq suyadigan ajoyib inson bo‗lganligi uchun ijodining 
mundarijasi ham shunday. Adolat masalasida u ko‗p jon kuydirar va bu haqda ko‗plab 
asarlar yaratgan edi. 
Hadislarda to‗g‗riso‗z, halol, pok bo‗ling, deyiladi. Kimki bunga qattiq amal 
qiladigan bo‗lsa, el-yurt o‗rtasida xijolat bo‗lmaydi, obro‗-e‘tibori oshadi. «Adolat kaliti» 
ertagida Hamza Imonberdiev xuddi shu haqda gap yuritadi. Asar boshlanishidayoq yosh 
kitobxonlarni o‗ziga tortadi: 
Hayron quyosh, loldir oy, 
Necha kun-u necha oy 
Ikki elat urushar, 
Bir-birlarin qirishar. 
O‗rtaga kimki tushsa, 
Biz haqmiz, deb turishar. 
Hamma gap, hamma balo ana shu «biz haqmiz»da. Buning asl boisi, sababini hech 
kim tushunmasligida. Qonli urush davom etaveradi. Bundan podshoh ham hayron: 
Podshohning boshi qotgan,
Halovatin yo‗qotgan.
Ojizligin his etib.
Og‗ir xayolga botgan. 


172 
Chorasiz qolgan podshoh bu ishni — qonli urushni to‗xtatish chora-tadbirini 
qidiradi. Bu jumboqni yechadigan, urushga chek qo‗yadigan adolatli, xalq manfaatini o‗z 
manfaatidan yuqori qo‗yadigan bir Odilbek otli qozini toptiradi. 
Hamza Imonberdievning o‗nlab qo‗shiqlari, ko‗plab doston-ertaklari bolalar tilida 
kuylanmoqda, o‗qilmoqda. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin