1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
F.Q.KIYIKBAYEV
BOLALAR ADABIYOTI
5111800 -
Maktabgacha ta‘lim yo`nalishi talabalari uchun
o‗quv qo`llanma
ANDIJON -2020
2
F.Q.KIYIKBAYEV
BOLALAR ADABIYOTI
Ushbu o`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining maktabgacha ta`lim
yo`nalishi talabalari, magistrlari hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlari
tarbiyachilari uchun mo`ljallangan. ―Bolalar adabiyoti‖ o`quv fan dasturi
asosida ishlab chiqildi.
Taqrizchilar: Abdullayeva M.A. - Andijon viloyato Maktabgacha
ta`lim boshqarmasi boshligi , p.f.n., dotsent
Teshaboyev A. – ADU kafedra muduri, p.f.n., dotsent
3
SO`ZBOSHI
Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy,
ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy
asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti
tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va
doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod
namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga moʻljallab
yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar
adabiyoti ga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u
kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon
yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye,
maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik
kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun
yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila
boshlaydi.
Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan
Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning
tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma",
"axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti
ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai
Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston",
Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida
oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror",
"Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va
"Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning
mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan
4
asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga
xizmat qilib kelmoqda.
Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan
maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr
boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy,
Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning
"yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan
ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom
maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun
maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash
20-asr boshlariga xosdir.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor anʼanalari
taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyoti ning nodir namunalari oʻzbek tiliga
tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo),
"Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon
adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish
Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan
rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I.
A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K.
D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni
shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga
kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos
xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar
guruhi shakllandi. 20-asrning 20—30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom,
Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar
Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla,
Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning asarlari oʻzbek Bolalar
5
adabiyoti ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim
ahamiyatga ega boʻldi.
Oʻzbek bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid
Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning
"Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning
"Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning
"Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi
anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar
sirasiga kiradi. 30- yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi
kengaydi.
40—60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar
yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh,
Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi.
Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy,
Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar
yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh
kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat
ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va
tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.
50—60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik",
Abdulla
Qahhorning
"Oʻtmishdan
ertaklar",
Nazir
Safarovning
"Koʻrgankechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush
boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni
minib", "Sariq devning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular
koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar",
"Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb
muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor
qozondi.
6
80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov,
Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh
avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan
eʼtiborga sazovor boʻldi.
Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin
tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida
tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyoti ning taraqqiyot
tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar
adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi
va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi.
Jumladan, 20 a. boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyoti da koʻproq maʼrifatparvarlik
gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot
tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot
elementlari kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi,
yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib
kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi
mavjud.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi.
Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi
Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning
asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada
yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari
koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh
ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki
ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon
obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh
qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam
Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa
tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik
7
taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana
boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos,
endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu
borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan
faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi
vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.
Ushbu qo`llanma bo`lajak maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilari uchun
mo`ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |