8
I BO`LIM. “BOLALAR ADABIYOTI” FANINING YETAKCHI
TAMOYILLARI
“BOLALAR ADABIYOTI” FANINING MAQSAD VAZIFALARI.
BOLALAR KITOBXONLIGI
Reja :
1. Bolalar adabiyoti faniningmaqsad va vazifalari.
2. Bolalar kitobxonligi haqida.
3. Bolalar adabiyotiga qo`yiladigan talablar
4. Bolalar kitobxonligiga erishish usullari.
Ma‘lumki, inson komillikka yetishishi uchun ma‘naviy dunyoqarashi keng
bo`lishi, odobli, bilimli bo`lishi bilan birga kattalarning pand-nasihatlariga astoydil
e‘tiborli bo‗lishlari talab etiladi.
Bolalar adabiyoti fani bolalarni imon-e‘tiqodli, vatanparvar shaxs etib
tarbiyalashda muhim vositadir. Kichkintoylarga atab yoziladigan har
qanday badiiy
asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo‗lishi, ular qalbida chuqur
o‗y-fikrlar uyg‗otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‗oyalarga boy bo‗lishi, ularni
ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi,
mavzular tushunarli,
sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta‘sir ko‗rsatib, ana shu
talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik
nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi.
Adabiy
asarning tili uning g‗oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir.
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va
fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
9
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor
qilib yoza bilishi
kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim.
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta
ta‘sir ko‗rsatadi, so‗z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga,
halol yashashga, ilm-fan cho‗qqilarini
egallashga, xalq uchun foydali yangi
kashfiyotlar qilishga o‗rgatadi. Kitob xalqimizning o‗tmishi, ilg‗or madaniyatimiz,
fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‗ularini o‗stiradi.
Bolalar ta‘lim-tarbiyasida bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi
jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Bolalar adabiyoti bo`yicha kitobxonlik — kitob o‗qish,
tinglash, hikoya qilish
kabi talablarni o`z ichiga oladi.
Bolalar kitobxonligini o‗quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga
ko‗ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7
yoshgacha).
2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12
yoshgacha).
3.O‗rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13— 14 yoshdan 15 — 17
yoshgacha).
Dostları ilə paylaş: