O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
fayl 1491 20210818

 Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1. Bolalar adabiyotining paydo bo‗lishi haqida nimalarni bilib oldingiz? 
2. Bu adabiyotning maydonga kelishida SHarq allomalarining roli nimada? 
3. O‗tgan asrning 30- 40- yillarida kimlar bolalar adabiyoti bo‗yicha ijod 
qildi?
4. O‗tgan davrda she‘riyat, nasr, dramaturgiya, bolalar adabiyot-
shunosligining rivoji qanday bo‗ldi? 


56 
5. Bolalar adabiyotining so‗nggi yillar davri yutuqlari to‗g‗risida nimalarni 
bilasiz? 
 
Mustaqil o`qish uchun tavsiya etiladigan asarlar: 
 
1.Shukur Sa‘dulla asarlarini o`qish. 
2.Xudoyberdi To‗xtaboev ‖ Sehirli qalpoqcha ―. 
 
Adabiyotlar: 
1. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2. M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
3. Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 
 
 
 


57 
A.AVLONIY VA H.H. NIYOZIY IJODIDA TA‟LIM-TARBIYAGA OID 
G`OYALAR 
Reja: 
1. 
A.Avloniyning hayoti va ijodi. 
2. 
―Turkiy guliston yoxud axloq‖ asarining ta ‘Iimiy va tarbiyaviy ahamiyati. 
3. 
H.H. Niyoziy- ma‘rifatparvar shoir. 
 
Abdulla Avloniy pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi 1878- yilda Toshkent 
shahrida to‗quvchi oilasida dunyoga keldi.U boshlang‗ich diniy maktabda va 
madrasada o‗qidi, ilm-fanga ixlos qo‗ydi. O‗zbek va boshqa Sharq xalqlari 
adabiyotini berilib o‗rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlab she‘rlar 
yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she‘rlari o‗sha davr 
vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi. 
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan 
bahramand qilishni o‗zining birdan bir burchi deb 
bildi va 1904- yilda o‗zi yashab turgan joy — 
Mirobodda maktab ochdi. Abdulla Avloniy 
maktab har tomonlama bolani o‗ziga tortishi 
uchun harakat qiladi.Uning qo‗lidan duradgorlik 
ishlari ham kelar edi.Shuning uchun u yozuv 
taxtasi, parta yasab, barcha o‗quv jihozlarini 
o‗zgartirdi.
Bu yerda o‗qiydigan bolalarning ko‗pchiligini kambag‗allarning bolalari 
tashkil etganligi sababli tarbiyachi boy-badavlat do‗stlarining ko‗magida «Jamiyati 
xayriya» tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, 
qalam berilishini ta‘minlaydi. 


58 
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o‗quvchilarning soni 
ko‗paya boradi. 
Abdulla Avloniy o‗zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy 
fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand 
bo‗lishlariga harakat qildi. U bolalarga jug‗rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, 
handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma‘lumotlar berdi. 
U 1907- yilda «Shuhrat» deb nomlangan gazeta tashkil etdi va uning 
sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ‗ib 
etdi. Jumladan, gazetaning birinchi sonida: «Matbuot har insonga o‗z holini 
ko‗rsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorong‗u kunlarni yorituvchi, xalq 
orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g‗oyalarini yoyuvchidir», deb yozgan 
edi. 
Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy she‘rlar» deb nomlangan to‗rt 
qismdan iborat bo‗lgan darsligida bolalarni maorif-madaniyatga chorlaydi, 
yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi. 
O‗sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi tarbiyachi» 
— «Alifbe», «Ikkinchi tarbiyachi» — «O‗qish» kitoblari katta rol o‗ynadi. 
Abdulla Avloniy 1904- yildan umrining oxiriga qadar o‗qituvchi bo‗lib 
ishladi. U ko‗plab she‘rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» 
kabi darsliklar bilan hozirgi zamon o‗zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo‗ygan 
edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan «Turkiy guliston yoxud axloq» Yusuf 
Xos Hojibning «Qutadg‗u bilig», Nosir Xusravning «Saodatnoma», Sa‘diyning 
«Guliston» va «Bo‗ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-
qulub», Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari kabi o‗ziga xos tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. 
Unda Abdulla Avloniy o‗zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. 
Asarning so‗zboshisida muallif bu haqda shunday yozadi: «Men bu asarimni 
maktablarimizning yuqori sinflarida ta‘lim bermak ila barobar ulug‗ adabiyot 
muhiblari — axloq havaskorlarining e‘tiborlariga taqdim qildim». 


59 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin