22
Topishmoq
Qadim-qadim zamonlarda ham o`zbek xalqi o`z bolalarini kuchli, epchil, aqlli
qilib tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. O`sha paytlarda hali bolalarga ta‘lim-
tarbiya beradigan maktablar yo`q edi. Ana shuning uchun ham xalq turli o`yinlar
va boshqa vositalar o`ylab topgan. ―Bekinmachoq‖, ―Chillak‖ka o`xshash
o`yinlarda ishtirok etuvchi bolalarda chaqqonlik, epchillik kabi jismoniy hislatlar
paydo bo`la borgan. Xo`sh, endi bolalarning zehnini charxlash uchun nima qilish
kerak edi? Topishmoq, jumboq singari aqliy o`yinlar ana shu savolga javob izlash
jarayonida xalq tomonidan yaratilgan. Topishmoqlarning ham ijodkori xalqdir.
Yuzaki qaraganda kattalar bilan bolalar, bolalar bilan kattalar o`rtasida
topishmoqlar aytish, shunchaki bir ermakday tuyuladi, zerikmaslik uchun, vaqtni
tez o`tkazishga qaratilganday ko`rinadi. Aslida esa topishmoqlar fikr qayrovidir,
ular orqali bola obrazli fikrlaydigan va obrazli so`zlaydigan bo`ladi. Topishmoqlar
bolada so`z boyligini orta borishiga va nutqining o`sishiga yordam qiladi. Bolaga
topishmoq topishni o`rgatish bilan unda fikrlashning asta-sekin yuksalishiga sabab
bo`ladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri
topishmoqdir. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan
chambarchas bog`langan bo`lib, hammavaqt real voqelikka asoslanadi. Unda
atrofimizni o`rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir
topishmoq o`ziga xos shakl va mazmunga ega bo`lgan mustaqil bir asardir. Unda
falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati
nihoyatda go`zal, obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa
o`rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An‘anaviy
topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman har bir ob‘ektga
badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o`xshatish orqali
jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan ob‘ekt-narsa yoki
tabiat hodisalarning otini aytib berish, ma‘nosini topish, yashiringan narsani
echish, bilishdan iborat.
23
Shu narsa diqqatga loyiqki, har bir topishmoq turmush bilan chambarchas
bog`langan bo`ladi. Topishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiy-estetik
tomonlari, xalqning urf-odatlari aks etadi. Unda tabiat, tabiat hodisalari va
narsalarni bir-biriga taqqoslash, o`xshatish orqali borliqni, undagi mavjud
narsalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga katta yordam beradi.
Xalq og`zaki ijodining eng boy janrlaridan biri bo`lgan topishmoq ikki
qismdan iborat bo`lib, topishmoqning asosiy qismi bo`lgan javob obrazlar orqali
jumboqlangan ob‘ekt-narsaning otini aytib berishdan iboratdir. Uning savol-
jumboq qismi tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni, umuman, ob‘ektni badiiy tus
berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o`xshatish orqali jumboqlashdan tashkil
topgan. Topishmoqning jumboq qismi bilan javobi birlikda bir butunlikni tashkil
etadi.
Topishmoq o`z ichiga borliqdagi hamma narsa va hodisalarni, ularning turli-
tuman ko`rinishlarini qamrab oladi. Osmon, ko`k, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat
hodisalari; odam va uning a‘zolari; hayvonot dunyosi; qushlar, hashoratlar; daraxt,
har turli o`simliklar, meva, sabzovotlar; uy-ro`zg`or buyumlari; mehnat qurollari,
umuman, hamma narsalar haqida ko`plab topishmoqlar yaratilgan.
Zero, topishmoq hozirgi vaqtda ham o`zining g`oyaviy, tarbiyaviy
ahamiyatini yo`qotgan emas. Hozirgi kunda ham har xil narsa va hodisalar haqida
yangidan-yangi
topishmoqlar
yaratilmoqda.
Topishmoqlar
ayniqsa,
kichkintoylarning fikrlash qobiliyatini o`stirishga, ularni muayyan bir fikrni badiiy
tusda ifodalashga va ziyraklikka, topqirlikka o`rgatadi.
Yaxshi tarbiya – bolalarni istagan paytda ojizni himoya qilishga tayyor
turuvchi insonparvar kishilar sifatida voyaga etkazishdan iboratdir. Bolalikda bu -
hayvonlarni himoya qilishdan, hatto, ninachilar, kapalaklar va gullarga rahmdil
bo`lishdan boshlanadi.
Deylik, deraza oldida ikki bola turibdi. O`g`il bola – ikki yoshda, qiz esa
to`rtda. Ular oynaga burunlarini taqagancha ko`chani tomosha qilishayapti. Oxiri
ko`chaga qarash jonlariga tegib, oynaga urilayotgan kapalakni tutib olishdi-da,
24
qanotlarini yulib tashlab, uning o`rmalashini tomosha qila boshlashdi. Ularga bu
juda qiziq tuyulardi. Avval uchib yurgan edi, endi bo`lsa o`rmalayapti.
- Dada, oyi, - deyishdi ular hayajonlari oshib-toshib. – Bu yoqqa kelib, mana
buni ko`ringlar!
Ularning bu o`yiniga dadasining negadir qaragisi ham kelmadi.
- Kapalakning qanoti ham xuddi sizlarning qo`llaringizga o`xshaydi, - dedi u.
– Mabodo kuchli bir odam sizlarni ham kapalakka o`xshatib o`ynaganda yaxshi
bo`larmidi? Hech kimning va hech narsaning jonini og`ritmaslik kerak.
Tabiiyki, bolalar nima qilishlarini bilmay, bir-birlariga tikilib qolishadi. Ana
shunda ota jahlidan tushib, avval o`zi aytib bergan, bolalarning o`zlari o`qigan
tabiatni
– jonivorlarni, parranda-yu, darrandalarni, qurt-qumursqalarni
o`ldirmaslik, parvarish qilish, ko`paytirishdek vazifalarni ularning eslariga solsa va
shu yo`sinda jozibali topishmoqlar aytishni boshlab yuborsa, ayni muddao
bo`lardi.
Uy hayvonlari, jonivorlar orasida hamma uchun yaqini, suyuklisi, e‘zozlisi
sigir hisoblanadi. Har qanday holatda ham sigir oila boquvchisi, yordamchisi
hisoblanadi. U parvarish qilinsa, o`z vaqtida o`t-emi berib turilsa u sutu qaymoq
bilan mehmon qilaveradi.
Dostları ilə paylaş: |