173
Ko‗nglini hushlab turar.
Bir tola ham qoldirmay
Toza
tersang qancha sen,
Aio qo‗ydim deganday
Ko‗rsatar besh panjasin.
BIR SO„Z
Men Loladan xafaman,
Boshqa o‗rtoq topaman.
— Shaddod, — degan so‗zimga,
Qarab turib ko‗zimga,
Dedi qasddan:
— Bilvol, san
Badbashara,
Xumboshsan!
Shunchalik aybim ko‗pmi?
O‗zida-chi, ayb yo‗qmi?
Bo‗ldi, undan xafaman,
Boshqa o‗rtoq topaman.
Neki bersa oyimiz
Boiib yerdik doim biz.
Ranjitsa uni birov,
O‗ch olar edim darrov.
Uni do‗stim degandim,
U deb kaltak yegandim.
U boisa bitta so‗zga,
Qaramay yuz-u ko‗zga
Shuncha gapni to‗qidi,
Bitta do‗stim yo‗q endi...
Men Loladan xafaman,
Boshqa o‗rtoq topaman.
URUSHQOQLAR
Qoida yog‗och-avtomat,
„Urush-urush― o‗ynaymiz.
Kalishlar — granata.
Bir-birimiz poylaymiz.
174
Goh ko‗krakka uramiz:
— Dushmanga yer yo‗q, — deb.
Goh yuztuban qulaymiz,
Naq yurakdan „o‗q― yeb.
Ba‘zida chinqiramiz:
— Paq-puq, otdim, yiqil, — deb.
Dushman tan olmas: — O‗qing
Qiyshiq ketdi, — nuqul deb.
Hamma bola o‗yinda
„Jang― qiziydi tobora,
Faqat Nodir
raketa
Yasash bilan ovora.
— Urushqoqlar ichida
Yashab netaman,— der u.
— Olis sayyoralarga
Uchib ketaman,— der u.
Buni eshitib bizlar
Darrov uni o‗raymiz.
— O‗zing bilan bizni ham
Ola ket, — deb so‗raymiz.
Rozi bo‗lar do‗stimiz:
— Chiqinglar, — deb imlaydi.
— Biz kashf
etgan sayyora
Urush nima bilmaydi!
Dostları ilə paylaş: