Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.Sh.Perro ertaklarining bolalar adabiyotida tutgan o‗rni qanday?
2. ―Qizil Shapkacha‖ ertaginng tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3. ‖Etik kiygan mushuk‖ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
4.Aka-uka Grimmlar bolalar adabiyotining rivojlanishiga qanday hissa
qo‗shdilar?
192
5.Grimmlar ertaklarida qanday sifatlar ulug‗lanadi va qanday yaramas
odamlar kulgi ostida qoladi?
6. ―Botir tikuvchi‖ ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
7.Andersen ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati qanday?
8.Bolalar gurungi‖dagi bolalarning o‗zaro suhbatidan qanday xulosa
chiqardingiz?
9.Kambag‗al bolaning mashhur rassom bo‗lib yetishishiga asosiy sabab nima
deb o‗ylaysiz?
10.―No‗xat ustidagi malika‖ ertagida qanday g‗oya ilgari surilgan?
Adabiyotlar:
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil.
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor
an‘analari Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN YARATGAN ERTAK-
DOSTONLARDA ILGARI SURILGAN G„OYALAR. NIKOLAY
ALEKSEYEVICH NEKRASOV HAYOTI VA IJODI. NIKOLAY
ALEKSEYEVICH NEKRASOVNING BOLALARGA ATAB YARATGAN
ASARLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Reja:
1. .Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan asarlarda ilgari surilgan g‗oyalar.
2. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning hayoti va ijo.
193
Aleksandr Sergeyevich Pushkin
(1799-1837)
xalq og‗zaki ijodini
bolalikdan berilib o‗rgandi. Buloqdek
qaynab-toshgan xalq og‗zaki ijodi
shoirning ilhomiga ilhom qo‗shdi.
Kelajakda mashhur shoir bo‗lib,
jahonga tanilishida boy manba bo‗lib
xizmat qildi. U, ayniqsa, o‗zining
ertak,
dostonlari
bilan
yosh
kitobxonlarning
hurmat-olqishiga
sazovor bo‗lib kelmoqda.
A.S.Pushkin o‗zining ―Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak‖(1831),
―Baliqchi ham baliq haqida ertak‖(1833),‖O‗lik malika va yetti bahodir haqida
ertak‖(1833), ―Oltin xo‗roz haqida ertak‖(1834) kabi ertak – dostonlari bilan
jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Yuqorida biz ta‘kidlab o‗tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq
og‗zaki ijodi ta‘sirida yuzaga kelgan. Folklorda qayta takrorlash bir fikrni boshqa
so`zlar bilan takrorlashga o`xshashdir
9
. (7 bob Eikhimbaum)
Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganini ko‗ramiz. Masalan, shoir
―Ajoyib bolalar‖ xalq ertagi asosida ―Shoh Saltan... haqida ertak ‖, ―Qurimsoq
kampir‖ ertagi va rus xalq folklorining to‗plovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib
bergan syujet asosida ―Baliqchi ham baliq haqida ertak‖, ―Sehrli ko‗zgu‖ ertagi
asosida ―O‗lik malika va yetti bahodir haqida ertak‖ uzoq yillar xalqni ayovsiz
ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o‗tgan va uning hatto pok
xizmatlarini o‗zida mujassamlashtirgan ―SHabarsha batrak‖ asosida ―Pop va uning
xizmatkori Balda haqida ertak‖ yotganligini ko‗ramiz.Bu ertaklarning hammasi
shoirning ijodxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada o‗qimishli, ta‘sirli chiqqan.
9
Empson
Theory of literature Yale University- 2012 Chapter 6– Page 78
194
A.S.Pushkin oddiy mehnatkash xalqni yaxshi ko‗radi,uni iloji boricha
himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi.Suning uchun ham uning ertak-
dostonlarida xalqqa bo‗lgan cheksiz muhabbat tuyg‗usi barq urib turadi.
Dadon shohni oling,(―Oltin xo‗roz haqida ertak‖). U g‗irt ahmoq. Na xalqni
sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o‗taketgan darajada
maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan o‗zga
yurtlik makkora ayolni ustun qo‗yadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh
xalq qahr-g‗azabiga duchor bo‗ladi. Oltin xo‗roz tepkisidan halok bo‗lgan shohga
birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning o‗limi ularga shodlik va ozodlik
baxsh etadi.
Pop (―Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak‖) obrazi ustida shoir
qattiq ishlaydi. Uning tekinxo‗r, ochko‗z, o‗zgalar hisobiga umr kechiradigan bir
pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi.
Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda
obrazini ijod cho‗qqisiga ko‗taradi.
Ikki qahramonning qul bozoridagi o‗zaro suhbatidan kitobxon kim qanday
odam ekanligini darhol sezadi:
―Bo‗lsin oshpaz, otbaqar ham duradgor.
Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?‖
Balda debdi:‖Yaxshi malay bo‗layin,
Bergan obi yavg‗oningga ko‗nayin.
Xizmatimga haq to‗lasan shu xilda:
Peshonangga uch chertaman bir yilda‖.
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxo‗rlik, ochko‗zlikning ham
poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini yeb halok bo‗ladi.
―Baliqchi va baliq haqida ertak‖ dostonida shoir pok muhabbat mangu
bo‗lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‗tgan kunni unutmaslikni istaydi.
Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to‗kib boylik orttirmasa, birovlar
hisobiga boyiydigan bo‗lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikicha
qolib ketishini kampir qismati bilan chog‗ishtirib hikoya qiladi. Dltin baliq o‗z
195
mo‗‘jizasi bilan yer yuzi, butun olam hukmroni bo‗lib olgan kamir cholni
mensimaganligi uchun, ochko‗z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos
bilan qolib ketaveradi. Buni shoir juda chiroyli ifodalaydi:
Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko‗rsa: tag‗in yana o‗sha yerto‗la.
Bo‗sag‗ada o‗tirar kampir,
Qarshisida teshik tog‗ora.
Rostgo‗y, haqiqatni yoqlovchi shoir ―O‗lik malika va yetti bahodir haqida
ertak‖, ―SHoh Saltan... haqida ertak‖ asarlarida haqiqat bir kun emas bir kun,
albatta, qaror topadi, hamma baxtiyor bo‗ladi, degan fikrni ilgari suradi.
A.S.Pushkinning xalq og‗zaki ijodiga asoslanib yozgan ―Ruslan va
Lyudmila‖ asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri
hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‗shiqlari, afsonalari bu g‗aroyib asarga favqulodda
go‗zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o‗zida mujassamlashtirgan
yorqin iste‘dod egasigina shunday asar yarata oladi.
Mashhur rus romantik shoiri V.A.Jukovskiy ―Ruslan va Lyudmila‖ poemasi
nashr etilgach, Pushkinga ―G‗olib o‗quvchimga mag‗lub murabbiyidan‖ deb
yozilgan portretini sovg‗a qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, zamondan ilgarilab
ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu otashin shoiri bo‗lib
qolmoq baxti nasib etdi.
Dostları ilə paylaş: |