O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
fayl 1491 20210818

 
Adabiyotlar: 
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
4..www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 


184 
 CHET EL BOLALAR ADABIYOTINING UMUMIY TAHLILI. 
SHARI PERRONING BOLALAR ZAVQ OLADIGAN ERTAKLARIGA 
XOS XUSUSIYATLAR HAQIDA. AKA-UKA GRIMRALAR YARATGAN 
ERTAKLARDA ILGARI SURILGAN G„OYALAR. AKA-UKA 
GRIMMLAR YOZGAN ERTAKLARDA ULUG„LANGAN YOKI 
QORALANGAN FAZILATLAR VA XISLATLAR HAQIDA. XANS 
KRISTIAN ANDERSEN IJODINING KO„P QIRRALI VA RANG-BARANG 
EKANLIGI. XANS KRISTIAN ANDERSEN ASARLARIDA ILGARI 
SURILGAN G„OYALAR 
Reja:
1.Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili.
2.Sharl Perro asarlari 
3.Aka-uka Grimmlar yaratgan ertaklarda ilgari surilgan g‗oyalar.
4. Xans Kristian Andersen ijodining ko‗p qirrali va rang-barang ekanligi. 
Mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‗lagi bo‗lgan bolalar 
adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarning 
o‗rni, ahamiyati katta. Yozuvchilarning asosiy tavofuti idrokida
8
bo`lgani bilan 
ularda ifoda etiladigan g`oyalar mamuni umuminsoniydir, tarjaima asarlarni 
o‗qigan har bir yosh kitobxonnning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‗sha 
xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno 
bo‗ladilar. 
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o‗tib, dillarni yashnatib 
yurgan ―Qizil Shapkacha‖(Sh.Perro)‖, Robinzon Kruzo‖(D.Defo), ―Gulliverning 
sayohatlari‖ (J.Svift), ―Dyumchaxon‖(X.Andersen), ―Oltin baliq‖ (A.S.Pushkin),
―Tom Soyerning boshidan kechirganlari‖, ―Shaxzoda va gado‖ (M.Tven), ―Kapitan 
8
Empson
Theory of literature Yale University- 2012 Chapter 6–Page 78 


185 
Grand bolalari‖, ―Ostin-ustin‖ (S.J. Vern),‖Don Kixot‖(J. Servantes) kabi asarlar 
yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo‗sh urdirib yuboradi. 
XX asrda bunyod etilgan ―Maugli‖(R.Kipling), ―Kichkina shahzoda‖(A. De 
Sent-Ekzyuperi), ―Katta va kichik Karlson‖ (A. Lindren), ―Toshkent-non shahri‖ 
(A.Neverov), ―Vinni Pux‖ (A. Miln), ―Axmoq sichqoncha haqida ertak‖ 
(S.Marshak), ―Uch baqaloq‖ (Yu. Olesha), ―Quvnoq japbaqlar‖ (B.Kerboboev), 
―Doktor Aybolit‖ (K.Chukovskiy), ―Timur va uning komandasi‖ (A. Gaydar), 
―Chippolinoning sarguzashtlari‖ (J. Rodari), ―Styopa amaki‖ (S. Mixalkov), ―Kim 
bo‗lsam ekan?‖ (V. Mayakovskiy), ‖Bilmasvoy quyosh shahrida‖ (N.Nosov) 
singari olam kezib yurgan asarlar o‗zbek kitobxon bolalarida katta taassurot 
qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o‗rgatadi, 
nimagadir da‘vat etadi. Bu asarlarning ko‗pchiligi ona- Vatanga muhabbat, uning 
ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (―Uch baqoloq‖) noshukur bo‗lmaslik,
ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (―Ahmoq sichqoncha haqida ertak‖), tabiatga 
buyuk mehr (―Maugli‖), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (―Doktor 
Aybolit‖), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam ko‗rsatish (―Temur va 
uning komandasi‖), o‗ziga pishiq-puxta bo‗lish, ichki sirlarini o‗zgalarga oshkor 
qilmaslik (―Qizil Shapkacha‖),namunali o‗qish, kasb-hunar egasi bo‗lish (―Kim 
bo‗lsam ekan?‖), sergak, tadbirkor bo‗lish hamda quvnoqlikka intilish (―Quvnoq 
japbaqlar‖) dek oliyjanob g‗oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlarga 
nisbatan bo‗lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o‗stiradi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin