O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
fayl 1491 20210818

 
 
 
Aka-uka Grimmlar ( Yakob 1785-1863, 
Vilgelm 1786-1859) Magdeburg universitetida 
o‗qib yurgan chog‗laridayoq o‗rta asr olmon 
tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, 
xalq og‗zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan 
shug‗ullana boshladilar. 
O‗qish, o‗z ustlarida qattiq ishlash 
Grimmlar uchun baxt yo‗li bo‗ldi. Ular avval 
Gettingen, 
keyinchalik 
esa 
Berlin 
universitetining professorlari bo‗ldilar Yakob 
olmon tili grammatikasi va mifologiyasini
Velgelm o‗rta asr olmon adabiyoti va xalq 
og‗zaki ijodini(XOI) o‗rgana boshladilar.
 
Olmon XOIning gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko‗prik yasadilar. 
Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli 
―Bolalar va oilaviy ertaklar‖ yuzaga keldi. 1815- yilda 2-jild, 1828- yilda esa har 
ikkila jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning ko‗pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, 
ba‘zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan 
ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiiy tus olib, yana 
xalqqa qaytariladi.


188 
Grimmlarning uch jildli kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan 
bo‗lib, unda mualliflar ko‗proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi 
ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda sahiylik, 
mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga qo‗rqoqlik ustidan kulish
dangasalik va yolg‗onchilikni qattiq qoralash birinchi o‗rinda turadi. Shunisi ham 
quvonchliki, ko‗pincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va 
shahzodalar emas, balki kambag‗al, beva-bechoralarning o‗g‗il-qizlari, cho‗pon 
yoki askar bo‗ladi. Ular o‗zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida 
chuqur taassurot qoldiradi. 
Aql bilan ish ko‗rish, bilimdonlik, ―Tilla g‗oz‖, ―Shishadagi arvoh‖, ―Uch 
aka-uka‖ertaklarida yaxshi berilgan. 
Grimmlarning ―Quyon bilan tipratikon‖, ―Bo‗ri va tulki‖ asarlari masal 
janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi. 
―Yalqov Gens‖, ―Gansning baxti‖, ―Botir tikuchi‖, ―Yosh pahlavon‖,‖Bremen 
musiqachilari‖kabi ertaklari o‗zbek bolalarining ham sevimli avsarlariga aylanib 
qolgan. 
―Yosh pahlavon‖ ertagidagi botirning qiyofasi kichik maktab yoshidagi 
o‗quvchilarda katta qiziqish uyg‗otadi. U halol, pok inson bo‗lib, rostgo‗ylik, 
to‗g‗ri so‗zlik shaydosi. Shu sababga ko‗ra u yo‗lida uchragan har qanday to‗siq va 
g‗ovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
―Botir tikuvchi‖ ning syujeti ko‗pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon 
bir nechta pashshani nobud qilish bilan o‗ziga o‗zi botir, dovyurak tamg‗asi-
shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab ko‗rish, peshonasida 
borini qo‗lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Aka-uka Grimmlarning ertaklari olam kezib, ularning nomlarini jahonga 
yoyib yuribdi.


189 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin