182
YOMG„IR
Tunlari kuladigan
Gullar ekan yulduzlar.
Ko‗zga ko‗rinmas ekan
Shu boisdan kunduzlar.
Oftob bilan Oymoma
Ota-yu ona ekan.
Bolalarin boshida
Doim parvona ekan.
Bolalari kim dersiz
Kun va Oyni sizlar ham.
Menga ishonavering,
Ular Bulutlar desam.
Bulutlar
ham bizlardek
O‗ynar, uxlar, tush ko‗rar.
Dengiz-u ummonlarda
Cho‗milmoqni xush ko‗rar.
Bas, suvdan chiqing, deya
Koyimasa
ham hech kim,
Yuvar yuz-qo‗llarini
Ular goh chala-yarim.
Bundan ranjib Oftobjon
Egniga peshband tutar.
Farzandlarin bir
joyga
To‗planishlarin kutar.
Bulutvoylar g‗o‗ldirab,
Yo‗talishsa ham „quv-quv―,
Ularning ust-boshidan
Quyosh quyar tinmay suv.
Ko‗ngli to‗lsa-ku xo‗p-xo‗p,
Yo‗qsa: quyar tunda Oy.
Natijada
tevarak
Bo‗lib ketar ho‗l va loy...
Uydan chiqmay shu kezlar
Derazadan bo‗ylaymiz.
Eng qizig‗i, bu suvni
Biz yomg‗ir deb o‗ylaymiz.
183
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.Shoirning hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
2. Hamza Imonberdievning «Tarbiyachi» asari qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega?
3.Shoirning o‗qish, odob haqidagi qaysi asarlarini bilasiz?
4.Abdurahmon Akbar ning hayoti va ijodini so`zlab bering.
5. Uning Vatan, tabiat va bolalar o‗yinlari haqidagi asarlarining o‗quvchilarga ta‘siri
qanday?
Dostları ilə paylaş: