Nikolay Alekseyevich Nekrasovning (1821-1878) bolalik yillari Volga
bo‗ylarida –o‗zi tug‗ilib o‗sgan joylarda o‗tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida
oqila onasining roli katta bo‗lgan. SHu bois u keyinchalik ―Ona‖ poemasini
onasiga bag‗ishlab yozgan edi. O‗g‗lining dehqon bolalari bilan o‗ynashi, yayrab
yurishini xohlagan ona –Elena Andreevna bo‗lajak shoirning xalqparvarlik ruhida
tarbiyalanib o‗sishiga munosib hissa qo‗shgan edi.
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan
sug‗orilgan ajoyib ertaklar aytib, bo‗lajak shoir xayolotini qanotlantirar edi. SHu-
196
shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. O‗z vatanining dala va o‗rmonlariga, qor
va sovuqlariga, bahorgi ―yashil shovqiniga‖ muhabbat bog‗ladi.
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha
hamnafas bo‗lganligi uchun dovyurak, botir va
jasoratli bola bo‗lib o‗sdi. Bo‗lajak shoir o‗n
yoshiga
to‗lganda
uni
Yaroslavl
gimnaziyasiga
o‗qishga
berishadi.
O‗qituvchilar bilimga havasmand, iste‘dodli
bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u
gimnaziyani tashlab, mustaqil o‗qishga berilib
ketadi. Otasi uning ofitser bo‗lib yetishishini
istar edi.
SHuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga o‗qishga yuboradi.
Lekin ilm-fan cho‗qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga
o‗qishga kiradi.Ammo otasi o‗g‗lining o‗zboshimchaligidan tajang bo‗lib, moddiy
yordam bermay qo‗yadi. Biroq maqsad yo‗lida sobitqadam Nekrasov moddiy
mahrumliklar sharoitida yashash va olg‗a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda
oddiy odamlar turmushi og‗ir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida
to‗lib-toshib kuylaydi.
Nekrasov dehqonlar to‗g‗risida, ayniqsa, ko‗p she‘rlar yozadi. Bu she‘rlarni
o‗qir ekansiz, go‗yo dehqonlarning o‗zlari o‗z og‗ir mehnatlari va qayg‗u-alamlari
haqida so‗zlab berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik
yaxshi bilar, ularni o‗ziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning she‘rlari go‗zal,
ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u
Yarosavl guberniyasidagi qishloqda o‗tkazgan bolalik yillarida o‗rgangan edi.
Biz uning:
Mollar o‗rmon tomon qadam tashladi,
Ona – javdar boshoq tuga boshladi,- deb yozganlarini o‗qir ekanmiz,
bu til haqiqiy, jonli xalq tili ekanini ko‗ramiz. Bu o‗rinda dehqonning zoriqib
kutadigan boshqalarga bo‗lgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan,
197
ikki so‗z: ona – javdar qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon boshoqlarni o‗zining bir
parcha yerida qunt bilan mehnat qilib o‗stirgan-da!
Nekrasov she‘riyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda ko‗p. U
javdar boshoqlari haqida shunday deydi:
Boshoqlar to‗lishgan payt,
Zar ustinday sip-silliq,
Boshoqlarda oltin toj.
Hozirgina yerdan sug‗urib olingan lavlagi haqida esa:
Poyma-poy qizil etik
Yotganday egatlarda,-deydi. Bir tup sho‗x bulut bilan qurshab olingan bahor
quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi:
Bahor chog‗i, kichik nevaralar kabi,
Lola yuz quyosh bobo bilan
O‗ynar bulutlar.
Bu o‗xshatishlarning ba‘zilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va
ertaklaridan olgan. Zabardast, bahodir, afsungar Ayoz hukmdorining ajoyib
qiyofasini ham u xalq ertaklaridan topgan:
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam,
Yaxlagan qo‗llardan qarsillab o‗tar.
Ham yorqin oftob tovlanar biram,
Paxmoq soqolida yarqirab ketar...
Nekrasov, ayniqsa, samimiy, cho‗ziq, xushohang, mayin rus xalq
qo‗shiqlarini juda yoqtirgan. Bu qo‗shiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan.
Nekrasov yoshlik chog‗laridan boshlab xalqning bu qo‗shiqlarini qanday
kuylanishini tinglaydi va o‗zi ham shunday go‗zal qo‗shiqlar yaratishni o‗rganadi.
―Soldat qo‗shig‗i‖, ―Hovli qarolining qo‗shig‗i‖, ―Notavon qashshoq qo‗shig‗i‖,
―Rus‖, ―Yashil shovqin‖ va boshqa ko‗pgina qo‗shiqlar shunday tilda, shunday
hijoda yozilganki, xuddi xalq o‗zi yaratgan qo‗shiqlar deysiz.
―Dehqon bolalari‖, ―O‗zi mitti-juda miqti‖, ―Bolalar yig‗isi‖ kabi she‘rlarida
dehqon bolalarining turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini,
198
ularning mehnatkash tabiati va og‗ir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi.
Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini
hayratga soladi:
Nonxo‗rlar yetgulik, ishlovchi kam,
Faqat ikki erkak: otam bilan man!
Nekrasovning she‘rlari go‗zal, ohangdor, mazmunan boy,va ayni zamonda
sodda tilda yozilgandir.
Nekrasov o‗zining dam olish kunlarida ko‗pincha Kostroma, Yaroslavl,
Novgorod o‗rmonlariga borar, ov qilish bilan kunini o‗tkazar edi. Kostroma
o‗rmonining Maliye Veji degan qishlog‗ida yashovchi Mazay bobo eng yaqin
do‗stlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan ko‗p ajoyib-g‗aroyib voqealarni maroq
bilan eshitadi. Shular asosida‖Mazay bobo va quyonlar‖ nomli she‘rini yozadi.
Shoir ―Daraxt kesish‖da xalq boyligi - o‗rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib
yuborilishini qalamga oladi. Birorta yet egasiga pul kerak bo‗lib qolsa, o‗rmonni
sotib yuborishi, puldor boy esa o‗rmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap
emas, u zumrad o‗rmonlarni yo‗qolib ketishidan shoir singari qayg‗urmaydi.
SHuning uchun Nekrasov:
Bir vaqtlar asriy o‗rmonlar
SHovullagan katta maydonlar,
Endi o‗sha bepoyon bo‗ston
Bo‗m-bo‗sh, jim-jit, go‗yo qabriston!-deb alam chekadi. ―Temir yo‗l‖ nomli
she‘rida Peterburg bilan Moskva o‗rtasidagi temir yo‗l qurilishida Rossiyaning
turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli
hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib beriladi. Bukning bilan Nekrasov yosh
avlodning diqqat va e‘tiborini o‗sha zamonning muhim ijtimoiy masalalariga-
xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, o‗ylashga undaydi.
Dostları ilə paylaş: |