Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodi haqida so`zlab bering.
199
2.Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarida qanday
g‗oyalar ilgari surilgan ?
3.Nikolay Alekseyevich Nekrasov hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
Adabiyotlar:
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil.
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor
an‘analari Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
LEV NIKOLAYEVICH TOLSTOY TOMONIDAN YARATILAGAN
“YANGI ALIFBO” ASARI HAQIDA. LEV NIKOLAYEVICH
TOLSTOYNING “MO„YSAFID OLMA EKDI” HIKOYASIDA ILGARI
SURILGAN G„OYALAR HAQIDA. KORNEY IVANOVICH
CHUKOVSKIY ERTAK-DOSTONLARIDA ILGARI SURILGAN
G„OYALAR. SAMUIL YAKOVLEVICH MARSHAK ASARLARINING
JANRJIHATDAN RANG-BARANGLIGI. SAMUIL YAKOVLEVICH
MARSHAK ASARLARIDA ILGARI SURILGAN G„OYALAR
Reja:
1.Lev Nikolayevich Tolstoy tomonidan yaratilagan ―Yangi alifbo‖ asari
haqida.
2.Lev Nikolayevich Tolstoyning ―M o‗ysafid olma ekdi‖ hikoyasida ilgari
surilgan g‗oyalar haqida.
200
3 .Samuil Yakovlevich Marshak asarlarida ilgari surilgan g‗oyalar.
4. Samuil Yakovlevich Marshak asarlarining janr jihatdan rang-barangligi.
L.N. Tolstoy(1828-1910) Rus bolalar
adabiyotining taraqqiyotida katta rol o‗ynaydi.
Bolalar uchun asar yozish har bir qalamkashning
fuqarolik burchi deb bilgan pedagog-adib
ijodda ko‗p narsalarga erishdi. Tolstoy 1959-
yildan e‘tiboran o‗z ona qishlog‗i Yasnaya
Poolyanada maktab ochib, tarbiyachilik qilar
ekan, o‗quvchilar uchun ham, o‗qituvchilar
uchun ham darslik va qo‗llanmalarning
yo‗qligini, borlari ham bugungi kunning
talablariga yaxshi javob bera olmasligini
tajribasidan o‗tkazdi.
Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan bolalarga mos ertak, hikoya, she‘r,
masal va hikoyalar darsliklarda o‗z aksini topishi darkor deb tushundi hamda bu
xayrli ishga qo‗l urdi.
Darslik juda og‗ir ijodiy mehnat bilan 1872-yilda ―Alifbe‖ nomi bilan nashr
etildi. Dehqon bolalariga mo‗ljallangan bu kitob ―Alifbe‖dan tashqari, ruscha
o‗qish uchun to‗rt kitob, arifmetika va tarbiyachi faoliyatidan tashqari tashkil
topgan edi. Bu darslik bolalarga hech qanday yengillik bermadi. Ayniqsa, badiiy
asar ko‗p bo‗lsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo‗q edi.SHu sabablarga
ko‗ra pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan to‗g‗ri
xulosa chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga o‗qimishli, ta‘sirli, eng
muhimi ularning savodini chiqarishga mo‗ljallangan ―Yangi alifbe‖ va unga
qo‗shimcha qilib ―Rus tili o‗qish kitobi‖ni 1875 –yilda nashr ettirdi. Bu kitob
uchun adib yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. ―Uch ayiq‖, ―Fillipok‖lar shular
jumlasiga kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni yuksak mamnuniyat
201
bilan qabul qiladilar. Bu kitob har tomonlama bolalarga mos tushadi. Tolstoy
kitob haqida: ―Mazkur ―Alifbo‖ haqidagi orzularim ro‗yobga chiqqanidan, uning
rus bolalarining ikki avlodi o‗qib, dastlabki poetik zavqini shu kitobdan
olishlaridan faxrlanaman. Bu kitobga ko‗p mehnat va muhabbatimni jo qildim, u
hayotimning muhim sahifasi bo‗lishiga aminman,‖- deb yozgan edi.
Bu darslik qayta-qayta bosildi. Hatto 1921-yilda ham uning so‗nggi nashri
chop etildi.
Tolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayotining bir tomonini ochib
berishga qaratilishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki hayotni,
bolalarni qattiq sevgan va unga mehr-muhabbati juda kattak bo‗lgan adib
kichkintoylarga qarata yozilgan har bir katta-kichik asari hayotiy bo‗lishini istaydi
va o‗zining bu qaroriga butun ijodi davomida sodiq qoladi.
Tolstoyning bolalarga bahishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida oddiy
inson qiyofasi ko‗zga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida adibning
bir qator asarlariga nazar tashlab o‗tishga to‗g‗ri keladi. Bir bog‗bon bolalari
ishyoqmas, yalqov bo‗lib o‗sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U o‗limi
oldidan o‗g‗illarimni bir aldasam, zora ishlab, o‗zlarida mehnat ko‗nikmasi hosil
bo‗lsa, degan o‗y, xayol bilan: ―Bolalar, men tok tagiga oltin ko‗mib qo‗ydim, uni
mendan keyin qazib olinglar‖, degan g‗oyani ―Bog‗bon va bolalar‖ hikoyasida
juda qoyil qilib yozadi.
Ko‗chat ekish, bog‗ qilish juda og‗ir va mashaqqatli ish.Bu bog‗bondan og‗ir
mehnat, sabr-toqat talab qiladi.Bog‗bon o‗zi uchun, kelajak avlod uchun ko‗chat
ekadi. SHu nuqtayi nazardan adibning ―Mo‗ysafid olma ekdi‖ hikoyasi diqqatga
loyiqdir.
―Keksa berilib ko‗chat o‗tqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va
qilayotgan ishidan kulib:
-
Sizga olma ekish nimaga kerak bo‗lib qoldi? Bu daraxt o‗sib voyaga
yetguncha bu dunyoda yashaysizmi yoki yo‗qmi?-deyishdi.
-
Men olmasini yemasam, o‗zgalar yeyishadi va menga rahmat
deyishadi. Nima bo‗lganda ham olmani ekkanim foyda, - debdi‖.
202
Tolstoy ochko‗z, faqat o‗z manfaatlarini ba‘zi odamlarni ko‗pgina
asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan ochiqdan ochiq kuladi. ―Odamga qancha
yer kerak?‖ degan hikoyaning sarlavhasini o‗qigan odam hayron bo‗lib qoladi.
Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi. ―Bugun qancha
o‗lchasang, hammasi seniki,‖-deydi. Foma yugurib-elib, odimlab, kun bo‗yi yer
o‗lchaydi.Oxiri ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu o‗sha joyning o‗zida jon
beradi. Adib Foma cho‗zilib yotgan yerni ko‗rsatib, odamga ikki metr yer kerak
bo‗ladi, xolos, deydi.
Tolstoy asarlari orasida hayvonlar, jonivorlar, parrandalar haqida yozilganlari
ham ko‗p. Do‗stlik, birodarlik, do‗stga sadoqat, mehr-oqibat faqat odamlar
o‗rtasida emas, balki hayvonlar o‗rtasida ham mavjud ekanligini biz adibning
―Arslon bilan it‖ hikoyasi misolida bilib olamiz.
Tolstoyning ―Bolalik‖, ―Kavkaz asiri‖ kabi povestlari ham bolalar
sevib o‗qiydigan asarlar sirasiga kiradi.
L.N.Tolstoyning ibratli ertak, hikoya va masallari hali ham o‗zining badiiy
hamda tarbiyaviy kuchini yo‗qotgan emas.Uning bu janrlardagi asarlari qator
darslik va majmualarga kiritilgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: |