O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
fayl 1491 20210818

Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1.Sh.Perro ertaklarining bolalar adabiyotida tutgan o‗rni qanday? 
2. ―Qizil Shapkacha‖ ertaginng tarbiyaviy ahamiyati nimada? 
3. ‖Etik kiygan mushuk‖ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz? 
4.Aka-uka Grimmlar bolalar adabiyotining rivojlanishiga qanday hissa 
qo‗shdilar? 


192 
5.Grimmlar ertaklarida qanday sifatlar ulug‗lanadi va qanday yaramas 
odamlar kulgi ostida qoladi? 
6. ―Botir tikuvchi‖ ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz? 
7.Andersen ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati qanday?
8.Bolalar gurungi‖dagi bolalarning o‗zaro suhbatidan qanday xulosa 
chiqardingiz?
9.Kambag‗al bolaning mashhur rassom bo‗lib yetishishiga asosiy sabab nima 
deb o‗ylaysiz? 
10.―No‗xat ustidagi malika‖ ertagida qanday g‗oya ilgari surilgan? 
Adabiyotlar: 
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 
 
 
ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN YARATGAN ERTAK-
DOSTONLARDA ILGARI SURILGAN G„OYALAR. NIKOLAY 
ALEKSEYEVICH NEKRASOV HAYOTI VA IJODI. NIKOLAY 
ALEKSEYEVICH NEKRASOVNING BOLALARGA ATAB YARATGAN 
ASARLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 
Reja: 
1. .Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan asarlarda ilgari surilgan g‗oyalar.
2. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning hayoti va ijo.
 


193 
Aleksandr Sergeyevich Pushkin 
(1799-1837) 
xalq og‗zaki ijodini 
bolalikdan berilib o‗rgandi. Buloqdek 
qaynab-toshgan xalq og‗zaki ijodi 
shoirning ilhomiga ilhom qo‗shdi. 
Kelajakda mashhur shoir bo‗lib, 
jahonga tanilishida boy manba bo‗lib 
xizmat qildi. U, ayniqsa, o‗zining 
ertak, 
dostonlari 
bilan 
yosh 
kitobxonlarning 
hurmat-olqishiga
sazovor bo‗lib kelmoqda. 
A.S.Pushkin o‗zining ―Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak‖(1831), 
―Baliqchi ham baliq haqida ertak‖(1833),‖O‗lik malika va yetti bahodir haqida 
ertak‖(1833), ―Oltin xo‗roz haqida ertak‖(1834) kabi ertak – dostonlari bilan
jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi. 
Yuqorida biz ta‘kidlab o‗tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq
og‗zaki ijodi ta‘sirida yuzaga kelgan. Folklorda qayta takrorlash bir fikrni boshqa 
so`zlar bilan takrorlashga o`xshashdir
9
. (7 bob Eikhimbaum) 
Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganini ko‗ramiz. Masalan, shoir 
―Ajoyib bolalar‖ xalq ertagi asosida ―Shoh Saltan... haqida ertak ‖, ―Qurimsoq 
kampir‖ ertagi va rus xalq folklorining to‗plovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib 
bergan syujet asosida ―Baliqchi ham baliq haqida ertak‖, ―Sehrli ko‗zgu‖ ertagi 
asosida ―O‗lik malika va yetti bahodir haqida ertak‖ uzoq yillar xalqni ayovsiz 
ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o‗tgan va uning hatto pok 
xizmatlarini o‗zida mujassamlashtirgan ―SHabarsha batrak‖ asosida ―Pop va uning 
xizmatkori Balda haqida ertak‖ yotganligini ko‗ramiz.Bu ertaklarning hammasi 
shoirning ijodxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada o‗qimishli, ta‘sirli chiqqan. 
9
Empson
Theory of literature Yale University- 2012 Chapter 6– Page 78 


194 
A.S.Pushkin oddiy mehnatkash xalqni yaxshi ko‗radi,uni iloji boricha 
himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi.Suning uchun ham uning ertak-
dostonlarida xalqqa bo‗lgan cheksiz muhabbat tuyg‗usi barq urib turadi. 
Dadon shohni oling,(―Oltin xo‗roz haqida ertak‖). U g‗irt ahmoq. Na xalqni 
sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o‗taketgan darajada
maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan o‗zga 
yurtlik makkora ayolni ustun qo‗yadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh 
xalq qahr-g‗azabiga duchor bo‗ladi. Oltin xo‗roz tepkisidan halok bo‗lgan shohga 
birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning o‗limi ularga shodlik va ozodlik 
baxsh etadi.
Pop (―Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak‖) obrazi ustida shoir 
qattiq ishlaydi. Uning tekinxo‗r, ochko‗z, o‗zgalar hisobiga umr kechiradigan bir 
pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi.
Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda 
obrazini ijod cho‗qqisiga ko‗taradi. 
Ikki qahramonning qul bozoridagi o‗zaro suhbatidan kitobxon kim qanday 
odam ekanligini darhol sezadi: 
―Bo‗lsin oshpaz, otbaqar ham duradgor. 
Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?‖ 
Balda debdi:‖Yaxshi malay bo‗layin, 
Bergan obi yavg‗oningga ko‗nayin. 
Xizmatimga haq to‗lasan shu xilda: 
Peshonangga uch chertaman bir yilda‖. 
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxo‗rlik, ochko‗zlikning ham 
poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini yeb halok bo‗ladi. 
―Baliqchi va baliq haqida ertak‖ dostonida shoir pok muhabbat mangu 
bo‗lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‗tgan kunni unutmaslikni istaydi. 
Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to‗kib boylik orttirmasa, birovlar 
hisobiga boyiydigan bo‗lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikicha 
qolib ketishini kampir qismati bilan chog‗ishtirib hikoya qiladi. Dltin baliq o‗z 


195 
mo‗‘jizasi bilan yer yuzi, butun olam hukmroni bo‗lib olgan kamir cholni 
mensimaganligi uchun, ochko‗z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos 
bilan qolib ketaveradi. Buni shoir juda chiroyli ifodalaydi: 
Qaytdi kampir yoniga axir, 
Ko‗rsa: tag‗in yana o‗sha yerto‗la.
Bo‗sag‗ada o‗tirar kampir, 
Qarshisida teshik tog‗ora. 
Rostgo‗y, haqiqatni yoqlovchi shoir ―O‗lik malika va yetti bahodir haqida 
ertak‖, ―SHoh Saltan... haqida ertak‖ asarlarida haqiqat bir kun emas bir kun, 
albatta, qaror topadi, hamma baxtiyor bo‗ladi, degan fikrni ilgari suradi. 
A.S.Pushkinning xalq og‗zaki ijodiga asoslanib yozgan ―Ruslan va 
Lyudmila‖ asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri 
hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‗shiqlari, afsonalari bu g‗aroyib asarga favqulodda 
go‗zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o‗zida mujassamlashtirgan
yorqin iste‘dod egasigina shunday asar yarata oladi. 
Mashhur rus romantik shoiri V.A.Jukovskiy ―Ruslan va Lyudmila‖ poemasi 
nashr etilgach, Pushkinga ―G‗olib o‗quvchimga mag‗lub murabbiyidan‖ deb 
yozilgan portretini sovg‗a qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, zamondan ilgarilab 
ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi. 
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu otashin shoiri bo‗lib 
qolmoq baxti nasib etdi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin